O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‗RTA MAXSUS
TA‘LIM
VAZIRLIGI
O‗ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI
A.I.USMONOV, F.D.BAHROMOV
KOMPYUTER
TEXNOLOGIYALARI
ASOSLARI
Toshkent –2010
2
Mas’ul muharrir
: texnika fanlari doktori
U.Yu.YULDASHEV
Taqrizchilar:
A.Xoljigitov
, fizika-matematika fanlari dokori, professor
M.Botirov
, texnika fanlari nomzodi
Usmonov A., Bahromov F.
Kompyuter texnologiyalari asoslari.
O‗quv qo‗llanma. –T:
―Fan va texnologiya markazi‖, 2010. – 128 b.
Mazkur o‗quv qo‗llanmada zamonaviy kompyuter
texnologiyalari
o‗z aksini topgan bo‗lib, unda kompyuter
texnologiyalarining texnik
va dasturiy ta‘minoti haqida umumiy tushunchalar, Windows
operatsion tizimi, matnli hujjatlarga ishlov berish texnologiyasi hamda
elektron jadvallardan foydalanish jihatlari bayon etilgan.
O‗quv qo‗llanma oliy o‗quv yurtlarining gumanitar yo‗nalishidagi
aspirantlariga, talabalarga, kasb-hunar kolleji va akademik litsey
o‗quvchilariga hamda axborot texnologiyasi asoslari bilan qiziquvchi
keng kitobxonlar ommasiga mo‗ljallangan.
©
A.L.
Usmonov, F.D.Bahromov, 2010
© O‗zbekiston Davlat Jahon tillari
universiteti, 2010
3
K I R I S H
Ma‘lumki, insoniyat axborotlashtirish sohasida haqiqiy inqi-
lobiy o‗zgarishlar davrini boshidan kechirmoqda.
Buning nati-
jasida esa umumjahon axborotlashgan hamjamiyati shakllan-
moqda. Shu sababli ham axborot-kommunikatsiya sohasini jadal
suratlar bilan rivojlantirish O‗zbekiston iqtisodiyotida amalga
oshirilayotgan tarkibiy o‗zgarishlar hamda iqtisodiy islohotlar-
ning bosh yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda olib borilayotgan iqtisodiy, tashkiliy va
boshqa o‗zgarishlarni amalga oshirish natijalari mamlakatimizda
axborotlashtirish sohasidagi muammolarning
hal etilishiga ham
bog‗liqdir. Axborotlashtirish sohasidagi asosiy yo‗nalishlar
O‗zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari, mamlakatimiz
Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda ham o‗z aksini topgan.
Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil
30-maydagi ―Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‗g‗ri-
sida‖gi Farmoni axborotlashtirishning milliy tizimini shakllan-
tirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamo-
naviy axborot texnologiyalarini,
kompyuter texnikasi va tele-
kommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish ham-
da ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayot-
gan talab-ehtiyojlarini yanada to‗liqroq qondirish, jahon axborot
hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahra-
mand bo‗lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yara-
tishga qaratilgan bo‗lib, Farmonda kompyuterlashtirish va axbo-
rot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda ular-
ning zamonaviy tizimlarini joriy
etish birinchi galdagi eng
muhim vazifalar sifatida e‘tirof etilgan.
Shuningdek, Farmonda, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari,
akademik litseylar va oliy o‗quv yurtlarining ta‘lim jarayoniga
4
zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga
hamda ularni faol qo‗llanishiga asoslangan ilg‗or ta‘lim
tizimlarini kiritish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
sohasida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga
alohida ahamiyat berilishi belgilab berilgan.
Davlat strategiyasi darajasida qo‗yilgan vazifalardan kelib
chiqqan
holda
mazkur
qo‗llanmaning asosiy maqsadi
o‗quvchilarga kompter texnologiyalarining texnik va dasturiy
ta‘minoti haqida umumiy tushunchalar berish bilan birga,
Windows
operatsion tizimi, matnli hujjatlarga ishlov berish
texnologiyasi hamda elektron jadvallardan foydalanish jihatlarini
yoritishdir.
Mazkur qo‗llanma oliy o‗quv yurtlarining gumanitar
yo‗nalishidagi aspirantlari, talabalari, kasb-hunar kolleji va
akademik litsey o‗quvchilari
hamda axborot texnologiyasi
asoslari
bilan
qiziquvchi
keng
kitobxonlar
ommasiga
mo‗ljallangan.
Qo‗llanma ayrim kamchiliklardan xoli bo‗lmasligi mumkin.
Kitobxonlarning bu boradagi barcha fikr-mulohazalari va
takliflari mualliflar tomonidan minnatdorchilik bilan qabul
qilinadi.