11.2. Qo‘shilgan va zaxira kapitallarini hisobga olish
Aksioner jamiyatlarida qo‘shilgan kapitalning buxgalteriya hisobi 8400-«Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar» ning quyidagi: 8410-«Emissiya daromadi» va 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotlarida hisobga olinadi.
Ushbu schyotlar oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha nominal qiymatidan ortiq olingan, shuningdek, ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlarning mavjud summalarini va ularning harakatini umumlashtirish uchun tayinlangan.
8410-«Emissiya daromadi» schyotida aksiyalarni ta’sischilarga birlamchi sotishda nominal qiymatidan ortiqcha tushgan summa hisobga olinadi. Bu vaqtda 5010, 5110, 5210–schyotlar debetlanib, 8410-«Emissiya daromadi» schyoti kreditlanadi. Bu schyotning debetida o‘z aksiyalarini sotib olishi va bekor qilishda tashkil bo‘lgan salbiy farq summalarini qoplanishi aks ettiriladi. Bu vaqtda 8410
281
«Emissiya daromadi» schyoti debetlanib, 8610-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – oddiy» va 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – imtiyozli» schyotlari kreditlanadi.
8410-«Emissiya daromadi» schyoti bo‘yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha alohida yuritiladi.
8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyoti ustav kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kursdagi farqlarni hisobga olish uchun tayinlangan.
Ustav kapitalini shakllanishida valyuta va valyuta qimmatliklari ustav kapitaliga badal qo‘yilgan vaqtdagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha baholanadi. Valyuta va valyuta qiymatliklari va boshqa mulklarning bahosi ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish paytidagi bahosidan farqlanishi mumkin. Bu vaqtda vujudga keladigan kursdagi farqi 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotida hisobga olinadi.
Baholar orasidagi ijobiy farq summasiga mulk, valyuta va valyuta qiymatliklarini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyoti kreditlanadi, salbiy farqi esa aksincha provodkalar bilan rasmiylashtiriladi. Baholardagi farqlarni shu tartibda hisobdan chiqarish ta’sis hujjatlarida kelishilgan ta’sischilarning ustav kapitalidagi ulushini o‘zgartirmaslik imkoniyatini beradi.
11.2- jadval
Qo‘shilgan kapital hisobi bo‘yicha schyotlar korrespondensiyasi (8400)
№
|
Xo‘jalik muomalalarining
|
Schyotlar
|
YOzuvni tasdiqlovchi
|
|
mazmuni
|
korrespon-densiyasi
|
Hujjatlar
|
|
|
Debet
|
Kredit
|
|
1
|
Aksiyalarning nominal qiymati
|
5110,
|
8410
|
Kirim kassa orderi,
|
|
bilan emission qiymati
|
5010,
|
|
bankning ko‘chirmasi
|
|
orasidagi farq summani qabul
|
5020,
|
|
|
|
qilish
|
5210
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
Sotib olingan o‘z aksiyalarini
|
5110,
|
8610,
|
Kirim kassa orderi,
|
|
ikkilamchi sotishdan pul tushdi
|
5010,
|
8620
|
bankning ko‘chirmasi
|
|
|
5020,
|
|
|
|
|
282
|
|
|
|
|
5210
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
Sotib olingan aksiyalarini qayta
|
8410
|
8610,
|
Ta’sischilar qarori,
|
|
sotishda sotib olgan narxdan
|
|
8620
|
bankning ko‘chirmasi
|
|
kam sotilganligi uchun farqi
|
|
|
|
|
emission daromad hisobidan
|
|
|
|
|
qoplandi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4
|
Sotib olingan aksiyalarni bekor
|
8410
|
8610,
|
Ta’sischilar qarori
|
|
qilishda aksiyalarni nominal
|
|
8620
|
|
|
qiymati bilan sotib olish bahosi
|
|
|
|
|
orasidagi salbiy farqi emission
|
|
|
|
|
daromad hisobidan qoplandi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5
|
Ustav kapitalining
|
4610,
|
8420
|
Ta’sischilar qarori,
|
|
shakllanishida kapitalni to‘lash
|
4890
|
|
bankning ko‘chirmasi
|
|
paytida vujudga kelgan ijobiy
|
|
|
|
|
kurs farqi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6
|
Ustav kapitalining
|
8420
|
4610,
|
Ta’sis xujatlari,
|
|
shakllanishida kapitalni to‘lash
|
|
4890
|
buxgalteriya raschyoti
|
|
paytida vujudga kelgan salbiy
|
|
|
|
|
kurs farqi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga keladigan kurs farqlarining analitik hisobi, ochiq turdagi aksioner jamiyatining aksionerlari bilan olib boriladigan hisob –kitoblar hisobidan tashqari, har bir ta’sischilar bo‘yicha yuritiladi.
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlari umumiy majlis qarori bo‘yicha aksiyalarni nominal qiymatini ko‘paytirish yoki qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan ustav kapitalini ko‘paytirishlari mumkin. Sodir bo‘lgan zararlarni qoplash uchun ustav kapitalini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Aksionerlarning umumiy majlisi ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida ham qaror qabul qilishi mumkin. Ustav kapitalini kamaytirish aksiyalarni nominal qiymatini kamaytirish yo‘li bilan yoki aksiyalarni umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yo‘li bilan bo‘lishi mumkin. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatining ustav kapitalini kamaytirish jamiyatning barcha kreditorlarini ogohlantirgandan so‘ng amalga oshiriladi.
283
Xo‘jalik yurituvchi subektlar o‘zlarining sof foydasidan ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdorda zaxira kapitali tashkil etishi mumkin. Zaxira kapitaliga har yili ustavda belgilangan miqdorgacha ajratiladi. Basharti amaldagi qonunchilik va ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, boshqa tijorat tashkilotlari ham zaxira kapitalini tashkil etishlari mumkin.
Zaxira kapitalining tayinlanishi – sodir bo‘ladigan korxonaning balans zarari va boshqa to‘lovlarini qoplashdir. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlarida zaxira kapitalidan, foyda etarli bo‘lmagan yoki yo‘q bo‘lgan hollarda, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash uchun ham foydalaniladi. Zaxira kapitalini to‘ldirish uchun asosiy vositalarning indeksatsiya fondi summasi ham yo‘naltiriladi.
Zaxira fondi harakatining hisobi 8500-«Zaxira kapitalini hisobga oluvchi schyotlar» ning quyidagi: 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»; 8520-«Zaxira kapitali» va 8530-«Tekinga olingan mulk» schyotlarda hisobga olinadi
8510–schyotida mulklarni qaytadan baholash natijasida ularning qiymatini ortishi hisobga olinadi. Bu schyot passiv bo‘lib mulklarni qayta baholash natijasida zaxira kapitalini tashkil etilishi va to‘ldirilishi 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotining kreditida aks ettirilib, tegishli qiymati ko‘paytirilgan mulklarni hisobga oladigan schyotlar debetlanadi.
Basharti qaytadan baholash natijasida mulklarning qiymati kamaytirilsa, xuddi shu mulk turi bo‘yicha qaytadan baholash natijasida ortgan qiymati tugaguncha 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyoti debetlanib tegishli aktivlarni hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi. Undan ortig‘iga 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib tegishli aktivlarni hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi. 8510-schyotning qoldig‘i balansda «Zaxira kapitali» moddasi bo‘yicha ko‘rsatiladi.
8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotining debetiga
quyidagi hollarda yoziladi: qaytadan baholash natijasida mulklar qiymatini kamayishi; Qaytadan baholash natijasida uzoq muddatli investitsiya qiymatini
kamayishini qoplash; korxonaning tugatilishida ta’sischilar orasida
284
taqsimlanadigan summa. Bunda 8510-schyot debetlanib 6620-«CHiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushi bo‘yicha qarz» schyoti kreditlanadi.
8520-«Zaxira kapitali» schyotida xo‘jalik yurituvchi subektlar o‘zlarining ta’sis xujjatlarida belgilangan miqdorda zaxira kapitali tashkil etilganda yoki to‘ldirilganda aks ettiriladi. Bu vaqtda 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi schyoti debetlanib, 8520-«Zaxira kapitali» schyoti kreditlanadi.
Zaxira kapitalidan foydalanilishi 8520-«Zaxira kapitali» schyotining debetida aks ettiriladi. Masalan, aksioner jamiyatining dividend to‘lash uchun foydasi yo‘q bo‘lsa, yoki etmasa zaxira kapitali hisobidan dividendlar hisoblash bo‘yicha quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8520-«Zaxira kapitali», Kt 6610-«To‘lanadigan dividendlar» schyoti.
8530-«Tekinga olingan mulk» schyoti qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mol-mulklarni hisobga olish uchun tayinlangan.
Mol-mulk bepul olinganda, olingan mol-mulklarni hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 8530 «Tekinga olingan mulk» schyoti kreditlanadi. Bepul olingan mol-mulklar qiymati foyda (daromad)dan ajratma solig‘iga tortiladi. Bepul olingan mol-mulkni soliqqa tortish tartibi O‘zR Soliq Kodeksi bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |