CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
15
yilda 1 marta); 6) sel toshqinlari tez-tez kuzatiladigan hududlar (yilda 1 marta
va undan ko‘p).
“Sel toshqinlari” kartasida bu hodisaning yil davomida oylar bo‘yicha
taqsimlanish diagrammasi keltirilgan. Shu bilan birga kartada 1878-2005 yillar
davomida Chirchiq-Ohangaron havzasida qayd etilgan
sel toshqinlari alohida
diagrammada qayd etilgan. Mazkur diagrammalar “Sellar yilnomasi”
ma’lumotlarini tahlil etish va umumlashtirish asosida tuzilgan.
Bu borada yurtimizda chiqarilayorgan qaror va farmonlar oz emas, misol uchun
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-son qarori, daryolar
o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish
tartibi to‘g‘risidagi nizomida
sel toshqinlarini oldini olish, barqaror va xavfsiz
o‘tkazilishi chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha izlanishlar va tadqiqotlarni
majmuaviy olib borish ligi aytilgan.
12.04.1994 yildagi 201-son hujjat 22.02.2021 sanasi holatiga amaldagi versiyaga
ko‘ra, toshqin, sel oqimlarini oqizib yuborish va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq
bo‘lgan halokatli oqibatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublilozimkasi
Vazirlar Mahkamasining
qarori qabul qilingan bo ‘lib, sel, toshqin oqimlarini talofatsiz oqizib yuborish,
ko‘chki hodisalarining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish
maqsadlari bayon etilgan.
Sel toshqinlarining yil davomida oylar bo‘yicha
taqsimlanish diagrammasidan
ko‘rinib turibdiki, mamlakatimiz hududida sel toshqinlarining asosiy qismi
aprel-iyun oylariga to‘g‘ri keladi. Birgina mana shu xulosaning o‘zi
mamlakat
miqyosida sel toshqinlarining oldini olish, aholi punktlari, suv inshootlari va xalq
xo‘jaligining boshqa ob‘ektlari muhofazasini ta‘minlash,
hamda sel toshqinlari
keltirishi mumkin bo‘lgan zararni iloji boricha kamaytirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni belgilashda katta amaliy ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: