Chqqindilar tug‟risida



Yüklə 108,33 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.12.2023
ölçüsü108,33 Kb.
#178925
20.123.gurux.Abdullayeva SHoxsanam-Biotexnologiya fanidan -Biomassadan (Chiqindilardan) biogas olish biotexnologiyasi



Biomassadan (Chiqindilardan) biogas olish
biotexnalogiyasi
Reja:
"CHqqindilar tug‟risida" O‟zbekiston Respublikasining qonuni 
2019-2028 yillar davrida O„zbekistonda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog„liq ishlarni amalga 
oshirish 
1. 
2. 
strategiyasini tasdiqlash 
3. Harakatlar Strategiyasida chiquindilarni qayta ishlash bo‟yicha amalga oshirilishi belgilab qo‟yilgan 
topshiriqlar 
4. 
5. 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar 


Ma‟lumki, 2002 yil 5 aprelda "CHqqindilar tug‟risida" O‟zbekiston Respublikasining qonuni qabul 
qilindi. Bir kishi bir yilda 83 kg chiqindi chiqaradi. 
axlatxonalarning holati, Olot, Qorako‟l, Buxoro va Jondor 
gigienik holati jozirgi zamon talablariga javob bermayotir. 
ajratish va zararsizlantirish chora-tadbirlari amalga joriy 
kasalliklar kelib chiqmoqda. 
Hozirgi paytda Buxoro, Kogon shaharlaridagi 
tumanlardagi axlatxonalar va ularning sanitariya- 
Ularning atrofi o‟ralmagan, chiqindilarni turlarga 
etilmagan. Natijada atrof- muhit ifloslanib, turli 
Ko‟pgina holatlarda kunduzgi yorituvchi lyuminessent lampalarni maishiy chiqindilar bilan birga ko‟plab 
axlatxonalarga chiqarib tashlashlar ko‟zga tashlanib turadi. Bir dona singan lyuminessent lampaning simob 
bug‟lari ta‟sirida qiska vaqti davomida o‟tkir zaharlanish huruji 20 marotaba ortadi. Ming dona siniq lampa, 
bitta katta shahar hududining 75% ni uch kavatli bino balandligida zaharlaydi. Simob asab tizimiga, jigar, 
buyrak, oshkozon: va ichak faoliyatining buzilishiga olib keladi. Simobning havodagi ruxsat etilgan o‟rtacha 
sutkalik chegaraviy konsentrasiyasi 0,0003 mg/m3 ni tashkil yetadi. 
2000 yilda korxonalarda simobli lampalar va asbob-uskunalardan foydalanish, hamda ularni 
zararsizlantirish, korxona faolyayatlarini tartibga solish buyicha O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
maxsus qaror qabul qilgan edi. qarorda korxona, tashkilot va muassasalarda simobli yoritgichlarni kat‟iy 
hisobga olish, ishga yaroqsiz bo‟lib qolganlarini maxsus texnologiya asosida qayta ishlash chora- tadbirlari 
nazarga tutilgan edi. 
Hozirgi paytda viloyatimiz miqyosida 1 mln. donaga yaqin kunduzgi yorituvchi lyuminessent lampalari 
mavjud. Ushbu lampalarni zararsizlantirish sexi va texnologiyasi Sankt-Peterburgdan harid qilinib, "Sitora" 
tenis klubi hududida (oldingi viloyat xo‟jalik mollari bazasi hududida) 
o‟rnatildi. 
Sankt-Peterburgdagi "SELTA" ekologik firmasida ishlab chikarilgan texnologiya uzunligi 1,6 m gacha 
bo‟lgan barcha tipdaga yoritgichlarni zararsizlantirish imkoniyatiga ega. Ammo har dona lampa uchun korxona 
zararsizlantirish sexiga 175 so‟m pul to‟lashi kerak. 
Ishlatish muhlatini o‟tab bo‟lgan lyuminessent lampalarni uy-joy shirkatlarida yoki mahallalarda 
markazlashtirilgan holda aholidan yig‟ib olib, zararsizlantirish sexiga topshirilishi lozim. 
Hozirgi paytda “Buxoroteks” x/j da 300 ming dona, I.Fozilov nomli fabrikada 20 ming donadan ziyodrok, 


"Buxorodon" x/j da 1100 dona, B.Amonova birlashmasida 500 dona, "Buxoronur" da esa 2 ming dona (AB-40 
va AB-80 tamg‟ali lampalar) ko‟p yillardan buyon saqlanib kelinmoqda. 
Bundan tashqari, barcha tumanlarimizdagi markaziy kasalxonalarning tozalash inshootlari qoniqarsiz 
ishlamoqda. Natijada ochiq suv havzalari turli mikroblar va kasallik tarqatuvchi bakteriyalar bilan 
ifloslanmoqda. Oxirgi yillarda respublikamizda va viloyatimizning barcha shirkat va fermer xo‟jaliklarida 
chigitni plyonka ostida ekish texnologiyasi joriy etildi. Buning uchun kalinligi 20-100 mkm va eni 60 sm 
bo‟lgan polietilen plyonkalardan foydalaniladi. Bundan tashqari, mashina-traktor parklarida ishlatish muhlatini 
o‟tab bo‟lgan va hozirgi paytda yig‟ilib qolgan rezina shinalari mavjudki, ularni regenerasiya qilish (ya‟ni, 
dastlabki xossalarini tiklash) ancha qiyinchiliklarni tug‟dirmoqda. 2028 yilgacha qattiq maishiy chiqindilarni 
qayta ishlash 60 foizga yetkaziladi Prezident 2028 yilgacha qattiq maishiy chiqindilar bilan bog„liq ishlarni 
amalga oshirish strategiyasini tasdiqladi. Ushbu muddatgacha 100 foiz aholi qamrab olinib, qayta ishlash 60 
foizga yetkaziladi. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 aprel kuni 2019-2028 yillar davrida O„zbekistonda qattiq maishiy 
chiqindilar bilan bog„liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to„g„risidagi qarorni 
imzoladi. 
Hujjatda qayd etilishicha, qishloq aholi punktlarida qattiq maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqib 
ketish bo„yicha xizmatlarning yetarli darajada ta‟minlanmaganligi, qattiq maishiy chiqindilar bilan bog„liq 
ishlarni amalga oshirish sohasidagi infratuzilmaning qoniqarsiz holatda ekanligi, mavjud qattiq maishiy 
chiqindi poligonlarining sanitariya talablari va ekologik me‟yorlarga muvofiq kelmasligi mazkur sohada 
kompleksli chora-tadbirlarni qabul qilishni talab etmoqda. 
2017-2018 yillarda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog„liq ishlarni amalga oshirish tizimining 
infratuzilmasini takomillashtirish bo„yicha keng ko„lamli ishlar olib borildi, 13 ta sanitariya jihatidan tozalash 
davlat unitar korxonalari hamda ularning tuman va shaharlardagi 172 ta filiali, shuningdek, 9 ta maishiy 
chiqindilar bilan bog„liq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlari tashkil etildi. Ko„rilgan chora-tadbirlar 
aholining deyarli yarmini sanitariya jihatidan tozalash xizmatlari bilan qamrab olinishiga imkon berdi. 
2019-2028 yillarda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog„liq ishlarni amalga oshirish strategiyasining 
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 


• maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqib ketish bo„yicha xizmatlar bilan to„liq qamrab olinishini 
ta‟minlashga yo„naltirilgan sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasini rivojlantirish; 
• 
• 
qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashning samarali va zamonaviy tizimini yaratish; 
poligonlarga ko„mish uchun yo„naltiriladigan qattiq maishiy chiqindilar hajmini kamaytirish, 
sanitariya va ekologik me‟yorlar talablariga muvofiq keladigan zamonaviy qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 
yaratish, shuningdek, mavjud poligonlarni yopish va rekultivatsiya qilish bo„yicha chora-tadbirlarni ko„rish; 
• 
sanitariya jihatidan tozalash sohasida narxlar shakllanishini takomillashtirish va tariflarni 
optimallashtirish; 
• 
qattiq maishiy chiqindilar bilan bog„liq ishlarni amalga oshirish ob‟ektlaridan muqobil energiya 
manbalari sifatida foydalanish. 
Quyidagilar Strategiyaning asosiy prinsiplari etib belgilandi: 
• 
Strategiyani amalga oshirishning barcha bosqichlarida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi 
qonun hujjatlari talablariga rioya etish; 
• 
qattiq maishiy chiqindilarning atrof-muhitga salbiy ta‟sirini kamaytirish maqsadida ular bilan 
amalga oshiriladigan barcha jarayonlar ustidan nazoratni ta‟minlovchi qattiq maishiy chiqindilar bilan bog„liq 
ishlarni amalga oshirish; 
• 
chiqindilar bilan bog„liq ishlarni amalga oshirish bo„yicha xarajatlar chiqindilarni hosil qiluvchilar 
tomonidan qoplanishini ko„zda tutuvchi, tegishli huquqiy va iqtisodiy asoslarni yaratish zaruriyatini 
belgilovchi"ifloslantiruvchi to„laydi" prinsipini joriy etish; 
• 
tanlov asosida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog„liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmatlar 
ko„rsatish bo„yicha faoliyatni amalga oshirish jarayonining ochiqligi va 
shaffofligi. 
Strategiya amalga oshirish bosqichlari: 
• 
birinchi bosqich (2019-2021 yillar) — qattiq maishiy chiqindilar bilan bog„liq ishlarni amalga 
oshirish sohasidagi qonunchilik bazasini va iqtisodiy tartibotlar mexanizmlarini takomillashtirish, qattiq 
maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqib ketish bo„yicha xizmatlar ko„rsatishning samarali tashkil 
etilishini 
ta‟minlash maqsadida sanitariya jihatidan tozalashning moddiy-texnik bazasini va infratuzilmasini 


rivojlantirish, to„lov intizomini mustahkamlash, qattiq maishiy chiqindilar bilan bog„liq ishlarni amalga 
oshirish 
sohasida ekologik ta‟lim tizimini rivojlantirish uchun metodik va axborot ta‟minotini yaratish; 
• 
ikkinchi bosqich (2022-2028 yillar) — qattiq maishiy chiqindilarni saralab yig„ish bo„yicha 
infratuzilmani rivojlantirish, poligonlarni optimallashtirish, qayta yuklash stansiyalari va chiqindilarni qayta 
ishlash ob‟ektlarini qurish, chiqindilar bilan bog„liq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlari faoliyatini 
takomillashtirish, ularning qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo„yicha salohiyatini rivojlantirish. 
Strategiyaning maqsadli indikatorlari: 
• 
aholini qattiq maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqib ketish bo„yicha xizmatlar bilan qamrab 
olishni 100 foizga yetkazish; 
• 
• 
hosil bo„ladigan qattiq maishiy chiqindilarning kamida 60 foizini qayta ishlashni 
ta‟minlash; 
o„ziga xos qattiq maishiy chiqindilarni (tarkibida simob bo„lgan chiqindilar, avtoshinalar, 
akkumulyatorlar, ishlatilib bo„lingan moylar, qadoqlash chiqindilari va h.k.) qayta ishlash hajmini 25 foizgacha 
oshirish; 
• 
poligonlarga ko„mish uchun yo„naltiriladigan qattiq maishiy chiqindilar hajmini 60 foizgacha 
kamaytirish; 
• 
barcha poligonlar holatini o„rnatilgan talablarga muvofiqlashtirish, yopilgan poligon yerlarini to„liq 
rekultivatsiya qilish; 
• 
qattiq maishiy chiqindilar bilan bog„liq ishlarni amalga oshirish ob‟ektlarida muqobil energiya 
manbalaridan 35 foizgacha foydalanish; 
• 
poligonlar holati monitoringini (yer osti (sizot) suvlari va atmosfera havosining holati ustidan 
nazorat) 100 foizgacha ta‟minlash. 
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo„mitasiga aholining ekologik madaniyatini oshirish 
bo„yicha ishlarni, shuningdek, atrof- muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va 
chiqindilar bilan bog„liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga alohida e‟tibor 
qaratgan holda, keng ko„lamli targ„ibot faoliyatini tashkillashtirishni kuchaytirish vazifalari topshirildi. 
O„zbekistonda chiqindini qayta ishlash siyosati qanday olib borilmoqda? Noyabrda kutilayotgan 


yangiliklar 
Yer yuzida har kuni 11 250 000 tonna chiqindi hosil bo„ladi. Bu 3 kilometr balandlikdagi chiqindi «tog„i» 
degani. Biz xarid qilayotgan mahsulotlarning 99 foizi iste'mol muddatiga 6 oy to„lmay, chiqindi qutisidan joy 
olmoqda. Dunyo aholisi har yili 1,5-2 foizga, ishlab chiqarilayotgan chiqindi miqdori esa 6 foizga ortib 
bormoqda. Bu yaqin kunlarda Yer kurrasi katta chiqindixonaga aylanishi mumkin, degan gap. Albatta, chiqindi 
paydo bo„lishini butunlay to„xtatib bo„lmaydi. Ammo hosil bo„layotgan chiqindi ko„rsatkichini kamaytirish, 
ularni qayta ishlash, tabiiy resurslar sarfini kamaytirish, chiqindilarni to„g„ri yo„qotishning muqobil 
yo„llarini 
ishlab chiqish imkoni har doim mavjud. 
Aholisi salomatligi, tabiat muhofazasi haqida qayg„uradigan har bir mamlakat chiqindini qayta ishlash 
bo„yicha strategik davlat siyosatini ishlab chiqqan. Chiqindini utilizatsiya (qayta ishlash) qilish uchun, 
avvalambor, uni saralash (plastik alohida, karton va qog„oz alohida, organik moddalar alohida) kerak. Bu 
tizimning qanday ishlashini dunyoning eng ekologik toza davlati Shveytsariya va eng rivojlangan mamlakat 
hisoblangan Singapur misolida ko„rib chiqamiz. 
Shveytsariyada yangi uy-joyga ko„chib o„tgan xonadon egasiga chiqindi bilan qanday munosabatda 
bo„lish, nimani qachon va qayoqqa tashlash kerakligi batafsil bayon etilgan qo„llanma pochta orqali 
jo„natiladi. Har bir xonadonda chiqindi turiga qarab, uni saralash uchun maxsus konteyner mavjud. Bunday 
konteynerlar rangiga qarab tasniflanadi. Qayta ishlanadigan chiqindi alohida ajratiladi, qayta ishlanmaydiganini 
esa donasi 2 frank (16 400 so„m) turadigan xaltalarga solib, maxsus belgilangan joyga olib borib tashlash 
talab etiladi. 
Chiqindi tashlash punktiga borish uchun ham alohida ruxsatnoma olish kerak (bunday ruxsatnomani esa 
mahalliy ma'muriyat chiqindi uchun soliqni to„lagan fuqarolargagina beradi). Jamoat chiqindixonalarida 
hamma narsa batartib joylashtirilgan. Eski kiyim va poyabzallarni qo„yish uchun ustiga «katta rahmat» yozuvi 
tushirilgan idish ajratilgan (ular uysizlar va muhtojlarga tarqatiladi). Shveytsariyada chiqindining 80 foizi to„la 
qayta ishlanadi. Ruxsat etilmagan hududga chiqindi uloqtirgan shaxs katta miqdordagi jarimaga tortiladi. 
Aholiga ekomadaniyat, chiqindilarni to„g„ri ajratish haqida ma'lumot maktab chog„idanoq beriladi. 
O„quvchilar «Penoplassni qayoqqa tashlash kerak?» «Plastik qay tarzda utilizatsiya qilinadi?» kabi mavzularda 
insholar yozishadi. 


Singapurda ham chiqindilarni ajratish tizimi 2014 yilda to„la yo„lga qo„yilgan. Unga ko„ra, barcha ko„p 
qavatli uylarda ikkita chiqindi quvuri mavjud. Har bir xonadonning oshxonasida bu quvurga darcha ochiladi. 
Quvurning bittasiga qayta ishlanadigan mahsulotlar (shisha, plastik, qog„oz va karton), ikkinchisiga qayta 
ishlashga yaroqsizlari tashlanadi. Mustahkam himoyalangan quvurlar ortiqcha noxush hidlarning paydo 
bo„lishiga va hasharotlar to„planishiga yo„l qo„ymaydi. 
Quvurlar yerosti yo„li orqali markaziy va yagona chiqindixonaga boradi. Bu usulning amaliyotga tatbiq 
etilishi chiqindini tashish uchun sarflanadigan yo„l xarajatlarining sezilarli qisqarishiga sabab bo„lgan. 
Utilizatsiyaga yaroqli chiqindilar qayta ishlanadi, yaroqsizlari esa yoqiladi, undan qolgan kuyindi Singapurdan 
8 km uzoqlikdagi Semakau sun'iy oroliga olib borib tashlanadi. Bu orol bir qarashda hecham chiqindi 
poligoniga o„xshamaydi. Suvni ifloslantirmaslik uchun orol maxsus to„rdevor bilan o„ralganiga qaramay, bu 
yerdagi suv va havoning tozaligi muntazam ravishda monitoring qilinadi. Orolning atrofida mahalliy aholi 
bemalol cho„milishi va baliq ovlashi mumkin. 
Albatta, chiqindilar uyumiga qarshi kurashish va toza shaharni barpo qilishda ekomadaniyat targ„iboti 
yuqori bo„lishi lozim. O„zbekistonda chiqindini qayta ishlash sohasida biror amaliy ishlar boshlanganmi? 
O„zbekiston atrof-muhit va ekologiyani muhofaza qilish davlat qo„mitasi raisining birinchi o„rinbosari Oybek 
Ahadjonovning aytishicha, mamlakatda 10 yilga mo„ljallangan «Maishiy chiqindilarni kompleks boshqarish» 
strategiyasi ishlab chiqilmoqda. 
«Noyabr oyida uning so„nggi tahrir ishlari yakunlanadi. Shaxsan o„zim Germaniya, Janubiy Koreya va 
Xitoy kabi rivojlangan davlatlarning chiqindini qayta ishlash borasidagi tajribasini o„rganib keldim, ularning 
ijobiy yutuqlari bizning strategiyaga ham kiritilgan. Chiqindini utilizatsiya qilish uchun avvalambor uning 
morfologiyasini o„rganish kerak. Shunga ko„ra, maqbul texnologiya tanlanadi. 
Maishiy chiqindi masalasi uch bosqichda hal qilinadi. Dastlab chiqindi hosil bo„lishini kamaytirish. 
Bunga ko„ra, 40 mikrongacha bo„lgan polietilen paketlarni ishlab chiqarish va import qilish taqiqlandi. Chunki 
ular utilizatsiya uchun yaroqsiz. Shuningdek, keyingi yili depozit tizimini yo„lga qo„yish rejalashtirilgan, ya'ni 
mahsulot ishlab chiqaruvchisi o„z mahsulotining chiqindisini qabul qilib oladi va utilizatsiyasini ta'minlaydi. 
Ikkinchi bosqich chiqindilarni hosil bo„lgan joyida saralash bo„lib, qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va 


zaharli moddalarni alohida ajratishni 2020 — 2021 yilgacha to„la yo„lga qo„yish ko„zda tutilgan. So„nggi 
bosqich qayta ishlash. Bunda hozirda respublika bo„yicha mavjud 221ta chiqindi poligonlarini kamaytirish 
hamda bevosita poligonlarning o„zida chiqindini qayta ishlash keyingi 3 yilda ta'minlanadi», deydi u. Qo„mita 
raisi o„rinbosarining so„zlariga ko„ra, har yili maishiy chiqindi masalasi uchun davlat byudjyetidan 200 mlrd 
so„m ajratilmoqda. Tizimni rivojlantirish uchun davlat-xususiy sherikchiligi asosida tadbirkorlar bilan 
hamkorlik qilish masalasi ham dolzarb ahamiyatga ega. 
«Hozirgi kunda bir necha chiqindi yig„ish maydonchalarida qog„oz va plastik uchun alohida konteynerlar 
o„rnatilgan. Bu tizim sinov tariqasida yo„lga qo„yilgan bo„lib, ijobiy natija ko„rsata boshlagach, butun 
respublika bo„ylab ishga tushadi. Bu maydonchalarda doimiy ravishda nazorat olib boruvchi xodimlarning 
bo„lishi ham aholining bu ishga mas'uliyat bilan yondashishini ta'minlaydi», deydi «Maxsustrans» davlat-unitar 
korxonasi 
raisi 
birinchi 
o„rinbosari 
Sherzod 
Kattaxo„jayev. 
Respublika bo„yicha 184ta chiqindini qayta ishlash korxonasi mavjud bo„lib, ularda qog„oz va 
plastikning barcha turlari, qurilish materiallari to„la utilizatsiya qilinishi nazarda tutilgan. Kattaxo„jayevga 
ko„ra, noyabr oyining boshlarida chiqindi presslash stansiyalarining birida sinov tariqasida chiqindini ajratish 
uskunasi ham 
ishga tushadi. Bunday uskuna o„zini oqlasa, utilizatsiya uchun xom ashyo masalasi hal bo„lardi. 
Ma'lumot uchun: 
shisha mahsulotlari — 1 mln yil; 
rezina — 80 yil; 
konserva — 100 yil; 
charm — 50 yil; 
neylon — 40 yil; 
polietilen — 20 yilda chiriydi. 
Yuqoridagilarni inobatga oladigan bo„lsak, chiqindini ajratish va uni qayta ishlash masalasini imkon qadar 
tezroq va samaraliroq hal etish zarurati namoyon bo„ladi. Aks holda, «global chiqindixona»ning kengayishiga 
hissa qo„shib, uning sharoitida yashashimizga to„g„ri keladi. 
Prezident: «Chiqindilarni qayta ishlashda chet davlatlar tajribasini o„rganish kerak» 


O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 2-fevral kuni ekologik holatni 
yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tahlil etish, eng dolzarb vazifalarni belgilab 
olishga bag„ishlangan yig„ilish bo„lib o„tdi.Yig„ilishda shu kabi kamchilik va muammolar tanqidiy tahlil 
qilinib, tizim oldidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar 
berdi.Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo„mitasiga tegishli vazirliklar bilan birgalikda 
shaharlarda chiqindi yig„ish shoxobchalarini tartibga solish, qishloq aholi punktlarida sanitar-tozalash 
xizmatlarini rivojlantirish bo„yicha 5 yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qo„yildi.Ushbu dasturda ko„p qavatli 
uylarda yashovchi aholi sonidan kelib chiqib, chiqindi yig„ish maydonchalarini namunaviy loyihalar asosida 
optimal tashkil etish, chiqindi tashish maxsus texnikalari xaridini ko„paytirib, qishloq aholisini sanitar-tozalash 
xizmatlari bilan bosqichma-bosqich qamrab olish, davlat- xususiy sheriklik prinsipi asosida «Toza hudud» 
unitar korxonalari buyurtmasiga ko„ra sohada tadbirkorlar ishtirokini kengaytirish chora- tadbirlari nazarda 
tutiladi.Maishiy chiqindilarni qayta ishlash haqida so„z borar ekan, Prezidentimiz xorijiy davlatlar tajribasini 
o„rganish va keng joriy etish zarurligini ta‟kidladi.— Germaniya, Belgiya, Yaponiya, Gollandiya, Shvetsiya 
kabi mamlakatlarda 60-65 foiz maishiy chiqindi qayta ishlanadi, 20-25 foizidan energiya olinadi, qolgan qismi 
yoqiladi. Ya‟ni chiqindini poligonlarda ko„mishga ham ehtiyoj yo„q, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Buning 
natijasida yer resurslari tejaladi, iqtisodiy samaraga erishiladi va atrof-muhitga salbiy ta‟sir kamayadi.Shundan 
kelib chiqib, joriy yilda mamlakatimizning 9 ta shahrida chiqindini yig„ish va qayta ishlash klasterlarini ishga 
tushirish bo„yicha topshiriq berildi. Bu borada Surxondaryoda tashkil etilgan klaster faoliyati namuna qilib 
ko„rsatildi.Shuningdek, Farg„ona vodiysi, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida amalga oshiriladigan 
chiqindini qayta ishlash loyihalari bo„yicha investorlar bilan bitimlar imzolash, loyiha hujjatlarini tayyorlash va 
moliyalashtirish yuzasidan «yo„l xaritasi»ni ishlab chiqish vazifasi qo„yildi.Chiqindilarni to„plash va tashish 
ishlarini doimiy nazorat qilish, aholining bu boradagi madaniyati va mas‟uliyatini oshirish masalalariga ham 
alohida e‟tibor qaratildi.— Bu boradagi ishlar zamirida odamlarning sog„lig„i, turmush farovonligi yotibdi. 
Shu bois, bu masala bilan har bir tumanda va doimiy shug„ullanish kerak, — dedi davlat 
rahbari.Muhokama 
qilingan masalalar bo„yicha mutasaddilarga tegishli ko„rsatmalar berildi. Ma‟lumot uchun, 2017-2021-yillarda 
maishiy chiqindilar bilan bog„liq ishlarni tubdan yaxshilash yuzasidan kompleks dastur qabul qilinib


moliyalashtirish manbalari aniq belgilab berildi. 
Tizimda 13 ta «Toza hudud» davlat unitar korxonasi va ularning 174 ta tuman (shahar) filiali tashkil 
etildi. Ushbu unitar korxonalar balansiga 1 ming 300 ta maxsus texnika, 1 mingta chiqindi to„plash 
maydonchasi, 5 ming 800 ta konteyner va 172 ta poligon o„tkazildi. 
O„tgan yili qo„shimcha 305 ta chiqindi to„plash maydonchasi qurilib, 2 mingdan ziyod konteyner bilan 
jihozlandi. Respublika bo„yicha jami 295 ta poligon to„liq xatlovdan o„tkazilib, ularning kadastri tuzildi, 97 ta 
chiqindi poligoni tartibga keltirildi. Qo„mita qoshida maishiy chiqindilar bilan bog„liq masalalarni nazorat 
qilish inspeksiyasi tashkil etildi. 
Biroq, bu sohada hali o„z yechimini kutayotgan masalalar va qilinadigan ishlar juda ko„p. Masalan, 
yurtimizda 53 foiz aholiga sanitar-tozalash xizmati ko„rsatiladi, xolos. Shundan atigi 15 foizi xususiy sektor 
hissasiga to„g„ri keladi. Deyarli barcha qishloqlarda maishiy chiqindilarni yig„ish, saqlash va tashish umuman 
yo„lga qo„yilmagan.Prezident qarori: 
Chiqindilarni 
to„plash va olib chiqish uchun 
to„lovlar 
takomillashtiriladi. YurtimizdaA A APrezident qarori: Chiqindilarni to„plash va olib chiqish uchun to„lovlar 
takomillashtiriladi. O„zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Qattiq maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqish uchun to„lovlarni to„lash tizimini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi qarori qabul 
qilindi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Mamlakatda chiqindilar bilan bog„liq ishlarni amalga 
oshirish tizimini isloh qilish doirasida hududlarni sanitar tozalash bo„yicha ko„rsatiladigan xizmatlar sifatini 
oshirish, maishiy chiqindilarni to„plash va hududlardan olib chiqishning samarali mexanizmlarini joriy etish 
yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda. Aholiga sanitar tozalash xizmatlarini ko„rsatish ko„lami ortmoqda, shu 
jumladan, hududlarda 174 ta tuman (shahar) filiallaridan iborat 13 ta “Toza hudud” davlat unitar korxonalari 
tashkil etildi, ushbu sohaga elektron tanlovlar asosida hududlarni biriktirishning shaffof mexanizmlari orqali 
tadbirkorlik sub‟ektlari faol jalb qilinmoqda.Chiqindilar bilan bog„liq infratuzilma takomillashtirilmoqda, 
tasdiqlangan dasturlar doirasida yangi chiqindi to„plash shoxobchalari qurilmoqda va konteynerlar bilan 
jihozlanmoqda, chiqindilarni to„plash va olib chiqish ishlari bilan shug„ullanuvchi tashkilotlarning transport 
saroylari yangilanmoqda. Shu bilan birga hududlarda maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqish ishlarida 


ayrim muammolarning mavjudligi chiqindilar bilan bog„liq samarali tizimni shakllantirishga hamda sohani 
yanada rivojlantirishga to„sqinlik qilmoqda, jumladan: birinchidan, to„lov intizomi darajasining pastligi qattiq 
maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqish xizmatlarini ko„rsatuvchi tashkilotlarning (keyingi o„rinlarda - 
xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlar) moliyaviy ko„rsatkichlariga salbiy ta‟sir ko„rsatib, asosiy fondlarni yangilash 
va xizmatlar sifatini oshirishga investisiya kiritish imkoniyatlarini cheklamoqda, shuningdek, ushbu sohaga 
tadbirkorlik sub‟ektlarini jalb qilishga to„siq bo„lmoqda; ikkinchidan, iste‟molchilarning va ular tomonidan 
to„langan to„lovlarning yagona hisobi amalda yuritilmayapti, bu esa ushbu sohada naqd pul mablag„lari 
bankdan tashqari aylanishiga va ularni o„zlashtirish holatlariga zamin yaratmoqda; 
uchinchidan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hududlarni sanitar tozalash va ulardagi ekologik 
holatni yaxshilash bo„yicha o„zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli moliyaviy va tashkiliy 
imkoniyatlarga ega emas;to„rtinchidan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xizmat ko„rsatuvchi 
tashkilotlar o„rtasida o„zaro hamkorlikning, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik bitimlari doirasida 
hamkorlikning aniq ma‟muriy va bozor mexanizmlari ishlab chiqilmagan.Maishiy chiqindilar bilan bog„liq 
tizimni yanada rivojlantirish, qattiq maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqish sohasida to„lov intizomini 
mustahkamlash, aholining sifatli sanitar tozalash xizmatlari bilan ta‟minlanganlik darajasini oshirish maqsadida 
1. 
O„zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o„rinlarda - 
Byuro) zimmasiga 2019 yil 1 yanvardan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqish xizmatlari 
uchun aholi tomonidan majburiy to„lovlar to„liq va o„z vaqtida to„lanishini 
vazifa yuklatilsin. 
ta‟minlash bo„yicha qo„shimcha 
2. 
2019 yil 1 yanvardan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga ko„ra: a) qattiq maishiy 
aholi tomonidan to„lov amalga 
chiqindilarni to„plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to„lovlar 
oshirilgan o„tgan oydan keyingi oyning o„ninchi sanasidan kechikmay yagona tranzit bank hisobvaraqlariga 
to„lanadi va keyinchalik Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklarining maxsus g„azna hisobvaraqlariga o„tkaziladi;b) xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlar tomonidan 
qattiq maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqish bo„yicha aholiga ko„rsatilgan xizmatlar uchun to„lov 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va xizmat 


ko„rsatuvchi tashkilotlar o„rtasida tuziladigan davlat-xususiy sheriklik bitimlari va shartnomalarga muvofiq 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 
markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi;v) qattiq maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqish xizmatlari 
uchun yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to„lov iste‟molchilar va xizmat 
ko„rsatuvchi tashkilotlar o„rtasida tuziladigan shartnomalarga muvofiq bevosita xizmat ko„rsatuvchi 
tashkilotlarga 100 foiz oldindan to„lash asosida amalga oshiriladi;g) qattiq maishiy chiqindilarni to„plash va 
olib chiqish xizmatlari 
uchun majburiy to„lovlar to„lash bo„yicha jismoniy shaxslardan qarzdorlikni undirish to„g„risidagi arizalar 
O„zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo„mitasining (keyingi 
o„rinlarda 
- Davlat ekologiya qo„mitasi) hududiy organlari tomonidan to„lov olti oydan ortiq to„lanmagan taqdirda 
sudlarga kiritiladi;d) Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklarining maxsus g„azna hisobvaraqlarida jamlangan mablag„lar faqatgina Qoraqalpog„iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlar 
o„rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlar tomonidan qattiq maishiy 
chiqindilarni to„plash va olib chiqish bo„yicha aholiga ko„rsatilgan xizmatlar haqini markazlashgan tartibda 
to„lashga, shuningdek, ushbu Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga sarflanadi. 
3. Davlat ekologiya qo„mitasi hududiy organlari huzurida yuridik shaxs tashkil qilmagan holda sanitar 
tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlari (keyingi o„rinlarda - sanitar tozalash markazlari) 1-ilovaga 
muvofiq namunaviy tuzilma asosida tashkil etilsin. 
Bunda, har bir tuman (shahar)ga sanitar tozalash markazining bir nafardan mutaxassisi biriktirilib, ular 
tegishli tuman (shahar)da faoliyat yuritishi hamda tuman (shahar) hokimliklari va fuqarolarning o„zini o„zi 
boshqarish organlari bilan o„zaro hamkorlik qilish 
ishlashga mas‟ul ekanligi belgilansin.Quyidagilar 
belgilansin:maishiy chiqindilarni to„plash va olib 
ishlariga, shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan 
sanitar tozalash markazlarining asosiy vazifalari etib 
chiqish xizmatlari ko„rsatilishini tashkil etish uchun 
hududlarni tadbirkorlik sub‟ektlariga biriktirish maqsadida elektron tanlovlarni uyushtirishda buyurtmachining 
ishchi organi vazifasini amalga oshirish;qattiq maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqish xizmatlari uchun 
majburiy to„lovlarni to„lovchi jismoniy shaxslarning (shu jumladan, ular bilan birga yashaydigan 
shaxslarning) 


haqqoniy hisobi tuman (shahar) hokimliklari va fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari bilan 
hamkorlikda yuritilishini, shuningdek, ushbu axborot qattiq maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqish 
xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to„lovlarni to„lash va hisobini yuritishning yagona elektron 
tizimiga o„z vaqtida kiritilishini tashkil etish;davlat-xususiy sheriklik to„g„risidagi bitimlar hamda aholiga 
qattiq maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqish xizmatlarini ko„rsatish haqidagi shartnomalar bo„yicha 
majburiyatlarning xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga
oshirish;qattiq maishiy 
chiqindilarni to„plash va olib chiqish xizmatlari uchun tariflarni belgilangan tartibda shakllantirishni tashkil 
etish;Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari maxsus 
g„azna hisobvaraqlarida jamlangan mablag„lar hisobidan markazlashgan to„lovlarni amalga oshirish orqali 
aholiga ko„rsatilgan qattiq maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqish xizmatlari uchun xizmat ko„rsatuvchi 
tashkilotlar bilan o„zaro hisob-kitoblarni ta‟minlash;jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko„rib chiqish, 
fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda hududlarni sanitar tozalash va chiqindilar 
bilan bog„liq masalalar yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish Byuro, tuman (shahar) hokimliklari, xizmat 
ko„rsatuvchi tashkilotlar hamda fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari bilan o„zaro hamkorlikni amalga 
oshirish.4. Belgilansinki, Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklari maxsus g„azna hisobvaraqlarida jamlangan mablag„larning:5 foizidan ko„p bo„lmagan miqdori 
har yili tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi doirasida sanitar tozalash markazlari faoliyatini moliyalashtirishga 
yo„naltiriladi;5 foizi Davlat ekologiya qo„mitasi tomonidan tasdiqlanadigan smeta bo„yicha Sanitar 
tozalash 
bo„yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi faoliyatini moliyalashtirishga, shuningdek, 
chiqindilar bilan bog„liq infratuzilmani rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirishga yo„naltiriladi. 5. Davlat 
ekologiya qo„mitasi 2019 yil 1 yanvarga qadar Byuroga tegishli vazifalar o„tkazilishini inobatga olib, “Toza 
hudud” va “Maxsustrans” davlat unitar korxonalaridagi yakka tartibdagi va ko„p kvartirali uy-joylar 
uchastkalari nazoratchilari shtatlar sonining qisqartirilishini ta‟minlasin;O„zbekiston Respublikasi Axborot 
texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda qattiq maishiy chiqindilarni 
to„plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to„lovlarni to„lash va hisobini yuritishning 
yagona elektron tizimi ishlashini, shuningdek, tizimga sanitar tozalash markazlari va Byuroning ulanishini 


ta‟minlasin; Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va 
xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlar bilan birgalikda qattiq maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqish 
xizmatlari uchun majburiy to„lovlarni to„lovchi jismoniy shaxslarni xatlovdan o„tkazsin, ularga shaxsiy 
hisobvaraqlar ochilishini, shuningdek, mavjud qarzdorlik to„g„risida axborot qattiq maishiy chiqindilarni 
to„plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to„lovlarni to„lash va hisobini 
yuritishning yagona elektron tizimiga kiritilishini ta‟minlasin. 
6. Belgilansinki, qattiq maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqish xizmatlarini ko„rsatish sohasida 
a) Byuro qattiq maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholidan majburiy 
to„lovlar to„liq va o„z vaqtida tushishini ta‟minlash, ushbu sohadagi qarzdorlikni kamaytirish uchun 
javobgardir; 
b) xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlar Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqib ketish 
xizmatlari ko„rsatish qoidalariga qat‟iy muvofiq holda qattiq maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqish 
xizmatlarini ko„rsatish, shuningdek, Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklari bilan tuziladigan davlat-xususiy sheriklik to„g„risidagi bitimlar va shartnomalardagi 
majburiyatlarga rioya etish uchun javobgardir v) Davlat ekologiya qo„mitasi: qattiq maishiy chiqindilarni 
to„plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to„lovlarni to„lash va hisobini yuritishning 
yagona elektron tizimini shakllantirish, mazkur tizimning boshqarilishini va uzluksiz faoliyat yuritishini 
ta‟minlash; chiqindilar bilan bog„liq sohadagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini 
belgilangan tartibda amalga oshirish uchun javobgardir; g) Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o„zlarining maxsus g„azna hisobvaraqlarida jamlangan 
mablag„larning ushbu Farmonning 2-bandi “d” kichik bandida va 4-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga o„z 
vaqtida yo„naltirilishini tashkil etish uchun javobgardir. 


Xulosa
O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda aholi qattiq 
maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy 
to„lovlarni to„lashi uchun tushumlarning haqqoniy hisobini va 
monitoringini yuritish imkonini beradigan yagona tranzit bank 
hisobvaraqlari ochilishini ta‟minlasinfuqarolarning o„zini o„zi boshqarish 
organlari va aholi yagona tranzit bank hisobvaraqlari hamda qattiq maishiy 
chiqindilarni to„plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy 
to„lovlarni aholi tomonidan to„lash tartibi haqida xabardor qilinishini 
ta‟minlasin8. Davlat ekologiya qo„mitasi va Bosh prokuratura boshqa 
vazirlik va 
idoralar bilan birgalikda 2018 yil 20 dekabrga qadar Qattiq va suyuq 
maishiy chiqindilarni to„plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko„rsatish 
qoidalarining yangi tahrirdagi loyihasini belgilangan tartibda O„zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda: 
Adabiyotlar
1. 
Karimov I. O„zbekiston XXI asr bo„sag„asida: xavfsizlikka 
tahdid, 
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., 1997. 
2. 
3. 
4. 
Nig„matov A.N.. Ekologiya. T., 2006. 
T ursunov X.T., Rahimov T.O'. Ekologiya. O „ quv qo „ llanma. T., 
Sharipov Sh.M. Geoekologik vaziyat tushunchasi haqida // 
O„zbekiston geografiya jamiyati YII syezdi materiallari. T. - 2006. 
5. 
Qodirov E. (va b.) Atrof muhitni muhofazalashning geoekologik 
asoslari. T., 1999. 

Yüklə 108,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin