CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference
11
Qoyali sel kuluarlari va Kuluarlar. Kuluar (fransuzcha couloir — oʻtish, yoʻlak) —
togʻ yonbagʻridagi (odatda qoyalar va qoyali yoriqlar orasida) suv oqimi
chizigʻidan pastga yoʻnalgan chuqurlik. Ular tog‘ jinslarining jadal parchalanishi
jarayonida yuz bergan va potensial sel maydoni uchun to‘yinish maydoni rolini
o‘ynayotgan ulkan qoyali tog‘lar va massivlar orasida joylashadi. Alohida
kuluarlar uzunligi kam hollarda 1000-1500 m dan ortadi. Kengligi 15-20 m,
o‘rtacha qalinligi bir necha metr, qiyaliklari odatda 35-45
0
oralig‘ida o‘zgarib
turadi. Bunday o‘choqlardan oqiziqlar chiqish hajmi, odatda, o‘nlab, kam
hollarda yuzlab ming m
3
larda o‘lchanadi. Biroq qoya tubi sel o‘choqlari ma’lum
maydonda harakatlanib, ayni vaqtda kuchli sel oqimlarini hosil qilishi ham
mumkin.
Qoya tubi sel o‘choqlari orasida ba’zan juda yirik gigantlari ham uchraydi.
Odatda, bu tor va chuqur daralar, hamda glyatsial suv toshqiniga ega katta
potensial sel maydoni kanonlardir. Qoyali o‘choq harakatlari ko‘proq uni hosil
qilgan tog‘ jinslarininig petrografik tarkibi bilan belgilanadi. Ushbu tarkib ta’siri
ikki asosiy yo‘nalishlarga, aniqrog‘i, yumshoq-chaqiq qatlamlarning kelib
qo‘shilish tezligiga va mazkur materiallarning fizik-mexanik xususiyatlariga
bog‘liq. Ushbu ikki jihatda loy qorishmalarining qanchalik faolligi ma’lumdir.
Umuman olganda sel hodisalarida turli xil tog‘ jinslari egallagan maydonlarning
ishtirok etishi to‘g‘risida ko‘plab misollar keltirish mumkin. Ular granitli,
duaritli, ohaktoshli, marmarli, turli slaneslar, qum, vulqon tuflari egallagan
maydonlar bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, sel oqimini alohida loyli yoki loy-toshli deb tasniflash hollari
juda kam uchraydi. Oqimlarning “bosh” qismi yoki alohida to‘lqinlari ko‘pincha
loy-toshli bo‘lsa, ayni damda asosiy qismlari loydan iborat bo‘ladi. Shuningdek,
loyli yoki loy-toshli oqimdan avval suv-cho‘kindi oqimi o‘z izlarini qoldirib
o‘tishini har doim e’tiborga olmoq darkor va oqimning umumiy turini, hamda
xususiyatlarini aniqlaganda bu izlardan birdaniga yakunlovchi xulosa chiqarish
to‘g‘ri emas.
Potensial sel maydonini suv bilan ta’minlash usullari haqida so‘z borganda,
quyidagi 3 ta asosiy turni farqlash joiz: jala, glyatsial va ko‘l toshqinlari. Oxirgi
holatda muzlikdan to‘yinuvchi ko‘llar to‘g‘onlarining buzilishi oqibatida kelib
chiqadigan sel toshqinlari nazarda tutilmoqda.
Glyatsial sellar, muzlikdan to‘yinuvchi ko‘llar va muzlik ichida to‘plangan
suvlarning ularni ushlab turgan to‘g‘onlarni yorib chiqishi natijasida,
shuningdek, potensial sel maydonilarning morenalarda erigan filtratsion suvlar
bilan namlanganligi sababli hosil bo‘ladi. Bunday erigan muzlik suvlarining