Chiniqish organizmni chiniqtirish



Yüklə 121,01 Kb.
tarix22.01.2023
ölçüsü121,01 Kb.
#80162
1- mavzu. M.I Organizmni chiniqtirish


Organizmni chiniqtirish usullari

  • Reja

  • 1.Chiniqish

  • 2.Sog’lom bolalarni chiniqtirish

  • 3.Bemor bolalarni chiniqtirish

CHINIQISH

  • Organizmni chiniqtirish -organizmning noqulay iqlim sharoitlari (havoning past va yuqori harorati, past atmosfera bosimi va boshqalar) taʼsiriga chidamini oshirish tadbirlari. Organizmni chiniqtirishni bolalikdan boshlash muhim. Odam organizmi oʻzgarib turadigan tashki muhit sharoitlariga muvofiqlashgan holda (qarang Adaptatsiya) chiniqib boradi. Biror omil (sovuq, issiq va boshqalar)ning muntazam, koʻp marta taʼsir etishi va ular dozasini tobora oshira borish yoʻli bilan chiniqtiruvchi effektga erishiladi, chunki shunday sharoitlardagina organizmda moslashadigan uzgarishlar rivojlanadi: neyrogumoral va moddalar almashinuvi jarayoni takomillashadi, atrof muhitdagi no-xush omillar taʼsiriga organizmning umumiy qarshiligi oshadi.

CHINIQISH

  • Organizmni chiniqtirishga organizmning muayyan fizik omillar taʼsiriga sezuvchanligini astasekin pasaytirish orqali erishiladi. Chunonchi, maʼlum darajadagi sovuq bilan muntazam taʼsir koʻrsatish, asosan, past harorat taʼsiriga, issiq bilan taʼsir koʻrsatish esa yuqori harorat taʼsiriga chidamlikni oshiradi. Organizmning sovuqqa chidami oshirilgan bulsada, issiqqa yoki past atmosfera bosimi va boshqalarga chidash bera olmaydi. Chiniqtiruvchi muolajalar toʻxtatilgandan sung chiniqish kuchi pasayadi va, odatda, 1 — 1,5 oydan keyin biror xil fizik omilga chidamlilik yoʻqoladi.

badanni chiniqtirish printsiplari

  • 1. badantarbiya qancha erta boshlansa, shuncha samarali bo'ladi

  • 2.badantarbiyada asta-sekinlik printsipiga rioya qilish ya`ni engil mashqlardan og'ir mashqlarga astalik bilan o'tish.

  • 3.badanni chiniqtirish muntazam bo'lishi kerak; uni uzib qo'yish, yangitdan boshlash demakdir.

  • 4.eng samarali chiniqish, agar chiniqtiruvchi omillardan kompleks foydalanilganda sodir bo'ladi.

CHINIQISH

  • jismoniy tarbiya jismoniy mashqlarni bajarish, ularning bajarilish xarakteri va davomiyligi

  • -yoshga,

  • -shaxsning holatiga,

  • -yil fasliga,

  • -turmush sharoitlariga bog'liq

  • -ertalabki badantarbiya,

  • -piyoda yurish,

  • -engil yugurish,

  • -ishlab chiqarishga oid gimnastika, davolash gimnastikasi).

  • jismoniy tarbiya bilan hamma shug'ullanishi mumkin!

Bemorlarda chiniqish

  • Harakat

  • Bola qancha ko‘p toza havoda harakat qilsa, shunchalik foydali. Masalan, maktabga avtobusda emas, balki piyoda borgani, kino ko‘rgandan ko‘ra, ko‘chada futbol o‘ynagani, yakshanba kuni uy yumushlari bilan shug‘ullangandan ko‘ra, tabiat qo‘yniga chiqqani ma’quldir. Eng asosiysi harakat to‘rt devol orasida emas, balki ochiq havoda bo‘lishi foydali.

Tez-tez kasallanuvchi bolalar chiniqshi

  • Kiyim

  • Kiyim terlatmaydigan bo‘lishi shart. Shamollashga sovuqqotishdan ko‘ra terlash ko‘proq sababchi bo‘ladi.

Tez-tez kasallanuvchi bolalar chiniqshi

  • 1. Bolani har qanday havoda ko‘chaga olib chiqing. 2. Bolani harakatchan o‘yinlarga jalb qiling. 3. Bolani terlash darajasida kiyintirmang. 4. Ovqatni kuch bilan yedirmang. 5. Agar bola ko‘p kasal bo‘layotgan bo‘lsa, o‘qish jarayonini bo‘shashtiring (musiqa, chet tili, qo‘shimcha darslarni kamaytiring). 6. Bola xonasini changdan holi qiling.

  • 7.Dengiz, o‘rmon va toqqa bolani ko‘proq olib boring.

  • 8. Bola xonasini tez-tez shamollatib turing.

  • Chiniqish davomida quyidagilarga ahamiyat bering:

  • – Muntazamlik – chiniqishni boshlagan bo‘lsangiz, uni har kuni qoldirmasdan bajaring;

  • – Asta-sekinlik – mashg‘ulotlar davomiyligi va og‘irligini asta-sekinlik bilan oshiring;

  • – Shaxsiy xususiyatlarni inobatga olish – yosh, vazn, bolaning psixologik yondashuvi, bolaning mavjud bo‘lgan kasalliklari va boshqalar.

Yüklə 121,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin