Chaqaloqlarda sariqlik – turlari, sabablari, belgilari va davolash



Yüklə 341,23 Kb.
səhifə5/5
tarix20.11.2023
ölçüsü341,23 Kb.
#164388
1   2   3   4   5
Chaqaloqlarda sariqlik

Chaqaloqlarda sariqlik davosi


Sariqlikni kamaytirish va giperbilirubinemiya holatini bartaraf etish uchun har bir bola ona suti bilan oziqlantirilishi kerak boʻladi, koʻkrak suti bilan sutka davomida kamida 8-12 marotaba oziqlantirilishi maqsadga muvofiq boʻladi. 
Bolalarga sutkalik suyuqlik miqdori 10-20 % ga oshiriladi va enterosorbentlar buyuriladi. Oral gidratatsiya imkoni boʻlmasa: infusion terapiya oʻtkaziladi – glyukoza, fiziologik eritmalar, askorbin kislotasi, kokarboksilaza, B, C guruh vitaminlari vena ichiga quyiladi. Bilirubinni bogʻlanish jarayonini ragʻbatlantirish uchun fenobarbital qoʻllanilishi mumkin.
Bogʻlanmagan giperbilirubinemiyani bartaraf etish uchun eng samarali usul bu fototerapiya hisoblanadi. Bunda bogʻlanmagan bilirubin suvda eriydigan koʻrinishga keladi.
Gemolitik sariqlik davosida qonni almashlab quyish, gemosorbsiya, plazmafarez kabi muolajalar oʻtkaziladi. Barcha neonatal sariqlik asosiy kasallikni davolashni talab etadi.

Chaqaloqlar sariqligi oqibati va profilaktikasi


Chaqaloqlarda kuzatiladigan tranzitor sariqlik koʻp holatlarda asoratsiz oʻtib ketadi. Ammo, adaptatsiya mexanizmi buzilishi natijasida fiziologik holat patologiyaga aylanishi mumkin. Patologik sariqlik yuzaga chiqadigan bolakaylar mahalliy pediatr va bolalar nevropatologi koʻrigida boʻlib turadilar va roʻyxatdan oʻtkaziladilar.
Bolangizni parvarishlashda ishonchli va foydali maʼlumotlar zarurmi? Marhamat, “Lalu — Onalar maktabi” mobil ilovasini hoziroq bepul yuklab oling.
Ilova orqali chaqaloq va bola rivojlanish kalendari, farzandingizni toʻgʻri parvarishlash boʻyicha koʻrsatmalar, bolalarda koʻp kuzatiladigan kasalliklar haqida maʼlumotlar olishingiz, emlash taqvimi va vazn/uzunlik kabi koʻrsatkichlarini nazorat qilib borishingiz mumkin

Yüklə 341,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin