А В С
А x B y C z
14.3–rasm. Uch fazali ko‘prik sxemali bilvosita TChO‘ sxemasi
Bevosita TChO‘larning asosiy afzalliklari:
Tiristorlar quvvatlarining kichikligi va o‘zgartkich foydali ish koeffisienti yuqori;
Tiristorlarni boshqarishda sun’iy kommutatsiya qurilmalarining bo‘lmasligi o‘zgartkichning ishonchliligi darajasini oshiradi va og‘irlik – o‘lchov kattaliklarini kamaytiradi;
Formasini o‘zgartirmagan holda past chastotalarda chiqish kuchlanishlarni olish mumkinligi;
Asinxron motorning rekuperativ tormoz rejimini osonlik bilan hosil qilish mumkinligi.
Bevosita TChO‘ning asosiy kamchiliklari:
Chiqish kuchlanishi chastota qiymatining chegaralanganligi (tarmoq kuchlanish chastotasiga yaqin va undan katta qiymatli chastotaga ega bo‘lgan
kuchlanish hosil qilish mumkin emasligi);
Tarmoq quvvat koeffisientining past bo‘lishi;
Ishchi sxemalarda tiristorlar sonining ko‘p bo‘lishi (uch fazali ko‘prik sxemali bilvosita TChO‘da tiristorlar soni 12 ga teng bo‘lgan holda, bevosita TChO‘da esa tiristorlar soni 36 ga teng).
3.Elektromexanik chastota o`zgartkichlar.
Tiristorli bilvosita chastota o‘zgartkichlar
Ta’minlovchi kuchlanishning chastotasini o‘zgartirib asinxron motorning tezligini rostlash, tezlikni rostlash usullari ichida iqtisodiy jihatdan eng samarali usuldir. Tezlikni chastotani o‘zgartirib rostlaganimizda butun tezlikni rostlash diapazoni oralig‘ida asinxron motorning sirpanishi uncha katta bo‘lmagan o‘zgarmas qiymatda qolishi natijasida motorning isrof quvvati katta bo‘lmaydi. Tezligi chastotani o‘zgartirib boshqariladigan asinxron elektr yuritmalarning statik va dinamik xususiyatlari o‘zgarmas tok elektr yuritmalari bilan deyarli monand bo‘ladi. Rotor chulg‘amlari qisqa tutashtirilgan asinxron motorlarning o‘zgarmas tok motorlarga nisbatan 1,5 – 2 martaba yengil bo‘lishi va deyarli 3 barobar arzonligini hisobga oladigan bo‘lsak, unda chastota bo‘yicha boshqariluvchi asinxron elektr yuritmalarning sanoatda kelajakda qo‘llanilishi imkoniyatlari xali juda keng ekanligi yaqqol ko‘rinadi.
А В С А В С
f var
u var
-
Dostları ilə paylaş: |