Page 39 CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION Volume 2, Issue 2, Part 2 February 2023 www.in-academy.uz oʼz-oʼzini boshqara bilish qobiliyatiga egaligini koʼrsatdi. Oqibatda talabalar oʼqituvchining
ruhan barqaror ekanliklarini angladi. Shu sababli keyingi safar ular oʼqituvchini kamsitish
yoki ustidan kulishni istashmaydi. Bayon etilgan vaziyatda oʼqituvchi:
Oʼqituvchining yechimi. Tarix fani oʼqituvchisi qoʼllagan metodlar:
1) hikoya;
2) tushuntirish;
3) tasvirlash;
4) suhbat;
5) namoyish.
4. Taʼlim-tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat hamda hodisaning tarkibiy elementlarini
tizimlashtirish, sintezlash, bosqichlarni izchil ifodalashni taqozo etadigan keys. Keys bayoni.
Mashq bajarishni tashkil etish bosqichlari:
1) oʼqituvchi nazorati ostida talabalar tomonidan oʼquv harakatining;
2) zarur koʼnikma va malakalar shakllangunicha oʼquv harakatlarning koʼp bora takrorlanishi;
3) dastlabki bajarilishi oʼqituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi;
4) topshiriqni bajarish ketma-ketligini koʼrsatishi. Ushbu holatda mashq bajarishni tashkil
etish bosqichlari notoʼgʼri koʼrsatilgan. Keys topshirigʼi. Mashq bajarishni tashkil etish
bosqichlarini zarur izchillikda ifodalang. Oʼqituvchining yechimi.
Mashq bajarishni tashkil etish bosqichlari:
1) oʼqituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi;
2) topshiriqni bajarish ketma-ketligini koʼrsatishi;
3) oʼqituvchi nazorati ostida talabalar tomonidan oʼquv harakatining dastlabki bajarilishi;
4) zarur koʼnikma va malakalar shakllangunicha oʼquv harakatlarning koʼp bora takrorlanishi.
5. Pedagogik bilimlarni amalda qoʼllash, mavjud koʼnikma va malakalarni toʼlaqonli namoyon
etishga doir keys. Keys bayoni. Ogʼzaki bayon qilish metodlari talabalarning umumiy
madaniyati, mantiqiy fikrlash va bilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Keys
topshirigʼi. Ogʼzaki bayon qilish metodi turlarini “Baliq skeleti” grafik organayzerida ifodalang.
Oʼqituvchining yechimi: Bugungi kunda respublika taʼlim muassasalaria taʼlim oluvchilar
faoliyatini nazorat qilishda “assesment” sinovi keng qoʼllanilmoqda. “Аssesment”
texnologiyasi (ingl. “essesment” – “baho”, “baholash”) – talabalarning bilim, koʼnikma va
malakalari darajasini har tomonlama, xolis baholash imkoniyatini taʼminlovchi topshiriqlar
toʼplami Mazkur texnologiya shaxsning kasbiy tayyorgarligi, mutaxassis sifatida
shakllanganlik darajasi hamda kasbiy kompetentlik sifatlariga egaligini aniqlash, baholashga
xizmat qiladi.
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor oʼrin egallagan kuchli raqobatga
bardoshli boʼlish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega boʼlish, uni izchil ravishda
oshirib borishni taqozo etmoqda. “Аssesment” texnologiyaning yaratilish tarixi oʼtgan asrning
30-40- yillariga borib taqaladi. Dastlab texnologiya mavjud harbiy vaziyatlarni toʼgʼri baholay
oladigan, harbiy harakatlar jarayonini samarali boshqaradigan, zarur oʼrinlarda oqilona
harakatni tashkil eta oladigan ingliz hamda nemis harbiylari orasidan bilimdon, tadbirkor,
mahoratli harbiylar, shuningdek, ofitserlarni tanlash maqsadida qoʼllanilgan. Keyinchalik
ushbu texnologiya tadbirkorlik sohasiga ham samarali tatbiq etildi. Texnologiya birinchi
marta 1954-yilda “AT&T” kompaniyasi tomonidan tadqiqot dasturlarini amalga oshirish
doirasida qoʼllanilgan Toʼrt yildan soʼng malakali menejerlarni tanlash maqsadida qoʼllanila