Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
37 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
haqida bilimlar tizimini shakllantirish uchun joriy etiladigan metodik tizimning 
samaradorligining asosi sifatida xizmat qiladi. 
OTMlardagi “Umumiy va noorganik kimyo” fani o‘tgan asr o‘rtalaridagi 
dalillarni taqdim etish ko‘rinishidan, mazmun-mohiyati yuksak darajada 
abstraktlashtirilgan nazariy fanga aylandi. Bu esa talabalarning bilimlarida 
formalizm namoyon bo‘lishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. 
O‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, masalalar to‘plamlari, 
laboratoriya ishlari bo‘yicha qo‘llanmalar, uslubiy materiallar tuzish va ishlab 
chiqish uchun elementlar kimyosi mazmunsini tanlashada asos sifatida aksar 
mualliflar kimyoviy moddalar va kimyoviy jarayonlarning ta’rifiga qaratilgan 
invariantli yondashuvlarni oladilar, ba’zilari hatto invariantli majmualarni ham 
noaniq shaklda ajratib ko‘rsatadilar. Biroq “invariantlik”ni turli mualliflar turlicha 
tushunishlari tufayli, invariantli majmualarning mufassal tarkibiy tuzilmasi 
ko‘rsatilmagan. 
Zamonoviy darsliklarda elementlarning noorganik kimyosi, bir jihatdan 
qaralganda, juda umumlashtirilgan ko‘rinishda, boshqa tomondan esa, muayyan 
noorganik modda va u bilan bog‘liq jarayonlarning xususiyatlarini tavsiflashda 
faqat ilmiy hamda texnologik ahamiyatga ega bo‘lgan moddalar va reaksiyalarga 
e’tibor qaratilgan. Ko‘p o‘rinlarda invariantli majmualarni qoldirib ketish, 
invariantlilik tamoyillaridan chekinish hollari kuzatiladi. YA’ni moddalar va 
reaksiyalarning ilmiy hamda texnologik ahamiyatga ega bo‘lgan xossalariga urg‘u 
beriladi, boshqacha aytganda, moddalar va ularning invariantli xossalari orasidan 
pragmatik muhim jihatlari “ajratib olinadi”. Elementlar va ular hosil qiluvchi 
moddalar ta’riflarining “ajratib olinishi”, modda tuzilishi darajalarining ajratib 
ko‘rsatilmasligi, kimyoviy va fizikaviy xossalarning tizimsiz ravishda, moddaning 
miqdoriy xossalarini keltirmasdan va reaksiyaviy tenglamalaridan foydalanmasdan 
yuzaki bayon etilishi, shuningdek, darsliklarning matematik hisoblar bilan 
to‘yinganligi, grafik tayanmalarning yetishmasligi kabi holatlar talabalarda 
noorganik moddalar va ularning xossalarini tizimli ravishda tavsiflab berishdan 
iborat umumlashgan malakalarni shakllantirishga imkon bermaydi. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin