Central asian journal of education and



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix23.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134538
1   2   3   4   5   6
CAJEI0204

 
Page 20 
 
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND 
INNOVATION 
Volume 1, Issue 2, November 2022 
www.in-academy.uz 
•davlat moliya nazorati 
•korxona ichidagi moliya nazorati 
•jamoat moliya nazorati 
•mustaqil (auditorlik) moliya nazorati. 
Davlat moliya nazoratini umumdavlat boshqaruv organlari bilan bir qatorda, alohida 
vazirliklar orqali ham amalga oshiradi. Umumdavlat boshqaruv organlari moliya nazoratini 
amalga oshirayotganda, mamlakat hududidagi xo‘jalik subyektlarining mulkchilik shakli va 
idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar barchasini qamrab oladi. Vazirliklar tomonidan amalga 
oshirilayotgan moliya nazoratini faqat o‘zlarining tarkibidaga maxsus nazorat-taftish 
organlari amalga oshiradi. Ularning tekshirish obyektlari esa, vazirliklar tarkibidagi 
korxonalar, konsernlar, assotsiatsiyalar va aksionerlik jamiyatlarining ishlab chiqarish va 
moliyaviy faoliyatidan iborat bo‘ladi. 
Korxona ichidagi moliya nazoratini korxona, tashkilot va muassasa ichida tashkil qilingan 
iqtisodiy xizmat (buxgalteriya, moliya bo‘limi)lari amalga oshiradi. Nazorat obyekti esa
alohida korxonaning moliya va ishlab chiqarish jarayoni hamda alohida korxona tarkibiga 
kiruvchi tuzulmaviy bo‘lim (filial, shaxobcha, bo‘lim)lar hisoblanadi. Jamoat moliya nazoratini 
alohida guruh, alohida jismoniy shaxslar (mutaxassislar) ixtiyoriy va mehnat haqi talab 
qilmaslik sharti asosida amalga oshiradi. Nazorat obyekti bo‘lib, tekshiruvchi oldida turgan 
muayyan vazifalar nazarda tutiladi. 
Mustaqil (auditorlik) moliya nazoratini maxsus audit firmalari va xizmatlari amalga oshiradi. 
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish shakli quyidagicha bo‘ladi: 
•dastlabki; 
•joriy; 
•so‘nggi. 
Moliya nazoratining dastlabki shakli yuridik va jismoniy shaxslarning moliya xo‘jalik 
jarayonini yurgizishda muhim ahamiyat kasb etib, u korxona moliya rejasini tashkil qilishda, 
ko‘rib chiqishda va tasdiqlashda, muassasa va tashkilotlarning daromadlar va xarajatlar 
smetasi, ta’sis hujjatlarini imzolashdan oldin amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jarayonlar 
tartibidir. Shunday qilib, dastlabki nazorat moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan 
samarali foydalanishga ijobiy shart-sharoit yaratib beradi. Moliyaviy nazoratning bu shakli 
amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar buzilishining oldini olishga xizmat qiladi. 
Joriy moliyaviy nazorat shakli xo‘jalik-moliya operatsiyalari jarayoni orqali moliya rejalari 
bajarilayotgan paytda qo‘llaniladi. Ushbu shaklning asosiy ahamiyati korxonalarning ichki 
xo‘jalik rezervlarini izlash hisobidan jamg‘armani oshirishga ta’sir qiladi. Joriy moliya nazorati 
korxona, tashkilot va muassasalarning moliya xizmatlari orqali moliya rejasi bajarilayotganda, 
moliyaviy intizomlar buzilishining oldini olish maqsadida kundalik tadbirlarni amalga 
oshiradi. 
Moliya nazoratining so‘nggi shakli hisobot davri va butun moliya-yili tugagandan so‘ng 
amalga oshiriladigan tadbirlar yig‘indisidir. Bunda, budjetni ijro etishdagi davlat pul 
resurslarini maqsadga muvofiq xarajat qilinganligi, korxona va tashkilotlarning moliya 
rejasini bajarganligi hamda budjet muassasalari smetasining bajarilish natijalari tekshiriladi. 
So‘nggi moliya nazorati dastlabki moliyaviy nazorat shakli bilan o‘zaro bog‘liqlikdadir, chunki 
so‘nggi nazorat dastlabki moliya nazorati bazasida amalga oshiriladi. 



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin