84
chamasida) uglerod zahiralarini to‘plagan va zahiralar naft, ko‘mir konlari, torf va
boshqa yonuvchi qazilmalar shaklida saqlanib qolgan. V.I.Vernadskiyning
ko‘rsatishicha tirik organizmlar biosferada kimyoviy elementlarning ko‘chib
yurishining asosiy omillaridir.
Shunday qilib, biosfera Yerda hayot vujudga kelgandan keyin va uning bir
necha milliard yillar davomidagi rivojlanishi hamda evolyutsiyasi natijasida hosil
bo‘lgan juda murakkab va bir-biri bilan uzviy bog‘liq strukturadan tashkil topgan
sistemasi bo‘lib, yer sharining noyob qobig‘idir.
Bu sistemaning har bir struktura elementi biror sabab bilan o‘z funksiyasini
bajara olmay qolsa, u vaqtda butun sistema biosferaning normal hayotiy
jarayonlari buzilib, biogeokimyoviy muhit buzilishi, organizmlar kasallanishi va
hatto ba‘zi bir biologik turlarning mutlaqo yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi.
Shuni alohida uqtirish kerakki, hozirgi fan va texnikaning eng taraqqiy etgan
davrida inson ta‘siri birinchi navbatda biosferaning mahsuldorligiga, uning
energiya balansiga qaratilgan. Biosfera biomahsuldorligining kamayishi asosan
quyidagilarga bog‘liq:
Muhandislik, ya‘ni qurilish, gidromelioratsiya ishlari amalga
oshirilishi;
Tashqi oqava va sizot suvlari, shuningdek tuproqlarning turli mineral
o‘g‘itlar, kimyoviy moddalar, har xil moddalar bilan ifloslanishi;
Zavod, fabrika va boshqa sanoat korxonalari chiqindilari bilan muhit
sharoitlarining ifloslanishi. Bu omillar biosferaning mahsuldorligiga
va energiya balansiga katta ta‘sir ko‘rsatadi;
Dostları ilə paylaş: