D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə108/116
tarix02.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#122565
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   116
D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2

Diskontlangan qiymat – joriy qiymat va diskontlash koeffitsentini qo‘llash orqali aniqlangan pul mablag‘larining kelgusidagi tushumi miqdorini hisoblash.


Diskontlangan xarajatlar – joriy vaqtdagi diskontlash koeffitsenti orqali aniqlangan kapital quyilmalar bo‘yicha taxmin qilinadigan xarajatlar.


Zararsizlik nuqtasi (tenglik nuqtasi) – xo‘jalik yurituvchi subektning nol darajadagi moliyaviy natijaga erishishini aks ettiradigan ishbilarmonlik faoliyati. Ushbu holatda sarflangan jami xarajatlar olingan daromadlar bilan qoplanib hech qanday foyda ham olinmaydi, zarar ham ko‘rilmaydi.

372
Zararsizlikning tahlili – subekt faoliyatining zararsizlik nuqtasini aniqlashga yordam beruvchi qisqa muddat ichida olinadigan daromad, xarajatlar va foydalarning o‘zaro qaramligiga asoslangan tahlil.




Zahiralarni asrash uchun sarflangan xarajatlar – tovar moddiy zaxiralarni sotib olish va ularni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar.


Zaxiralarni baholash – tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor mahsulot va TMZ tannarxini hisoblash.


Zaxiralarga bo‘lgan xarajatlar – tovar moddiy zaxiralarni sotib olish, saqlash va ularning tabiiy kamayishi bilan bog‘liq xarajat, sarf va zararlarning yig‘indisi.


Zaxira sig‘imisiz xarajatlar – tijorat, sotish va ma’muriy boshqaruv xarajatlari. Ushbu xarajatlar TMZ bevosita ta’sir qilmaydi va ishlab chiqarish tannarxini kalkulatsiya qilishda qatnashmaydi ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shilmaydi.


Iqtisodiy samara – ushbu natijalarga erishish uchun ishlab chi-qarishdagi natijalar va xarajatlarning taqqoslanishi.


Inkroment xarajatlar va daromadlar – qo‘shimcha mahsulot guruhini ishlab chiqarish holatlarida ruyobga chiqadigan qo‘shimcha xarajatlar va daromadlar .


Ishbilarmonlik faoliyatining segmenti – subektning ayrim faoliyat turi,

mahsulot turi bo‘limi, bozor manzili va hokazo.





Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin