Chi slayd ( dissertatsiya tarkibi o’qiladi) chi slayd


Texnologiya o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari



Yüklə 27,4 Kb.
səhifə2/9
tarix14.06.2023
ölçüsü27,4 Kb.
#130234
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DOKLAD

Texnologiya o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
1. Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi
A1 Turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchash, rejalash, yelimlash, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;
tabiiy va turli materiallarni bir-biridan farqlay oladi;
turli materiallardan yasaladigan buyumlarni qurish-yasashda ishni ketma-ketlikda bajarish rejasini tuza oladi;
sodda buyumlarni tika oladi;
kichik hajmdagi buyumlarni to‘qiy oladi;
oddiy modellarni yasay oladi;
o‘tkir va tig‘li asboblardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda foydalana oladi.
A1+ Sodda naqsh elementlarini chiza oladi;
naqsh elementlaridan kompozitsiya tuza oladi;
tabiiy materiallarda sodda naqsh elementlarini tasvirlay oladi;
hunarmandlarning sodda ish namunalarini bajara oladi;
kashtachilik yo‘nalishida sodda naqsh elementlaridan iborat kompozitsiyalarni tika oladi.
A2 Tabiiy va turli materiallarning xususiyatlarini tavsiflaydi va farqlay oladi;
materiallarni saralay oladi;
buyum va mahsulotlarni texnologik loyihalay oladi;
materiallarga issiq va sovuq ishlov berish usullarini bajara oladi;
detallarni bir-biriga yopishtirishda maxsus yelimlardan foydalana oladi;
buyumlarni konstruksiyalash va modellashtirish ishlarini bajara oladi;
texnik obyektlarni biladi va texnologik jarayonlarni qo‘llay oladi;
kichik hajmdagi sodda buyumlarni tikadi va to‘qiy oladi;
harakatlanuvchi modellarni yasay oladi;
asbob-uskunalarni saqlash va ta’mirlash ishlarini bajara oladi;
xalq hunarmandchiligi turlari bo‘yicha buyumlarni loyihalay oladi;
elektrotexnika, avtomatika va robototexnika turlarini tavsiflay oladi;
sodda elektrotexnika ishlarini bajara oladi;
texnika va texnologiyalarning iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishdagi ahamiyatini biladi;
sanoat sohalari bo‘yicha tayanch bilimlarga ega bo‘ladi;
zamonaviy bozor munosabatlariga moslashadi hamda faoliyat yurita oladi;
turli materiallarga ishlov berishda, asbob-uskuna, moslama, mexanizm, mashinalarda texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda ishlay oladi.
A2+ Mahsulot tarkibi, xossalari va xususiyatlarini aniqlaydi, tavsiflay oladi;
xalq hunarmandchiligi sohalari bo‘yicha buyumlarni texnologik loyihalash va tayyorlashda texnologik jarayonlarni qo‘llay oladi;
xomashyolarga badiiy ishlov bera oladi;
xalq hunarmandchiligi bilan uyg‘unlashgan kasb-hunarlarini sodda ish usullari vositasida qo‘llay oladi.

Yüklə 27,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin