CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference
12
to‘g‘onni yorib chiquvchi toshqinlari, ma’lum ob’ekt uchun kam uchraydigan
holat, biroq, umuman olganda baland tog‘larda bunday hodisalarning kuzatilishi
qonuniy va ko‘p uchraydi. Yirik daryolar va qiyaligi kichik bo‘lgan joylarda
bunday toshqinlar juda ham xatarli emas. Yemirilgan tog‘ jinslari bo‘laklari bilan
to‘lgan nisbatan kichik va tik tushadigan tog‘ daralari va kuluarilarda to‘g‘onni
yorib chiquvchi toshqinlar kuchli loy-toshli sel oqimlarini hosil qiladi. Erigan
muz suvlarining toshqinlari muzliklarning odatdagi va vaqti-vaqti bilan ro‘y
beradigan siljishlari hamda ulardagi erigan suvlar drenajining buzilishi bilan
ham bog‘likdir.
Sel havzasi doirasida quyidagi elementlar ajralib turadi:
1) sel o‘choqlari;
2) sel o‘choqlarining suv to‘plash maydoni, ularning tarkibida shu yerga xos,
vaqti-vaqti bilan suv toshqinini hosil qilish rejimiga ega elementlar bo‘lishi
mumkin (muzliklardan to‘yinuvchi, morenalardan iborat to‘g‘onli suv xavzalari);
3) sel hosil bo‘ladigan maydonlar;
4) neytral suv to‘plash maydoni.
Ta’kidlash joizki, sel oqimining atigi bir turi bilan tavsiflanadigan sel havzalari
ham uchrashi mumkin. Biroq ko‘p hollarda bir o‘zanda barcha sel oqimlari
turlarining birgalikda yoki navbatma-navbat o‘tishi sodir bo‘ladi. Selning orqa
kismida tuproq (yer osti) suvlarining paydo bo‘lishini tabiiy holat sifatida qabul
qilish lozim. Aynan suv oqimlari endigina to‘xtab qolgan loyli va loy-toshli
uyumlarni yuvib, seldan keyingi o‘zan o‘yiqlarini vujudga keltiradi.
Sel toshqinlarining geografik tarqalishi Sel jarayonlari tog‘li mamlakatlarda
keng tarqalgan. O‘rta Osiyoning tog‘li sharqiy qismi hamda Qozog‘istonning
janubiy va janubi-sharqiy qismlari sel jarayonlari faol rivojlanadigan yirik
hududlar sanaladi. Bu yerlarda katta maydonlarni egallovchi yuzlab sel havzalari
mavjud. Ularda hosil bo‘ladigan sel oqimlari doimo tabiat boyliklari, xalq xo‘jaligi
ob’ektlari va turli xil inshootlarga zarar yetkazadi.
Umuman O‘rta Osiyo xususan, O‘zbekistondagi sel jarayonlari ko‘lamlari haqida
quyidagi ma’lumotlar ham guvohlik beradi. Birgina Farg‘ona vodiysiga uni o‘rab
turgan tog‘ yonbag‘rlaridan 300 ga yaqin sel o‘zanlari oqib tushadi. Bu yerlarda
turli tarkibdagi sel toshqinlarining taqsimlanishida va takrorlanishida ularning
balandlik mintaqalariga xos qonuniyatlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Xususan,
tog‘larning yuqori zonalarida loyli va loy-toshli sel oqimlari vujudga keladi,
Farg‘ona vodiysini (adirlar chizig‘i) bevosita o‘rab olgan past tog‘ etaklarida esa
o‘ziga xos suv-oqiziqli sel oqimlari (adir sellari) shakllanadi. Ular uzoq vaqt