Чўл ландшафтларини типологик таснифлашнинг асосий тамойиллари



Yüklə 16,22 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü16,22 Kb.
#168657
  1   2
h


Cho`l landshaftlarini tipologik tasniflashning asosiy tamoyillari (Buxoro viloyati misolida)

Landshaftshunoslikdagi markaziy masalalardan biri landshaftlarni tipologik tasniflash ularga tartib berish, turlashtirishdir. Bu jarayon landshaftlarning katta-kichikligi (morfologik) bilan emas, balki sifat ko`rsatkichlari (“nisbiy bir xillik”) tamoyili asosida amalga oshiriladi. Buning ilmiy ahamiyati nihoyatda katta. Landshaftlar tasnifisiz ularning tahlili ham, xaritalashtirish masalalari ham yakun topmagan hisoblanadi. Bu borada ma`lum tajribalarga erishilgan (N.A.Gvozdetskiy, 1961; A.G.Isachenko, 1967; V.A.Nikolayev, 1979 va boshq.). Ammo, hamma birdek e`tirof etadigan tasnif sxemasi hali ishlab chiqilmagan. Mavjud sxemalarning munozarali jihatlari bor. Buning birinchi va asosiy sababi geotizimlarning o`ta murakkab tuzilganligi. Ikkinchidan, izlanuvchilarning bu masalaga turli maqsad va usullar bilan yondoshganligi. Uchinchidan, esa tadqiqotchilar “maktabi” va ilmiy salohiyatining turli darajada ekanligidir.


Falsafiy til bilan aytganda mazkur tadqiqotlarni tabiatda mavjud bo`lgan landshaftlarni bilish yo`lidagi, bosqichma-bosqich qo`yilgan ilmiy “qadamlar” deb baholash mumkin. Bu tadqiqotlar birinchidan – tarixiyligi, ilmiyligi bilan qadrli bo`lsa, ikkinchidan – esa ular “muloqot mavzusi”, ya`ni yangi izlanishlar uchun “ozuqa muhiti” ekanligi bilan qimmatlidir. Bundan tashqari, «landshaft» tushunchasining etimologik mazmuni, ko`lami, uni yaratuvchi omillar haqidagi fikrlar ham xilma-xil. Bunday turlicha talqinlar fanning ijtimoiy nufuziga putur yetkazadi va o`ziga xos qiyinchiliklar tug`diradi.
Buxoro viloyati landshaftlarini tasniflashda M.P.Petrov (1973), N.A.Gvozdetskiy (1979), N.A.Kogay (1982), A.P.Jumashov (1990), A.G.Isachenko (1991), A.G.Babayev (1995) ishlariga tayangan holda quyidagi tamoyillar asosida ish tutildi:
1) geotizimlarning sifat ko`rsatkichlarini belgilashda dialektikaning «miqdor o`zgarishining sifat o`zgarishlariga o`tishi» qonuni asosida yondashish tamoyili. Bunda geotizimlar ko`lami kichraygan sari ularning «nisbiy bir xilligi» ortib borishi va nihoyat «landshaft»ning tipologik geotizim ekanligi ravshanroq namoyon bo`ladi. Bu o`rinda uning ko`lami emas, balki sifatiy asoslari belgilab turadi;
2) «landshaft» tushunchasiga umumiy (keng) va tor (asl) ma`noda yondashish tamoyili. Buning uchta asosi bor. Birinchidan, «landshaft» atamasi bugungi kunda geografik, nogeografik adabiyotlarda, omma orasida keng tarqalgan (masalan, «tog` landshaftlari», «tekislik landshaftlari», «cho`l landashftlari» kabi). Ikkinchidan, «landshaft» atamasi barcha huquqiy va me`yoriy hujjatlarda keng ma`noda ishlatiladi. Uchinchidan, regional komplekslar bilan tipologik komplekslar o`rtasida keskin chegara yo`q. Chunki turli ko`lamdagi geotizimlar modda va energiya oqimlari tufayli bir-biri bilan bog`langan. Masalan, ushbu tadqiqotda keltirilgan landshaftlar tasnifida «landshaft tiplari guruhi»-«landshaftlar sinfi» «landshaftlar kichik sinfi» keng ma`noda bo`lsa, «landshaft tiplari» va uning qismlari tor (asl) ma`noga ega. Demak, landshaft asl ma`noda N.A.Gvozdetskiy (1979) ta`kidlaganidek, «tuproq» kabi tipologik mazmunga ega. Xullas, «landshaft» umumiy tipologik tushuncha bo`lib, u «landshaft tipi», «landshaftning kichik tipi» va «landshaft turi» dan iborat (Nazarov, Toshov, 2004);
3) landshaftlarni tasniflash birliklarini geografiyaga yondosh bo`lgan fanlardagi nomdosh va mazmundosh atama va tushunchalar bilan uyg`unlashtirish tamoyili. Geografiya fani botanika, o`simliklar geografiyasi, tuproqshunoslik va cho`lshunoslik bilan chambarchas bog`liq. Bu fanlarda ham o`ziga xos atama va tushunchalar mavjud. Mazkur atamalarni muqobillashtirish, ayniqsa, tabiatdan foydalanuvchilarga tushunarli darajaga keltirish zarur. Kundalik amaliyotda bunga ehtiyoj katta.
Modomiki, landshaftshunoslik majmua-li, sintez qiluvchi fan ekan, bu vazifa, eng avvalo, uning zimmasida bo`lmog`i lozim. Geobotanikada o`simliklar tipi (psammofil, gipsofil, galofil, petrofil), tuproqshunoslikda «tuproq tipi», «tuproqning kichik tipi», «tuproq turi», cho`lshunoslikda «cho`l tipi», yaylovshunoslikda «yaylovlar tipi» kabi atamalar mavjud. Cho`llarning tabiiy resurslarini o`rganish borasidagi bunday tipologik yondashuvlar bo`yicha qator tavsiyalar ishlab chiqilgan va ular amaliyotda o`z isbotini topgan;
4) tadqiqot obyektini tanlashda uni iste`molchiga, amaliyotga yaqinlashtirish tamoyili. Hozirgi kunda ko`pgina tabiiy geografik tadqiqotlar tabiiy chegaralar doirasida olib boriladi. Masalan, «Quyi Zarafshon» «Zarafshon deltasi», «Qorako`l deltasi» kabi. Bunday hududlarni bevosita «egasi», «xo`jayini» yo`q. Natijada ushbu mavzuda bajarilgan tadqiqotlar tabiatdan foydalanuvchilarga yetib bormaydi. Bu o`rinda tabiatga, ijtimoiy hayotga oid monitoring ma`lumotlari ma`muriy hududlar doirasida olib borilishini ham qayd etish joiz. Shu sababli tabiiy geografik tadqiqotlarni ma`muriy chegaralar doirasida olib borish, ya`ni ijtimoiy talab bilan uyg`unlashtirish maqsadga muvofiq. Ta`kidlash joizki, ushbu tamoyil asosida olib borilgan izlanishlar ayni hududga xos bo`lgan tabiiy-geografik qonuniyatlarni inobatga olgan holda bajarilmog`i lozim.
Viloyat landshaftlari yuqorida qayd qilingan tamoyillarga tayangan holda «landshaft tiplari guruhi», «landshaftlar sinfi», «landshaftlar kichik sinfi», «landshaft tipi», «landshaftning kichik tipi», «landshaft turi» birliklari asosida tasniflandi (rasm). Ushbu tasniflash birliklarining ayrimlari ko`pgina tadqiqotchilar tomonidan asoslangan. Shunga qaramasdan ularning ayrim xususiy belgilarni keltiramiz.



Yüklə 16,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin