Kurs ishi tarkibi. kurs ishi 2 ta asosiy katta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat
Bir to‘g‘ri chiziqda yotmagan uchta A,B,C nuqta berilgan bo‘lsin. Bu nuqtalarni ketma-ket kesmalar orqali tutashtirib, uchburchak deb atalgan va ABC kabi belgilanadigan shaklni hosil qilamiz. A, B, C nuqtalar uchburchakning uchlari, AB, BC, CA kesmalar uning tomonlari deyiladi (7.1- chizma). AB, BC, CA kesmalar yopiq siniq chiziq hosil qiladi va shu sababli uchburchakning ta’rifini quyidagicha berish mumkin: tekislikning uch bo‘g‘indan iborat yopiq siniq chiziq bilan chegaralangan qismi uchburchak deyiladi. ∠CAB, ∠CBA, ∠ACB burchaklar ABC uchburchakning ichki burchaklari deyiladi, ular ba’zan bitta harf orqali belgilanadi: ∠A, ∠B, ∠C. Uchburchakning AC tomonini C nuqtadan o‘ngga davom ettiramiz. Natijada hosil qilingan ∠BCD burchak ABC uchburchakning tashqi burchagi deyiladi. Tomonlariga ko‘ra uchburchaklar uch turga: teng yonli, teng tomonli yoki muntazam, turli tomonli uchburchaklarga bo‘linadi. Ikki tomoni bir-biriga teng bo‘lgan uchburchak teng yonli deyiladi. Uchta tomoni o‘zaro teng bo‘lgan uchburchak teng tomonli yoki muntazam deyiladi. Tomonlari har xil uzunliklarga ega bo‘lgan uchburchak turli tomonli deyiladi. Burchaklariga ko‘ra uchburchaklar uch xil bo‘ladi. Barcha ichki burchaklari o‘tkir bo‘lgan uchburchak o‘tkir burchakli deyiladi. Bitta ichki burchagi o‘tmas bo‘lgan uchburchak o‘tmas burchakli
deyiladi. Bitta ichki burchagi 90° ga teng bo‘lgan uchburchak to‘g‘ri burchakli deyiladi. Ta’rif. Uchburchakning A uchini uning qarshisidagi BC tomonning o‘rtasi K bilan tutashtiruvchi AK kesma uchburchakning medianasi deyiladi (7.2- chizma). Ta’rifdan korinadiki, ABC da uchta mediana o‘tkazish mumkin. AD nur ABC dagi ∠BAC ni teng ikkiga bo‘lsin, ya’ni ∠BAD= = ∠DAC hamda AD nurning uchburchak BC tomoni bilan kesishish nuqtasi D bo‘lsin. U vaqtda AD kesma ABC uchburchak A burchagining bissektrisasi deyiladi (7.3-chizma). Ravshanki, uchburchakda uchta bissektrisa o‘tkazish mumkin. ABC uchburchakning A uchidan BC to‘g‘ri chiziqqa perpendikular tushiramiz va F ularning kesishish nuqtasi bo‘lsin. U vaqtda AF kesma uchburchakning balandligi deyiladi (7.4-chizma). Uchburchakda uchta balandlik o‘tkazish mumkin. ABC uchburchakning AB va AC tomonlari o‘rtalari K va N nuqtalarni tutashtiruvchi kesma uchburchakning o‘rta chizig‘i deyiladi (7.5- chizma). Uchburchakda uchta o‘rta chiziq o‘tkazish mumkin
Uchburchakning bissektrisasi Uchburchak burchagi bissektrisasining ba’zi xossalarini ko‘rib o‘tamiz. 1-teorema. Burchak bissektrisasining nuqtalari burchak tomonlaridan teng uzoqlikda yotadi. I s b o t i . AD to‘g‘ri chiziq BAC burchakning bissektrisasi, ya’ni ∠BAD = ∠DAC bo‘lsin (7.30-chizma). AD bissektrisada ixtiyoriy K nuqtani olib, bu nuqtadan burchakning tomonlariga KN ⊥ AC, KM ⊥ AB perpendikularlar tushiramiz. Hosil qilingan to‘g‘ri burchakli AKM va AKN uchburchaklarda gipotenuza umumiy va ∠MAK, ∠KAN o‘tkir burchaklar teng bo‘lgani uchun, ular o‘zaro teng bo‘ladi: KMA = KNA. Teng uchburchaklarda teng burchaklar qarshisida teng tomonlar yotadi. Shuning uchun, KM =KN. Teorema isbotlandi. 2-teorema. Uchburchak ichki burchagining bissektrisasi qarshisidagi tomonni unga yopishgan tomonlarga proporsional qismlarga bo‘ladi. Isboti. AD kesma ABC ichki ∠A = α burchagining bissektrisasi bo‘lsin, ya’ni ∠BAD = ∠DAC = α 2 (7.31-chizma). = CD AC BD AB bo‘lishini isbotlash kerak. Uchburchakning B va C uchlaridan AD to‘g‘ri chiziqqa perpendikularlar tushiramiz: BE ⊥ AD, CF ⊥ AD. U vaqtda ABE va ACF lar to‘g‘ri burchakli va ularda ∠BAF = ∠CAF bo‘lganligidan, ular o‘xshash bo‘ladi, ya’ni ABE " ACF. Bundan = AC CF AB BE (a) kelib chiqadi.
Ikkinchi tomondan, CFD va BDE lar to‘g‘ri burchakli va vertikal burchaklar bo‘lgani uchun ∠BDE = = ∠CDF tenglik o‘rinli, demak, uchburchaklar o‘xshashdir, ya’ni CFD " BDE. Bundan
Chirchiq davlat pedagogika univarsitetiMatematikavainformatikafakulteti“Matematikavainformatika”ta’lim yo‘nalishi “Elementarmatematika (geometriya)” fanidan___-kurs, ________________- guruh talabasi
Dostları ilə paylaş: |