Erkinova Elnora, Karimova Ezoza SamDU Kattaqo'rg'on filiali talabalari, Xayitova Mohichera Ilmiy rahbar: SamDU Kattaqo'rg'on filiali o'qituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolana nafas olish organlar ituzilishi, mohiyati,
undagi kasalliklar va ularni davolash yo'llari, o'pkalar va to'qimalarda gaz
almashinuvi, nafas berish jarayonlari haqida.
Аннотация. В статье речь идет о строении органов дыхания, их
сущности, заболеваниях и их лечении, газообмене в легких и тканях,
процессах дыхания.
Annotatsiya. This article is about the structure of the respiratory organs, their
essence, their diseases about treatment methods, gas exchange in lungs and tissues,
breathing processes.
Kalit so'zlar: O'pka, burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak, hiqildoq usti tog'ayi,
plevra pardasi, bronxlar, diafragma, alveolalar, qon tomirlari, o'pka bronxlari.
Nafas olish odamning tashqi muhitdan kislorod olib, karbonat angidrid
chiqarishdan iborat. Kislorod ta'sirida hujayralardagi organik moddalar suv va
korbonat angidridgacha parchalanib ko'p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Suv va
karbonat angidrid ayirish va nafas olish oranlari orqali chiqarib yuboriladi,
energiya va organlarning ishlashi, hujayraning ko'payishi va o'sishi uchun sarf
bo'ladi. Nafas olish sistemasi havo o'tkazuvchi yo'llar (burun bo'shlig'i hiqildoq,
halqum, kekirdak ,bronxlar) va gaz almashinuvi organi-o'pkadan iborat.
O'pkadagi havoning muntazam almashinib turishi nafas olish va chiqarish
tufayli amalga oshadi. Nafas olish va nafas chiqarishning almashinib turishi
uzunchoq miyada joylashgan nafas olish markazi tomonidan boshqarib turiladi.
Nafas olish markazida ritmik paydo bo'lib turadigan nerv impulslari nervlar orqali
qovurg'alar oralig'i va diafragma muskullariga uzatiladi. Nerv impulslari ta'sirida
bu muskullar qisqarib, nafas olish yoki nafas chiqarish sodir bo'ladi. Nafas olishda
tashqi qovurg'alar aro va ko'krak diafragmasi muskullari qisqarib, qovurg'alar
ko'tarilishi tufayli ko'krak qafasi kenggayib, undagi bosim havo bosimiga nisbatan
pasayib ketadi. Ko'krak qafasi bilan birga o'pka ham kenggayib alveolarlardagi
bosim pasayishi bilan havosi o'pkaga so'rilib olinadi. So'ngra tashqi qovurg'alar aro
va diafragma muskullari bo'shashib, ichki qovurg'alar aro muskullari qisqaradi.
Qovurg'alar pastga tortilib, diafragma pardasi qorin bo'shlig'iga osilib tushadi.
Ko'krak qafasining hajmi kuchayib undagi bosim atmosfera bosimidan yuqori