Chinor fayzi baland


tizimining nufuzi ortib borgan.  O‗rta Osiyoda shartli yerga egalik ―iqta‖



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

 
tizimining nufuzi ortib borgan. 
O‗rta Osiyoda shartli yerga egalik ―iqta‖
 
keng yoyiladi. Yer muayyan 
muddatga sovg‗a qilinib, ―iqtador‖ foydasiga ma‘lum bir daromadning 
to‗liq yoki bir qismi tegadigan bo‗ldi. Iqta egalari maxsus farmon bilan 
belgilangan tartibdagina dehqonlardan soliq undira olar edi.
Soliqlar miqdori iqta yer sovg‗a qilinganidan avval qancha bo‗lsa, 
shuncha bo‗lishi shart edi. Nafaqat yerni, tegirmon, hammom, bozordagi 
do‗kon va boshqa narsalardan tushadigan soliq yoki daromadni ham iqta 
tarzida berish mumkin bo‗lgan. Agarda mazkur tizimning ma‘no va 
mazmuni, shakllanishi va rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, ―iqta‖ 
atamasi O‗rta Osiyoda XVIII asrning 20-yillariga qadar qo‗llanilgan. 
59
Bobobekov X, Karimov III. va boshqalar. Oʼzbekiston tarixi. Iqtisod-Moliya.T.: 2000. – 122 - bet 


129 
XVI-XVIII asr boshlarida Iqta hukmron sulola namoyondalari 
(xonlar) va yirik amirlarga ma‘lum o‗lka va viloyatlarning shartli 
ravishda in‘om etilishini anglatgan.
Ularga in‘om etilgan yerlarni idora qilishda keng ma‘muriy va 
iqtisodiy huquqlar ham berilgan. Masalan, Hofiz Tanish Buxoriy 
o‗zining ―Abdullanoma‖ asarida shayboniy hukmdori Abdullaxonning 
Xuzor va Jigdalikda ov qilishiga oid voqealarini bayon etarkan (1586), 
quyidagi muhim ma‘lumotni keltiradi: ―Hukmdorning ov qilishga 
kelganini eshitgan noyon
60
Qambarbiy Shaxrisabzdan hukmdor oldiga 
kelib, uni iqta tarzida in‘om qilingan Shahrisabzga taklif etdi. Taklif 
qabul qilinadi va janobi oliylari Shahrisabzga qarab yo‗l oladi. Bazmi 
jamshiddan so‗ng Shaxrisabzdan keladigan daromadning bir qismi 
Qambarbiyga berilmasligi ayon bo‗ladi. Hukmdor Balxga ketishi 
bilanoq, Qambarbiy Shaxrisabzni tark etdi va Samarqandga, sulton 
Ibodullo
61
oldiga oshiqdi va u yerda uning buyuk amirlari safiga 
qo‗shiladi. 
Hukmdorsiz 
qolgan 
Shaxrisabzga Shibirg‗on viloyatining 
hokimi iqtidorli amir Abdusamadbiy 
tayinlanadi va unga Shaxrisabzdan 
tushadigan daromaddan 150 ming 
xoniy 
miqdordagi 
mablag‗i ham 
beriladigan bo‗ldi‖. 
1588 – 1589-yili Balx hukmdori 
shayboniy Abdulmuminxon Mashxad, 
Sabzavor, Isfaxon va Nishopur ustiga 
katta yurish qiladi. Bu shaharlarni o‗z tasarrufiga kiritgandan so‗ng 
yurishda faollik ko‗rsatgan amirlarga turli-tuman inoyatlar qiladi. 
60
Noyon — moʼgʼul hukmdori oʼrta asrlardan boshlab XX asrning birinchi choragigacha boʼlgan 
davrgacha shunday nomlangan. Noyon-dastlab qadimdan shakllangan moʼgʼul urugʼi sifatida talqin 
qilingan. Keyinchalik yuqori tabaqa vakillari sifatida eʼtirof etilgan. 
61
Shayboniy sultonlardan, Аbduplaxon II ning inisi. Iskandarxon (1563 – 1583) va Аbdullaxon II 1583-
1598) hukmronligining dastlabki yillarida Samarkand hokimi boʼlgan. 1583-y. Аbdullaxon bilan oralari 
buzilgan. 


130 
Jumladan, Shoxmuxammad bahodir Kulobdan chaqirilib olinadi va 
Maymana, Foryob, Xayrobod, Kaysar, Olmor viloyatlariga hukmdor 
qilib tayinlanadi. Ulardan xazinaga yig‗iladigan yillik soliq sohibi devon 
tomonidan 200 ming tanga miqdorida belgilanadi. 
Ushbu ma‘lumotlar shuni anglatadiki, iqta vaqtincha va shartli 
ravishda berilgan in‘om bo‗lgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin