Yelkanli turizm
Bu suzish ishtirokchilari o'rtasida qandaydir raqobatni nazarda tutadi. Lekin, albatta, bu suv bo'yidagi rasmlari bilan zavqlanadigan tabiatning go'zal burchaklari bo'ylab oddiy qayiq safari bo'lishi mumkin.
Turizmning bu turi uchun ko'pincha yaxtalar, shuningdek, yelkanli katamaranlar ishlatiladi. Eng sarguzashtli sayyohlar bunday sayohatga salda borishlari mumkin.
QAYIQ UCHUN MARSHRUTNI ANIQLASH
Bizda har xil daryolar, ko'llar va suv omborlarining eng katta tanlovi borligi sababli, har qanday chet ellik sayohatchilar bizning suv sayyohlarimizga hasad qilishlari mumkin. Ammo hamma narsa juda xilma -xil bo'lgani uchun, marshrutni tanlash to'g'risida qaror qabul qilish yanada qiyinroq. Sobiq SSSR hududlarida suv ishchilarini Qirg'iziston va Kavkaz respublikalari daryolari, Kaspiy va Baykal kengligi, Qora dengiz sohillari jalb qiladi.
Kemani ishga tushirishga tayyorlash puxta bo'lishi va eng mayda detallargacha o'ylangan bo'lishi kerak. Daryo sxemasini o'rganish kerak, uning bo'ylab tushish kerak. Shuningdek, siz Internetdagi ma'lumotlarni bir xil yo'nalishdagi sharhlar va boshqa sxemalar bilan ko'rib chiqishingiz mumkin, bilasizki, siz turli manbalardan
1.3.Ot turizmi
Yilqichilik va ot sporti xalqimiz kuch-qudrati va tarixiy imkoniyatlarini namoyon qiladi
Ot haqida oʻqiganlarimiz ichida eng taʼsirlisi yozuvchi Togʻay Murodning “Ot kishnagan oqshomi”da boʻldi. ...Ayo Tarlon, sen mening ukamsan, ukam... Ayo Tarlon, sen mening jiyanimsan, jiyanim. Boʻldi, men endi ularni jiyanim demayman. Mening jiyanim sensan, Tarlon. Sen menga tortding, Tarlon... Ayo Tarlon, sen mening akamsan, akam... Ayo Tarlon, sen mening birodarimsan, birodarim
Prezidentimizning 11-mart kuni imzolagan “Yilqichilik va ot sportini yana-da rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorini oʻqib, mamnun boʻldik.Ayni paytda beixtiyor Togʻay Murodning shu mashhur asari xayolimizda jonlandi. Chunki bizning zaminda azal-azaldan otga insonning sodiq hamrohi sifatida munosabatda boʻlingan. Shu bois, toʻylar koʻpkarisiz oʻtmagan, ot sporti yaxshi rivojlangan. Bugun ham xalqimizning otga mehri boʻlakcha. Keyingi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan yilqichilikni rivojlantirish, ot sportini ommalashtirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani ham bejiz emas. Zero, otlarda Allohdan ato etilgan aql, chiroy hamda sirli inoyat bor, deyishadi.Oʻzbekiston yilqichilik va ot sport federatsiyasi bosh kotibi Nodirbek IBRAGIMOV bilan suhbatimiz mamlakatda ot sportini rivojlantirish, sohadagi yangiliklar xususida boʻldi.Keyingi 3-4 yildan buyon yurtimizda yilqichilikni rivojlantirishga, ot sportini ommalashtirishga eʼtibor kuchaydi. Buning uchun davlatimiz rahbariga katta minnatdorlik bildiramiz. Chunki hamma mamlakatlarda ham ot sportiga bu darajada eʼtibor berilmaydi, — deya suhbatimizni boshlab berdi N.Ibragimov. — Prezidentimizning 2017-yil 15-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan sohada tub oʻzgarishlar boʻldi.Kechagi “Yilqichilik va ot sportini yana-da rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori esa bu boradagi ishlarni yana-da jadal davom ettirishga huquqiy zamin yaratadi.Agar mumkin boʻlsa, suhbatimiz avvalida ana shu qaror bilan oldimizga qoʻyilgan vazifalar va amalga oshirishimiz kerak boʻlgan chora-tadbirlar haqida aytib oʻtsak-da, keyin boshqa savollaringizga javob bersak.Juda yaxshi.Taʼkidlash joizki, Prezidentimizning kechagi qarori mamlakatda yilqichilik va ot sportini yana-da rivojlantirish, beshkurash va polo sport turini ommalashtirishda yangi davrni boshlab berishi bilan ham ahamiyatlidir.Taʼkidlab oʻtilgan Qarorga koʻra, har bir olimpiya zaxiralari kollejida ot sporti boʻlimlari tashkil etiladi. Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida ot sportini rivojlantirish, naslli va zotdor otlarni koʻpaytirish maqsadida koʻp tarmoqli sport majmualari davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etiladi.Qashqadaryo viloyati respublikada ot sportini rivojlantirish boʻyicha yetakchi hudud sifatida belgilandi. Bu ham bejiz emas. Chunki ot sporti va ot falsafasi bilan bogʻliq azaliy qadriyatlar aynan shu hududda koʻproq saqlanib qolgan. Bundan tashqari, bu viloyatda ot sportini rivojlantirish boʻyicha infratuzilma ham yetarli. Keng yaylovlar koʻp.
Qarorda ot sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar hamda respublika oliy sport mahorati maktablarida noyob zotdor sport otlarini koʻpaytirish uchun Davlat byudjetidan uch yil davomida 5 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlariga bosqichma-bosqich ot sporti hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turlari kiritiladi.Davlat-xususiy sheriklik asosida, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Naslli, sport va tozaqonli otlarni yetishtirish va koʻpaytirish boʻyicha innovatsion seleksiya-genetika markazi tashkil etiladi. 2021-yil 1-apreldan “zootexnik”, “veterinar-shifokor”, “feldsher-veterinar”, “usta-chavandoz”, “ot parvarishlovchi”, “taqachi” mutaxassisliklari uchun shifokor, hamshira, trener va sportchilarga tenglashtirilgan darajada oylik maoshlar toʻlanadi.2025-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamda uning aʼzolari mol-mulk, yer soligʻi va qishloq xoʻjaligi yerlari uchun yer soligʻidan, ippodromlar, ot sporti klublari va sport maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan inventarlar, sport otlari, naslli mahsulotlar, ozuqalar, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalar, vitaminlar, uskunalar, materiallar bojxona toʻlovlaridan (QQS va bojxona yigʻimidan tashqari) ozod etiladi.Endi bevosita shu kunga qadar qilingan ishlar haqida qisqacha toʻxtalsak. Qashqadaryo viloyatida Qorabayir zotli otlarni koʻpaytirish va parvarishlash majmuasi qurildi. Hozirda bu yerda 400 boshdan ziyod Qorabayir otlari parvarishlanmoqda, seleksiya ishlari olib borilmoqda.Toshkent viloyati Axaltaka zotli otlarni koʻpaytirishga moʻljallangan “Oʻzbegim Otlari” MCHJ ot zavodi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Fargʻona viloyatida “Vodiy tulporlari” ot sporti majmuasi ochildi. Bu yerda ham Qorabayir zotli otlar soni 60 dan oshdi.Mutaxassis sifatida bugun mamlakatda ot sporti istiqboliga qanday qaraysiz? Nimalarga eʼtibor qaratishimiz kerak, deb oʻylaysiz?Ot sporti boʻyicha jahon arenalarida bayrogʻimizni baland koʻtarish uchun qiladigan ishlarimiz juda koʻp. Lekin mustahkam bazaga egamiz. Bu ota-bobolarimizdan meros boʻlib kelayotgan otga munosabatda, mehrda namoyon boʻladi. Bilasiz, qadimdan otlar nafaqat sportda yoki uloq-koʻpkarida, balki hayotimizda muhim oʻrin tutgan. Xoʻjalik ishlarida ot mehnatidan unumli foydalanilgan. Hozir ham shunday.Keyingi yillarda yoshlarni ot sportiga jalb qilish boʻyicha ishlayapmiz. 9-13 yoshli oʻgʻil-qizlarni sport maktabidagi otlar bilan tanishtirib, qiziqishini oshirishga harakat qilyapmiz. Bu jarayonda seleksiya ishlarini ham bajaramiz. Yaʼni iqtidorli bolalarni tanlab olib, ular bilan doimiy shugʻullanishni yoʻlga qoʻyganmiz. Asosiy maqsadimiz mohir chavandozlar tayyorlash.Ochiq aytish kerak, bugun yetakchi sportchilarimiz asosan katta yoshlilarni tashkil etadi. Ular orasida 40-50 yoshli sportchilar ham bor. Albatta, ular juda tajribali, mohir sportchi. Ot bilan ishlashni yaxshi biladi, yutuqlari ham arzigulik. Lekin hayot talabi oʻzgarib turadi. Shu maʼnoda, yoshlardan umidimiz katta.Demak, ot sportida ham yosh bilan bogʻliq muammolar boʻladi.Bunday xulosaga kelish notoʻgʻri yondashuv boʻladi. Aslida ot sporti shunday noyob sport turiki, u bilan shugʻullanish uchun yosh chegaralanmagan. Sportchilar safini yosh iqtidorlar bilan toʻldirish esa davr talabi.Oʻrni kelganda aytib oʻtmoqchiman, ot sportida gender tenglik taʼminlangan. Bunda xotin-qizlar ham erkaklar bilan yonma-yon, hech qanday qiyinchiliklarsiz ot sporti bilan shugʻullanishi mumkin. Ular bugun xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda erkaklar bilan basma-bas oʻz iqtidorini namoyish etyapti.Ot sporti boʻyicha Olimpiada oʻyinlarida ishtirokimiz susaygandek, nazarimizda. Bunga sabab nima Koʻp yillar Oʻzbekistonda ot sportiga eʼtibor qaratilmay kelindi. Oqibatda, moddiy-texnik baza eskirdi, sportchi otlar kamayib ketdi, borlari ham qarovga muhtoj boʻlib qoldi, sportchilarimizni ragʻbatlantirish tizimi ishlamadi, asosan, homiylar qoʻliga qarab qoldik.Yana takror aytamiz: bizda tarixiy qadriyatlar asosida kuchli baza bor. Birgina Toshkent shahridagi ot sportiga ixtisoslashtirilgan Respublika oliy sport mahorati maktabini oladigan boʻlsak, bu maktabga 1930-yillarda asos solingan. 1950-yillardan boshlab oʻzbek sportchi-chavandozlari shu yerda shugʻullanishni boshlagan va spartakiadalarda qatnashib, koʻp marotaba birinchilikni qoʻlga kiritgan. Chavandozlarimiz Olimpiada oʻyinlarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Ulardan biri Mamajon Ismoilovni, uning xalqaro miqyosdagi yutuqlarini bugun ham yurtdoshlarimiz yaxshi eslaydi.
Toʻrt yildirki, vaziyat ijobiy tomonga jiddiy oʻzgardi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qarata boshladi. Siz bilan suhbatimizga asos boʻlib turgan qarorlar qabul qilindi. Sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, har bir harakatimizning moliyaviy asoslari belgilab berildi. Ishonamizki, bu kabi sharoitlar, imkoniyatlar oʻz samarasini beradi. Sportchilarimiz nafaqat jahon chempionatlarida, balki Olimpiada oʻyinlarida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qiladi.Gap xalqaro musobaqalar haqida ketganida, bevosita milliy terma jamoa tarkibi bilan qiziqiladi. Bugun ot sporti boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining tarkibi, salohiyati qanaqa? Sportchilarimizning tayyorgarlik holatini qanday baholaysizMilliy terma jamoamiz tarkibi har yili yangilanadi. Yaxshi koʻrsatkichlarga erishgan sportchilar jalb etiladi.
Taʼkidlash joizki, biz Olimpiada oʻyinlarida ot sportining uchta turi konkur — toʻsiqlardan sakrash, ot yoʻrttirish va uchkurash boʻyicha qatnashamiz. Keyingi oʻn yillarda Oʻzbekistonda toʻsiqlardan sakrash turiga katta eʼtibor berilgan, ot yoʻrttirish va uchkurash biroz ahamiyatsiz qolgan edi. 2019-yildan biz bu ikki sport turini ham rivojlantirishni boshladik. Mana endi beshkurash va polo sport turi bilan ham muntazam shugʻullanamiz. Oʻylaymizki, har bir sport turi boʻyicha 2021-2022-yillarda boʻlib oʻtadigan xalqaro musobaqalarda yaxshi natija koʻrsatamiz.Ot sportini qimmat sport turi, deyishadi. Shu gap rost boʻlsa, ot sportini, federatsiya faoliyatini rivojlantirish uchun katta mablagʻ kerak boʻlishi tabiiy. Aytaylik, musobaqalarga otlarni olib borish, ularni oziqlantirish, parvarishi kabi masalalar ham xarajat talab qiladi. Bizda bu mablagʻ qanday shakllanadi va yetarlimi Ot sporti haqiqatan ham qimmat sport turi hisoblanadi. Chunki unda ikkita sportchi, ikkita atlet ishtirok etadi. Biri chavandoz boʻlsa, ikkinchisi sport oti. Sport otlarining ham oʻz darajasi, reytingi bor. Shunga qarab narxi ham oshib ketaveradi. Keyin, albatta, otni parvarishlash, yem-xashagi, alohida ratsioni boʻladi. Sport otlarini har oyda taqalash kerak. Doimiy veterinariya xizmati koʻrsatilmasa ham boʻlmaydi. Bularning hammasi mablagʻ talab qiladi.
Bundan tashqari, chet davlatlarda boʻladigan musobaqalarda ishtirok etish uchun otni olib borish logistikasi bor. Otlar yaqin davlatlarga maxsus mashinalarda yetkaziladi, lekin musobaqa manzili uzoq boʻlsa, samolyotda olib borishga toʻgʻri keladi. Bunga hamma aviatashuvchilar ham koʻnavermaydi, koʻnganlari esa qimmat narx belgilaydi.Ot sportini qimmat sport turi, dedik. Nimaga? Masalan, bitta sport oti uchun bir oyda kamida 3,5-4 million soʻm pul sarflanadi. Qolaversa, otning kasal boʻlishi bor. Notoʻgʻri yem-xashak, kamroq yoki sovuqroq suv berilsa yoki mashgʻulotdan keyin sovitmasdan, choʻmiltirmasdan joyiga olib kirilsa, albatta, kasal boʻladi va uni davolash juda qimmatga tushadi. Ot odam psixologiyasini sezadi, deyishadi. Shu rostmi 5-10 daqiqa otlar harakatini kuzatib tursangiz oʻzingizni yengil his qilasiz, kayfiyatingiz ham koʻtariladi. Otlarning oʻziga xos xususiyatlari juda koʻp. Shulardan biri ippoterapiya — ot bilan davolash. Bu, asosan, asab, harakatlanish tizimida nuqsoni boʻlgan yosh bolalar uchun juda foydali.Otlarning odamga nisbatan tana harorati issiqroq boʻladi. Shu bois, ippoterapiyada ot va odam egarsiz harakatlanadi.Ot minganda inson organizmidagi barcha mushaklar ishlaydi. Sezish qobiliyati oshadi. Shuning uchun boshqa yoʻnalishdagi sportchilar ham ot minish uchun kelib turadi.Otga yaqinlashganingizda, u sizning feʼl-atvoringizni sezadi. Qatʼiyligingiz, qoʻrquvingiz bormi-yoʻqmi bilib oladi va shunga yarasha xulosa chiqaradi. Masalan, toʻsiqlar osha yugurishda maydonga tushganingizda sizda qatʼiyatsizlik yoki qoʻrquv boʻlsa, ot toʻsiqlardan oʻtmaydi.Baʼzi musobaqalarga chavandozlarimiz otsiz boradi. U yerda qurʼa tashlanadi va tasodifiy tanlangan otlar egallanadi. Shunda chavandoz ham juda yaxshi psixolog boʻlishi kerak. Qisqa fursatda otni tushunib, u bilan “kelishib” olishi juda muhim.Oʻzbekiston bugun qaysi mamlakatlardan sport otlarini sotib oladi? Eksport ham qilamizmi Dunyo miqyosida oladigan boʻlsak, har oʻn yillikda tendensiya oʻzgarayotganini koʻrish mumkin. Agar oʻtgan asrning 60-70 yillarida ot sportida koʻproq Axaltaka zotli otlar ishlatilgan boʻlsa, bugungi kunda koʻproq Yevropaning issiq qonli otlaridan foydalanilmoqda. Xususan, nemis otlari koʻproq ishlatilmoqda. Biz koʻproq Germaniyadan, shuningdek, Rossiya, Ukraina, Belarusdan ham sportchi otlar sotib olamiz.
Eksport ham yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Koʻproq Afgʻonistonga sotamiz. Chunki bu mamlakatda koʻpkari, ot poygasi kabi musobaqalar koʻp oʻtkaziladi. Shu bois, ular koʻproq uloqchi otlarni sotib oladi. Hali aniq statistik maʼlumotni olmadik, lekin taxminimizcha, bizda eksport importdan koʻra koʻproq. Chetdan olib kelingan otlarni Oʻzbekistonda koʻpaytirish imkoni boʻladimi? Yana bir savol, masalan, Germaniyadan olib kelingan otlar necha yil xizmat qiladi Otlar 16-18 yoshgacha sportda xizmat koʻrsatishi mumkin. Albatta, koʻproq xizmat qilgan holatlari ham boʻladi. Sportdan chiqqandan keyin, agar biya boʻlsa, nasl olish masalalari koʻrib chiqiladi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda ot sporti bilan qancha kishi shugʻullanadi? Milliy terma jamoamiz tarkibida 100 ga yaqin sportchi bor. Ular muntazam shugʻullanadigan, professional sportchilar. Umuman olganda esa, 800-900 nafar hamyurtimiz ot sporti bilan shugʻullanadi.yingi yillarda sport va turizm uygʻun rivojlanmoqda. Bu borada ot sportining imkoniyatlari qanaqa Ota-bobolarimiz ot minib, mohir chavandoz ekanini namoyish etgani haqida aytdik. Shu maʼnoda biz ot va ot turizmi boʻyicha katta tarixiy boylikka, imkoniyatga egamiz. Bir, necha yil oldin Xalqaro ot sporti federatsiya delegatsiyasi, Rossiya, Shveysariya, Belgiya, Qirgʻizistondan mutaxassislar kelganida, ularni Samarqandga olib bordik. Ularga tarixiy obidalar, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek kabi bobolarimiz haqida maʼlumotlar berdik. Ular, albatta, tarixiy maskanlarimiz, buyuk ajdodlarimiz haqida kitoblarda oʻqigan, televizorda koʻrgan yoki internet orqali tanishgan boʻlishi mumkin. Lekin oʻz koʻzi bilan koʻrib hayratga tushdi. Havasini yashira olmadi. Sizlar juda katta tarixiy boylikka ega ekansizlar, deb eʼtirof etdi. Bundan xulosa qilish mumkin, ot sporti boʻyicha Oʻzbekistonda oʻtadigan musobaqalarda ishtirok etish uchun kelgan sportchilar, albatta, tarixiy qadamjolarni koʻrish, qadriyatlarimizni oʻrganish, qandaydir sovgʻa olishga harakat qiladi. Demak, turizm rivojiga ham hissa qoʻshiladi.
Dostları ilə paylaş: |