Chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlarni tasvirlashdagi o`ziga xos xususiyatlari Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə2/7
tarix20.12.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#76598
1   2   3   4   5   6   7
Chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar qayta taxlangan

I. Asosiy qism
1. Chizmalarda shartlilik va soddalashtirishlar haqida tushuncha
Chizmalarni chizishda mehnat unumini oshirishga, chizma chizish va o'qishda vaqtni tejash hamda qulaylikka va ratsionalizatsiyalashtirishga soddalashtirish va osonlashtirish yo‘li bilan erishiladi. Shu maqsadda standart tomonidan bir qator shartliliklar va soddalashtirishlar joriy qilingan. Ko‘rinishlar sonini kamaytirish, tasvir o‘lchamini kamaytirish va tasvirlar yasashni osonlashtirish maqsadida shartlilik va soddalashtirishlar belgilangan. 0 — diametr va kvadratlarni ifodalovchi shartli belgilardan foydalanish evaziga jismni bitta ko‘ rinishda tasvirlashga imkon beradi (1- o, b, с, d chizma). Shuningdek, diametr va kvadrat belgilaridan foydalanib, bitta ko‘ rinishda shunday jismlardan tuzilgan detalni tasvirlash mumkin .Bitta ko'rinishda shar sirtini tasvirlash mumkin, bunda diametr belgisi ostiga „Sfera“ so‘zi yozib qo‘yiladi
1-chizma

2-chizma 3-chizma
— detaining qalinligi 5 mm va uzunligi 250 mm bo'lsa, yassi va uzun buyumlar bitta ko'rinishda tasvirlanadi
— uzun detallarni kaltaroq qilib, masshtabni o‘zgartirmasdan tasvirlash uchun uzishlar qo'llaniladi .Uzish joyi ingichka tutash toiqinsimon chiziqda chiziladi;
— detalda bir nechta bir xil joylashgan elementlar mavjud bo‘lsa, u holda. ulardan bir-ikkitasini tasvirlab, qolganlarini soddalashtirib yoki shartli ko'rsatish mumkin;
— detaining bir qismini uning elementlari sonini va ularning joylashishini ko‘rsatib tasvirlash mumkin
— silindrik teshiklarning bittasini ko‘rsatib, qolganlarining o'rinlarini belgilash orqali soddalashtirib tasvirlash mumkin;
— silindrik teshiklar kesuvchi tekislikka to‘g‘ ri kelmagan holda ham ulardan bittasi shartli ravishda kesuvchi tekislikka keltirilib, xuddi qirqimga to‘g‘ri kelgandek qilib ko‘rsatish mumkin
— sirtlarning kesishish egri chiziqlarini 2- a, b chizmada ko‘rsati!gandek tasvirlash mumkin;
— bir sirtdan ikkinchisiga silliq o ‘tish joyi shartli ravishda ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi , ularni soddalashtirib aylana yoyi orqali tasvirlash mumkin. Ba’zi hollarda bu o ‘tish chiziqlari ko‘ rsatilmasligi ham mumkin;
— detal tasvirida tekis yuzalar uchrasa, ularni ingichka kesishuvchi (diagonallar) bilan chizmalardagidek ko‘rsatish mumkin;
— tishli g‘ildirak, shkivlar va shunga o ‘ xshash detallar gupchagidagi teshiklarni, shponka pazlarini ko'rsatishda ularning toia tasviri o ‘rniga faqat teshik konturini chizib ko'rsatish mumkin;
— detallarda uchraydigan mustahkamlash qovurg'alari bo‘ylama qirqimga tushsa, kesilgan joy shtrixlanmaydi .
Bunday qovurg'alar ko‘ ndalang qirqimga tushsa, kesilgan joy shtrixlanadi;

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin