Coca-Cola kompaniyasi. Mundarija. Tarixi Tarkibi Coca-Cola O zbe
Coca-Cola kompaniyasi. Mundarija. 1.Tarixi 2.Tarkibi 3.Coca-Cola Oʻzbekistonda 4. Coca-Colaning Oʻzbekistondagi inqirozi
Coca-Cola yoki Coke — The Coca-Cola Company kompaniyasi tomonidan chiqariladigan alkogolsiz gazli ichimlik. „Coca-Cola“ 2005-2011-yillar oraligʻida Interbrend xalqoro tekshirish agentligi reytingi boʻyicha dunyodagi eng qimmat brend boʻlgan. Bugungi kunda bu ichimlik dunyodagi 200 dan ortiq mamlakatlarda sotiladi. 1970-1990-yillarda Coca-Cola ichimligi tarkibida kokoin moddasi koʻpligi tufayli faqat dorixonalarda sotilgan va keyinchalik kokoin tarkibi kamaytirilgandan keyin ozizq ovqat doʻkonlar peshtaxtalarudan joy olgan.
"Coca-Cola" shishasi, 1915-yilda ixtiro qilingan
Ichimlik 1889-yil 8-mayda (Jorjiya shtati, AQSh) Atlantada oʻylab topilgan. Uning avtori farmatsevt John Stith Pemberton (afsonalarga qaraganda ichimlikni receptini bir fermer ixtiro qilgan va Jon Stitga 250$ga sotadi, bu haqida John Pemberton oʻzining intervyularining birida aytgan emish). Ichimlikni nomini Pembertonning hisobchisi Frenk Robinson kalligrafiya bilan chiroyli qilib „Coca-Cola“ soʻzini yozadi. Bu soʻz hozirgi kungacha ichimlikning logotipi boʻlib qoʻllanilib kelyabti. „Coca-Cola“ning tarkibida koka oʻsimlik (kokain) bor.
Tarkibi
Shuni hisobga olish kerakki, har bir variantda ichimlik tarkibi har xil. Quyida ichimlikning oddiy varianti koʻrsatilgan Ichimlikning tarkibida[3]:
Coca-Cola Oʻzbekistonda
Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD kompaniyasi Oʻzbekistonda faoliyatini 1993-yilda boshlagan boʻlib, korxonaning rasmiy ochilishi marosimi 1994-yil mart oyida boʻlib oʻtgan. 1997-yilda Namangan va Urganch shaharlarida kompaniya zavodlari qurilgan. 1998-yili Toshkentning Bektemir tumanida qurilgan megazavod oʻz vaqtida Coca-Cola ishlab chiqarish boʻyicha Oʻrta Osiyodagi eng yirik zavod boʻlgan.[4] Hozirgi kunda Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD kompaniyasi Coca-Cola ichimligidan tashqari, Fanta, Sprite ichimliklari va Bonaqua brendi ostidagi gazli va gazsiz suvlarini isteʼmolchilarga yetkazib kelmoqda.