Savol va topshiriqlar
1. Atrof-muhitni ifloslanish sabablari.
2. Tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanishning ahamiyatini qanday
tushunasiz?
3. Atrof-muhitning ekologik omillari bilan bog‘liq nimalarni o‘rgandingiz?
4. Ekotizimda elementlarning aylanishini tushuntirib bering.
5. Asosiy biogen elementlarni sanab bering.
III-BOB. GIDROSFERA EKOKIMYOSI
III.1. Gidrosfera va uning tuzilishi, kimyoviy moddalar tarkibi
Gidrosfera – geografik qobiqning eng ko‘p tarqalgan komponenti bo‘lib, u
okean suvlaridan, quruqlikdagi daryo, ko‘l va yer osti suvlaridan, atmosferadagi
suv bug‘laridan, qoplama va tog‘ muzliklaridan, qorlardan hamda ko‘p yillik
muzloq yerlardan tashkil topgan. Yer yuzasidagi okean va dengizlarning umumiy
maydoni quruqlik yuzasiga qaraganda 2,5 barobar ko‘pdir. Okean suvlari Yer
sharining salkam 3/4 qismini egallagan bo‘lib, qalinligi 4000 metrga tengdir. Rus
olimi M.I.Lvovichning hisobiga ko‘ra, gidrosferaning 93,96 foizi (1370323000
km
3
) okean suviga to‘g‘ri keladi. Ammo inson o‘z faoliyati davomida bu suvlardan
kam foydalanadi. Okean suvlari Yer tabiatining qimmatbaho suyuqlik moddasi
bo‘lib, ular boshqa sayyoralarda uchramaydi. Okeanlarni sayyoramiz hayotidagi
rolini va katta ahamiyatga ega ekanligini so‘z bilan ta‘riflab berib bo‘lmaydi.
Yer tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarning aksariyati okean bilan bog‘liq,
Okean Quyosh energiyasini o‘zida to‘plovchi akkumulyator hisoblanadi. U o‘zida
to‘plagan issiqlikni atmosferaning quyi qatlami – troposferaga beradi, uni nam
bilan to‘yintiradi. Bu namning bir qismi materiklarda va orollarga yog‘in-sochin
bo‘lib tushadi. Okeanlar materiklarning iqlimiga, tuproqlariga, hayvonot olamiga
va inson xo‘jalik faoliyatiga ta‘sir etadi. Okeanlar o‘zining ko‘plab mahsulotlar,
xilma-xil foydali qazilmalari, energiya manbai va shifobaxsh xususiyatlari bilan
47
jamiyatga xizmat qiladi. Ular materiklarni bir-biri bilan bog‘lovchi suv yo‘li
vazifasini ham bajaradi. Okean suvlari o‘z-o‘zidan tozalanish xususiyatiga ega.
Bunga sabab okeanlarda bakteriyalarning keng tarqalganidir.
Okean suvlarining kelib chiqishini mantiya bilan bog‘laydilar. Ya‘ni,
materik Yer po‘sti singari suv ham mantiyadan asta-sekin ajarlib chiqib to‘plana
boshlangan va hozirgi okeanlarni hosil qilgan. Magmalardan suvning ajralib
chiqishi hozir ham davom etmoqda. Gidrosferaning 4,42 foizini quruqlikdagi
daryo, ko‘l va yer osti suvlari, 1,65 foizini qutb va tog‘lardagi muzliklar tashkil
etadi. Yer yuzidagi quruqlik (maydoni 149 mln. km
2
) dan har yili 41500 km
3
suv
oqib chiqib okeanga tushadi. Bu suv miqdori Baykal ko‘li suvidan 1,5 barobar
ko‘p demakdir.
Quruqlikdagi yillik suv oqimining 56 foizi Atlantika okeaniga va Arktika
suv havzalariga, 44 foizi Tinch va Hind okeanlari suv havzalariga, 2,5 foizi esa
berk suv havzalariga to‘g‘ri keladi.
Suvlar dunyo okeanidan tashqari daryolarda, ko‘llarda, buloqlarda,
botqoqliklarda va hatto bulutlarda ham mavjud. Bular okean suvlarining aylanma
harakatidagi zarrachalari hisoblanadi.
Daryo va ko‘l suvlari gidrosferaning 0,4% ini tashkil etadi. Daryo
suvlarining hajmi 1200 km
3
ga teng. Quruqliklardagi daryolar Dunyo okeaniga har
yili 36 ming km
3
suv olib kelib qo‘yadi. Eng yirik va eng sersuv daryolar
Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarida keng tarqalgan.
Bular – Dunay, Ob, Yenisey, Lena, Amur, Yanszi, Mekong, Gang, Kongo, Nil,
Missisipi, Missuri, Yukon, Amazonka, Parana kabi daryolardir.
Quruqlik daryolarining geografik tarqalishi, ularning suvini ko‘p yoki kam
bo‘lishi iqlimga bog‘liq. Masalan, ekvatorial mintaqadagi daryolar, musson iqlimli
van am subtropik o‘lkalardagi daryolar sersuv bo‘ladi, yilning aksariyat qismida
to‘lib oqadi. Cho‘l va chalacho‘l iqlimli rayonlardagi daryolarda suv faqat
bahordagina ko‘payadi.
|