“Oq va qora” o’yini O’yinning maqsadi: bolalarda ijobiy va salbiy qahramonlarni farqlash qobiliyati va topqirlik, kuzatuvchanlik va zukkolik rivojlantiriladi.
O’yinga kerakli jihozlar: oq va qora doirachalar
O’yin qoidalari: tarbiyachi ijobiy va salbiy qahramonlarni aralash aytishi lozim. Xato qilgan bolalar o’yindan chetlatiladi.
O’yinning borishi:Bolalarning har biriga oq va qora doirachalar beriladi. Tarbiyachi ertak, hikoya, multfilmlarning qahramonlarini aytadi. Agar qahramon salbiy bo’lsa, qora, ijobiy bo’lsa, oq doirachani ko’tarishi kerak. Xato qilganlar o’yindan chiqariladi. Bu o’yin orqali bolalar eshitgan va ko’rganlarini eslash hamda qahramonlarni ijobiy va salbiy xususiyatlariga ko’ra farqlashga o’rganadi.
“Majoziy obrazni top” o’yini O’yinning maqsadi: bolalarda hayvonlarning xususiytlarini farqlash qobiliyati va topqirlik, kuzatuvchanlik va zukkolik rivojlantiriladi.
O’yin qoidalari: Xato qilgan bolalar o’yindan chetlatiladi.
O’yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga ma’lum sifatlarni aytadi. Bolalar bu sifatlar “ega”sini topishi lozim. Masalan:
-mehnatkash (chumoli);
-ayyor (tulki);
-aqlli (maymun);
-yolg’onchi(tulki);
-maqtanchoq (to’ti);
NAZORAT SAVOLLARI
Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda interfaol metodlar va o’yinli ta’lim muhitidan foydalanish deganda nimani tushunasiz?
Xalq og’zaki ijodini yaxshi bilish, ularni bolalarga yetkazishda jonlilik, his-hayajonlilik va mimikadan foydalanish nima?
Hikoya yoki ertakni hikoya qilish, qayta hikoya qilish va sahnalashtirish usullarini ayting.
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg’ulotlari guruhlar kesimida haftasiga necha marta o’tkaziladi?
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg’ulotlarida qaysi didaktik o’yinlardan foydalansa bo’ladi?
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish orqali bolalarda qanday his-tuyg’ular shakllantiriladi?
Qo‘g‘irchoqlar turlari….
Ertak aytish bolaning rivojlanishiga qanday ta’sir ko’tsatadi?