Chiziqli dasturlash matematik dasturlashning bir yo‘nalishi bo‘lib, u chegaralangan resurslar (xom ashyo, texnika vositalari, kapital quyilmalar, yer, suv, mineral o‘g‘itlar va boshqalar)ni ratsional taqsimlab eng ko‘p foyda olish yo‘llarini o‘rgatadi. O‘rganiladgan iqtisodiy jarayonning asosiy xossalarini matematik munosabatlar yordamida tavsiflash tegishli iqtisodiy jarayonning matematik modelini tuzish deb ataladi.
Masalaning iqtisodiy ma’nosi: korxonaning ishlab chiqarish rejasini shunday tuzish kerakki:
hamma mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinadigan har bir ishlab chiqarish faktorining miqdori ularning zahirasidan oshmasin;
mahsulotlarni realizatsiya qilishidan korxonananing oladigan daromadi maksimal bo’lsin.