C++ dasturlash tilining asosiy
tushunchalari va strukturasi
C++ dasturlash tilining tarixi
C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa oʼz navbatida B va
BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards
tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun
moʼljallangan edi.
C++ tilini 80 yillarda АT&T Bell Labs korxonasi ishchisi Byarnom
Straustrup tuzgan. Аvtorning aytishicha, bu tilni tuzishda u hech
qanday qogʼozlarni qoralamagan va hamma ishni yoʼl yoʼlakay, ketma-
ketlikda tuzib chiqqan. Uning asosiy maqsadi, oʼzi va doʼstlari uchun
qulay dasturlash tili yaratishdan iborat edi. C++ dasturlash tilining asosi
C hisoblanadi va shu tilni(C) misolida C++ tilini tuzib chiqdi. C
dasturlash tilini mukammalashtirgan eng asosiy narsa bu – obʼyektga
moʼljallangan
dasturlashni
olib
kirgani
hisoblanadi.
Chunki
dasturlashda, tez, qulay, tartibli va ixcham yozish uchun obʼyektga
moʼljallangan dasturlash tillaridan foydalanish lozim boʼladi. Dastlabki
C++ dasturlash tilidan foydalanganlar, bu albatta Bell Labs korxonasi
hodimlari hisoblanadi.