jami band aholining 4
milliondan ko„pi
ushbu sohada mehnat qilayotganligi alohida e‘tiborga
molikdir
29
. Kechagina e‘tibordan chetda bo‗lgan sohada shu qisqa davr mobaynida
bunday ko‗rsatkichlarga erishilganligi mamlakatimizda usshbu sohani
rivojlantirish uchun juda katta tashkiliy tadbirlarning amalga oshirilayotganligi
hamda uning davlat tomonidan tartibga solinganligidan dalolat beradi.
So‘ngi yillarda respublikada xizmatlar sohasiga juda ko‗p kuch va investitsiya
safarbar qilinmoqda. Bugungi kunda bank, sug‗urta, lizing, konsalting va boshqa
turdagi moliyaviy xizmatlar barqaror sur‘atlar bilan rivojlanmoqda, ularning
barchasi asosan xususiy sektor va kichik biznes rivojiga xizmat qilmoqda.
Xizmat ko‗rsatish sohasida 153 mingdan ortiq kichik biznes subyekti faoliyat
yuritmoqda va 2019-yil 1-yanvar holatiga bu xizmat ko‗rsatish sohasi korxonalari
umumiy sonining 72,2 foizi demakdir. Qishloq joylarda xizmat ko‗rsatish va servis
sohasini yanada jadal rivojlantirish dasturi doirasida so‗nggi uch yilda 20 ming 260
dan ortiq loyiha amalga oshirildi, ko‗rsatilayotgan xizmatlar hajmi 1,8 barobar,
qishloqda bir kishiga to‗g‗ri keladigan xizmatlar hajmi 1,6 barobar oshdi. Xizmat
29
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma‘lumotlari.
72
ko‗rsatish sohasida erishilgan muhim yutuqlardan biri – unda qo‗shimcha ish
o‗rinlarini tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratilganligidir.
Alohida ta‘kidlash joizki, xizmatlar sohasining davlat tomonidan tartibga
solinishi va ushbu sohaga katta e‘tibor qaratilayotgani bois, mazkur soha qator
yillardan buyon yuqori o‗sish tendensiyasiga ega bo‗lmoqda. Bu borada
mamlakatimizda ko‗rilayotgan chora-tabirlar, ularga berilgan imkoniyat va
imtiyozlar kelajakda ushbu sohaning yanada jadal rivojlanishini ta‘minlashi bilan
birga, xizmatlar sifatining oshishiga, uning xalqaro andozalar darajasidagi
holatining shakllanishiga olib kelishi muqarrar.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi va yaqin kelajakdagi
ustuvor vazifalaridan biri – xususiy tadbirkorlikka asoslangan xizmat ko‗rsatish
sohasini rivojlantirishdan iboratdir. Chunki mazkur sohaga alohida e‘tiborning
mavjudligi sababli so‗nggi yillar davomida bir qancha Davlat dasturlari ishlab
chiqilib, ularning bajarilishi to‗liq nazorat qilindi. Natijada keyingi yillarda xizmat
ko‗rsatish sohasining o‗sish sur‘ati jadallik bilan davom ettirildi.
Yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan Vazirlar mahkamasi qarori hamda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlarida xizmat ko‗rsatish sohasini rivojlantirish
dasturi maqsadli parametrlarining belgilangan muddatlarda sifatli hamda to‗liq
hajmda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik tegishli davlat va xo‗jalik
boshqaruvi idoralarining, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga
yuklatilganligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, mazkur qaror va boshqa tegishli me‘yoriy hujjatlar asosida
xizmat ko‗rsatish sohasini shaharlar, tumanlar va xizmat turlari bo‗yicha
rivojlantirishning hududiy dasturlari hamda xizmat ko‗rsatish sohasini
rivojlantirishning hududiy dasturlarini amalga oshirish bo‗yicha chora-tadbirlar
yo‘l xaritalari ishlab chiqilgan bo‗lib, ular bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda.
Mazkur dasturlarda xizmat ko‗rsatish sohasini rivojlantirish bilan bandlik
muammosini hal qilish ―ayniqsa, xotin-qizlar, qishloq yoshlarini ish bilan
ta‘minlash, oilalarning daromadini sezilarli darajada ko‗paytirish, butun
73
mamlakatimiz aholisining turmush farovonligini oshirish imkoniyatlari yaratiladi.
Bu birinchidan, aholini ish bilan ta‘minlash orqali oilalarning aniq daromadlarini
ko‗paytirishga xizmat qilsa, ikkinchidan, mamlakatimiz bozorining xizmatlarga
bo‗lgan talabni qondirish orqali aholining yashash darajasi va sifatining oshishiga
sabab bo‗ladi.
Amaliyotdan ma‘lumki, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishida
xizmat ko‗rsatish sohasi eng muhim manba va omil hisoblanadi. Jahon tajribasi
bugun aynan ushbu soha
yalpi ichki mahsulotni shakllantirish, aholi bandligini
ta‘minlash, odamlarning farovonligini oshirishda yetakchi o‗rin tutishini
ko‗rsatmoqda. Ma‘lumot uchun mamlakatimizda 2018 yilda pullik xizmatlar hajmi
8,4 foizga o‗sdi.
30
Har yili yaratilayotgan yangi ish o‗rinlarining, avvalambor, kasb-hunar
kollejlari bitiruvchilari uchun tashkil etilayotgan ish o‗rinlarining uchdan bir
qismidan ko‗prog‗i aynan mazkur soha hissasiga to‗g‗ri kelmoqda. Bunga misol
tariqasida sartaroshxona va tikuvchilik xizmatlari, kompyuter xizmatlari va boshqa
ko‘plab shu kabi xizmatlarni tashkil etish uchun yosh bitiruvchilarga davlat
tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilayotganini misol qilishimiz mumkin. Bu
borada xizmatlar tarkibi ham tubdan o‗zgarib borayotganini ta‘kidlash joiz.
Xizmat ko‗rsatish sohasini rivojlantirishning hududiy dasturlari va ularni
amalga oshirish bo‗yicha ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlarda xizmat
ko‗rsatish sohasi tarkibini yanada takomillashtirish, aholi talabgor bo‗lgan
zamonaviy xizmat turlari bilan bozorni jadal rivojlantirish va to‗ldirishga, shahar
va qishloq aholi punktlari hududlarining qurilishini rejalashtirishda tasdiqlangan
me‘yorlardan kelib chiqqan holda mintaqalar aholisiga turli ijtimoiy va
kommunalmaishiy xizmat ko‗rsatish sifatini oshirish va ulardan foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirishga, birinchi navbatda qishloq aholi punktlarida xizmat
ko‗rsatish korxonalarini rivojlantirish, xizmat ko‗rsatish sohasiga oilaviy
tadbirkorlik subyektlari hamda ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari va oliy ta‘lim
30
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma‘lumotlari
74
muassasalari bitiruvchilari ichidan yoshlarni keng jalb etishga alohida e‘tibor
berilgan.
Shu o‘rinda ma‘lumot sifatida ta‘kidlash joizki, 2019-yil mart-aprel oylarida
O‘zbekiton Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Respublikada
joriy kunda mavjud 52 ta qoloq tumanlarda vaziyat maxsus ishchi guruh
tomonidan o‘rganib chiqilib, hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish
yuzasidan tegishli kompleks chora-tadbirlar yo‘l xaritasi ishlab chiqildi
31
.
Bugungi kunda mamlakatimizda xususiy tadbirkorlikka asoslangan xizmatlar
sohasi davlat tomonidan tartibga solinishi natijasida mamlakatda ushbu sohaning
yalpi ichki mahsulotdagi ulushi agar 2000-yilda 30 foizni, 2005-yilda 38,3-foizni,
2006-yilda 39,5 foizni, 2011-yilda 50,5 foizni, 2015-yilda 54,5 foizni hamda 2018-
yilda 35,6 foizni tashkil qilgan bo‗lsada, kelgusida mamlakatimizni bu
ko‗rsatkichni rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko‗tarib, 60-80 foizgacha
yetkazish hamda iqtisodiyotda band bo‗lgan aholining 70 foizini aynan shu sohada
faoliyat ko‗rsatishiga erishish yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiyy
maqsadidir.
Bugungi kunda respublikamiz aholisining iste‘mol xarajatlari tarkibida
xizmatlarning ulushi bor-yo‗g‗i 20,0 %ni tashkil qilsa ( jumladan: kommunal
xizmatlarga 6,9 %, ta‘lim olish xizmatlariga 2,5 %, sog`liqni saqlash xizmatlariga
1,4 %, aloqa va transport xizmatlariga 5,9 % hamda boshqa xizmatlarga 3,3 % )
32
bu ko‗rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 50-60 foizni tashkil etgani bois, ushbu
sohaga e‘tiborni yanada kuchaytirish talab etilmoqda.
Shu o‗rinda ta‘kidlash kerakki, xususiy tadbirkorlikka asoslangan xizmatlar
sohasini rivojlantirish oilalarni maishiy texnika, kompyuter va shaxsiy
avtotransport turlari bilan ta‘minlash darajasining oshishiga hamda ularga
ko‗rsatilayotgan xizmat turlarini ko‗payishtirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, xususiy tadbirkorlikka asoslangan xizmat ko‗rsatish sohalarini
31
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari
32
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi, 2018-yil
28-dekabr
75
rag‗batlantirilishi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hal qiluvchi
strategik omillaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda xususiy tadbirkorlikka asoslangan xizmat ko‗rsatish sohasiga
ixtisoslashgan korxonalar mamlakat bo‗yicha iqtisodiy faol korxonalarning asosiy
qismini tashkil etadi. Bunda aynan oilaviy tadbirkorlik subyektlari katta
muvaffaqiyat bilan ajralib turadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, bunday vaziyat
O‘zbekiston uchun an‘anaviy hisoblanadi va buni hunarmandchilikka borib
taqaluvchi moddiy xizmatlar yaratuvchi tadbirkorlikning tarixiy shakllarida ham
kuzatish mumkin.
Mamlakatimizda xizmatlar sohasi tadbirkorlik subyektlari jahon standartlari
talablariga muvofiq o‗zining mahaliy xarakteriga egaligi bilan ham ajralib turadi.
Ushbu sohada yaratilayotgan moddiy xizmatlarning asosiy qismi, qo‗l mehnati
yoki mehnat jarayonining yarim avtomatlashtiriluvi yordamida yaratilmoqda.
Keyingi yillarda mehnat bozorida yuqori texnologiyalar bazasiga asoslangan turli
xil axborot xizmatlarining paydo bo‗lishi ham bu boradagi ishlarni
yengillashtirishga sabab bo‗lmoqda.
Xususiy tadbirkorlikka asoslangan xizmat ko‗rsatish sohasining qulayligi va
afzalligi, uni tashkil etishning osonligi va ixchamligi, ishchi kuchi va mehnat
resurslarining oiladan yetishib chiqishi, aniq mijozlar talabi uchun xizmat
ko‗rsatilishi, mavjud mahaliy resurslardan keng foydalanilishi hamda xizmatlarni
sotilishi mahalliy bozorlarda amalga oshirilishida namoyon bo‗ladi.
Amalga oshirayotgan tadqiqotlarimiz natijasida quyidagi bir qancha
xulosalarga ega bo‘ldik – mamlakatimizda ishlab chiqilgan davlat dasturi
talablaridan kelib chiqib xususuiy tadbirkorlikka asoslangan xizmatlar sohasini
rivojlantirishda quyidagi asosiy yo‗nalishlarga e‘tibor qaratish tavsiya etiladi:
- xizmatlar sohasida tadbirkorlik subyektlarining faolligini yanada oshirish
maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratish, xususan, bu boradagi mavjud
byurokratik to‗siqlarini bartaraf etishda davom etish;
- xizmatlar va servis sohasida ish bilan band bo‗lgan aholi sonini muntazam
oshirib borish;
76
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi
beligilab berilgan xizmat ko‘rsatish subyektlarini sonini oshirish;
- xizmatlarning yangi istiqbolli turlarini, xususan, yuridik, konsalting, bank,
moliya, sug‗urta, lizing va boshqa turlarini jadal rivojlantirish;
- mamlakatimiz xizmatlar eksportini ko‗paytirish uchun ushbu soha
korxonalarining xalqaro bozordagi darajasi va sifatini oshirishga erishish;
- xizmatlar ko‗rsatish va servis sohasida ishlaydigan kadrlarni tayyorlash,
qayta tayyorlash va malakasini oshirishni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash;
- zamon talablaridan kelib chiqqan holda qishloq va shaharlarda yuqori
texnologik xizmatlarning ko‗lamini kengaytirish va sifatini oshirish borasida
tegishli choralarni ko‗rish. Shuningdek, xususiy tadbirkorlikka asoslangan
xizmatlar sohasini rivojlantirish va qo‗llab-quvvatlash asosida, mazkur sohani
tartibga solishda davlatning bosh islohotchi sifatida rolini oshirishda quyidagi
imkoniyatlardan foydalanish taklif etiladi:
- xususiy tadbirrkorlikka asoslangan xizmat ko‗rsatish sohasida davlatning
buyurtmachi sifatida namoyon bo‗lishi
Dostları ilə paylaş: |