Proeksiyalar tekisliklarini ketma-ket ikki marta almashtirish. Ayrim geometrik masalalarni echishda proeksiyalar tekisliklarini ketma-ket ikki marta almashtirish zarur bo’ladi.
5.26–rasmda A nuqtaning V/Htizimida berilgan A′ va A″ proeksiyalari orqali uning yangi A′1 va A″1 proeksiyalarini yasash ko’rsatilgan. Buning uchun avval V tekislikni V1tekislik bilan almashtirib, V1/H tizimi hosil qilinadi. Buning uchun chizmada ixtiyoriy vaziyatda O1x1 proeksiyalar o’qi tanlab olinadi, A nuqtaning yangi A″1 proeksiyasini yasash uchun uning A′ proeksiyasidan O1x1 proeksiyalar o’qiga perpendikulyar o’tkazib, uning davomiga A″Ax masofa qo’yiladi. Natijada, A nuqtaning V/H1 tizimidagi yangi A″1 proeksiyasi hosil bo’ladi. A nuqtaning A′1 proeksiyasini yasash uchun V1/Htizimdan V1/H1 tizimga o’tiladi. Buning uchun ixtiyoriy vaziyatda joylashgan O2x2 o’qi olinadi va nuqtaning A″1 proeksiyasidan O2x2 ga perpendikulyar o’tkazib, uning davomiga A′Ax1 masofa qo’yiladi. Shunday qilib O2x2 tizimda A nuqtaning A″1 va A′1 yangi proeksiyalari hosil bo’ladi.
5.27–rasmda B nuqtaning V/H tizimdan V1/H va V1/H1 tizimga o’tish natijasida hosil bo’ladigan yangi B″1 va B′1 proeksiyalarini yasash ko’rsatilgan.
Nuqtaning yangi proeksiyalarini yasash qoidalariga asoslanib, geometrik shakllarning yangi, maqsadga muvofiq bo’lgan proeksiyalarini yasash mumkin.
1–masala. Umumiy vaziyatda berilgan AB(A′B′, A″B″) kesmaning haqiqiy uzunligi aniqlash talab etilsin (5.28-rasm).