q o‘yilgan edi. Shu vaqtdan boshlab romanik opera unga xos boMgan borliq va xayolotning uyg‘unligida jadal rivojlana boshlaydi. Operada xalqona sujet, dehqonchilik va ovchilik hayotining rangdor manzaralari, tabiatning poetik obrazi o ‘z ifodasini topgan. Bu asarida Veber xalq musiqiy ijodiga tayanadi, m aishiy janrlar (vals, marsh, turli- tuman xalqona q o‘shiq shakllari)dan keng foydalandi. Shuningdek, operani umumiy romantik kolorit, musiqiy-garm onik vositalar va tembr b o4 yoq lari ning yangiligi, leytm otivlam ing amaliy roli, orkestr ahamiyatining kuchaytirilishi farqlab turadi. Operada yuksak darajada rivojlangan opera shakllari bilan unchalik katta bo‘lmagan q o ‘shiqona qurilishlar va janriy sahnachalar erkin hamda tabiiy ravishda omuxtalashib ketadi. Veber musiqiy romantizm taraqqiyotining ilk davridagi kompozitorlar izlanishlarini umumlashtirgani em as (E. T. A . Gofm an, L. Shpor), balki o ‘z ijodi bilan R. Vagner m usiqiy dramaturgiyasi tamoyillarining yuzaga kelishi uchun ham zamin hozirladi. V ebem ing "Evrianta" operasi (1823-yil, Vena, m uallif boshqaruvidagi postanovka) k o‘pplanli tarixiy-afsonaviy ritsarona romantik operalaming yangi turini namoyon etdi. U Vagner yaratgan ritsarona «Tangeyzer» va «Loengrin» operalari uchun zamin bo‘ldi. V ebem ing so ‘nggi operasi "Oberon" (1826-yil, London) afsonaviy romantik opera janrini boshlab berdi. Unda