janri taraqqiyotidagi yangi yo'nalishnilng boshlovchisi boMdi, ayrim o'yin janrlari (polonez, mazurka) oldiga u yangicha badiiy maqsadlarni qo‘ydi. Yirik shakllar borasida sonata sikllarining talqinlaridagi. shuningdek, sonata shaklining o ‘zidagi o'ziga xosliklar ajaralib turadi. Shopen cholg'u balladalarining ijodkori hamdir; skyerso, turkum asarlaming ilk qismi katta plandagi mustaqil kompozitsiya darajasiga o ‘sib o'tadi. Aynan, bir qismli asarlar (balladalar, skyerso, fantaziya)da yangi, turli shakllaming qo'shilishidan kelib chiqadigan turlar, yangi romantik shakllar kelib chiqadi, tasdiqlanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi
Shopenning mazurka va polonezlarida xalqona-m illiy elementlar yorqinligi bilan ajraiib turadi, Shopen ularda xalqona musiqiy - poetik obrazlami yaratadi. Uning mazurkalari qishloq manzaralarining rosmana tasvirlari, qishloq hayotidan olingan janriy ishlanmalar bilan boyitilgan. Shopen mazurkalari orasida dramatik mazmundagi, shuningdek, lirik poemalar yoki miniatyuraviy qaydlar xarakteridagi mazurkalar mavjud. Qo‘shiq va raqsning o'zaro zich aloqadorligi qadim-qadimlardan Polsha musiqasi uchun xos xususiyatdir. Raqs qo'shiq sadolari ostida ijro etilgan qo‘shiq ohanglari esa raqs harakatlariga uyg‘un bo'lgan. Juda qadimlardan Polshda qo'shiq-raqs janrlari shakllangan, ularda barqaror metrik-ritmik tarkib mavjud bo'lgan. Polonez, kuyavyak, mazurka, obyerek uch zarbli metrik asosga tayansa, krakovyak - ikki zarbli asosga tayanadi. Ayrim raqslar o'zlari paydo bo'lgan yoki mansub bo'lgan viloyat va