Colorful and Fun Science Presentation States of Matter Chemistry



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix04.12.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#172437
Organik kimyo 1



SANOAT FARMATSIYA FAKULTETI
BIOTEXNOLOGIYA YÕNALISHI
TAYYORLADI:201 B GURUH TALABASI
QAHRAMONOVA MOHICHEHRA 


MAVZU:SUYUQ VA QATTIQ ORGANIK
MODDALARNING TOZALASH USULLARI 
EKSTRAKSIYA, XROMATOGRAFIYA.


Organik moddalarni ishlatish va ulaming xossalarini
o’rganishda ularni toza (individual) holatda ajratib olish zarur
bo’ladi.
Tabiatda uchraydigan, hamda laboratoriyalarda va sanoatda
olinadigan organik moddalar odatda aralashma holatida
bo‘ladi. Moddalarning tozaligini belgilovchi muayyan fizik-
kimyoviy ko‘rsatkichlar, masalan, suyuqlanish temperaturasi,
kristallanish temperaturasi, nur sindirish ko‘rsatkichi, zichligi,
yutilish spektrlari haqida ma’lumotlar, xromatografik tahlil va
boshqalar mavjud bo‘lib, ular moddalarning tozalik darajasiga
qarab o‘zgarishi mumkin, toza moddalar uchun esa doimiy
bo‘ladi.


HAYDASH USULI
USHBU USUL YORDAMIDA MODDALARNI TOZALASH AMALDA ENG KENG
TARQALGAN USULLARDAN BIRI HISOBLANADI. KO‘PLAB OSON
SUYUQLANADIGAN MODDALAR VA SUYUQLIKLAR FRAKSIYAGA BO‘LIB
HAYDASH, YA’NI DISTILLYATSIYA YO‘LI BILAN TOZALANADI. BUNDA
ARALASHMADAGI MODDALARNING QAYNASH TEMPERATURALARI
ORASIDAGI FARQ KATTAROQ BO‘LISHI VA AZEOTROP ARALASHMALAR
HOSIL BO‘LMASLIGI KERAK.


Fraksiyaga bo‘lib haydash metodining samaradorligini oshirish
uchun maxsus qurilmalardan, masalan, deflegmatorlar va
distillash kolonnalaridan foydalanish mumkin. Qaynash
temperaturalari yuqori bo‘lgan yoki qaynash temperaturasida
parchalanadigan moddalarni tozalash uchun vakuumli haydash
usuli, shuningdek, sovitilganda qatlamlarga ajraladigan
sistemalarni haydash uchun suv bug‘i bilan haydash usuli
qo‘llaniladi.


XROMATOGRAFIYA USULI
Organik moddalarni toza holda ajratib olishda keng
qo‘llaniladigan uslublardan bin xromatografiya usulidir.
Xromatografik ajratish metodlari ilmiy-tadqiqot ishlarida va
boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Ushbu metodlar
moddalarning sorbent sirtida adsorbillanish qobiliyatiga yoki
ikkita aralashmaydigan fazalar o‘rtasida taqsimlanishiga
asoslangan. Bunda fazalardan biri (suyuq faza) sorbent
sirtida bo‘ladi.


SUYUQLIK ADSORBSION XROMATOGRAFIYA MODDALARNING
SORBENT SIRTIDA TURLICHA SORBILLANISH VA ERITUVCHI-
ELYUYENT O’TKAZILGAN DESORBILANISH QOBILIYATIGA
ASOSLANGAN. SORBENT SIFATIDA ALUMINIY OKSIDI, SILIKAGEL,
POLISAXARIDLAR (MASALAN, DEKSTRANLAR) YOKI ERITUVCHIDA
BO‘KIB GEL HOSIL QILUVCHI POLIMERLAR QO‘LLANILADI.
Ajratish ikki xil yo‘l bilan amalga oshiriladi: 1)
xromatografik kolonkalarda; 2) sorbentning
yupqa qatlamida.


SUYUQLIK TAQSIMLANISH XROMATOGRAFIYASI ADSORBSION
XROMATOGRAFIYANING BIR TURI BO‘LIB, SORBENT
QANDAYDIR SUYUQLIKNING YUPQA QATLAMI BILAN
QOPLANADI. ELYUYENT SORBENTDAGI SUYUQLIK BILAN
ARALASHMAYDIGAN ERITUVCHI HISOBLANADI. ELYUYENT
O’TKAZILGANDA MODDALAR SUYUQ FAZA VA ELYUYENT
O’RTASIDA TAQSIMLANADI. XROMATOGRAFIYA USULINING
RIVOJLANISHI OQIBATIDA 1903-YILGA KELIB RUS OLIMI
M.S.SVET TOMONIDAN ALOHIDA IXTISOSLIK SIFATIDA TA’RIF
BERILDI.


Ekstraksiya organik moddani
eritmadan yoki qattiq modda
aralashmalaridan ajratib olish
usullaridan biri.
Ekstraksiya olinayotgan modda
va aralashmalarning har xil
erituvchilarda turlicha erishiga
asoslangan


YASHIL BARG BO'YOG'INI ADSORBSION USTUN
XROMATOGRAFIYASI BILAN AJRATISH

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin