Chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə45/51
tarix09.12.2022
ölçüsü0,97 Mb.
#73384
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   51
O\'UM JTG VA S-TFA 2022-2023

Бумеранг технологияси



Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan talaba yoki o‘qituvchi rolida bo‘lishi, kerakli ballni to‘plashiga imkoniyat beradi.


«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqli shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Ta’lim bilan bir qatorda mazkur uslub tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi.
- Jamoa bilan ishlash mahorati;
- muomalalik;
- xushfe’llik;
- ko‘nikuvchanlik;
- o‘zgalar fikriga hurmat;
- faollik;
- rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
- ishga ijodiy yondashish;
- o‘z faoliyatining samarali bo‘lishiga qiziqish;
- o‘zini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar – bu savollar muomala, so‘zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.
YOpiq savollar – bu savollar oldindan «ha» yoki «yo‘q» tipidagi to‘g‘ri ochiq javoblarni berishni ko‘zda tutadi.
Ko‘ndalang so‘roq - bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo‘lib, bu o‘ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponetlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ko‘ndalang so‘roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.

Тармоқлар” услуби (Кластер).

Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo‘lib, u talabalarni biron bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, talabalarning mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi.


Bu uslub biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval talabalarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin