9.6. Xizmat ko‘rsatish va davr xarajatlari hisobi.
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar bilan bog‘liq xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni
254
umumlashtirish 2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotida amalga oshiriladi.
Korxonaning xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklari sifatida korxonaning maqsadi bo‘lgan faoliyati mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish va xo‘jaliklar tushuniladi. Jumladan, ushbu schyotda korxonaning balansida bo‘lgan sog‘liqni saqlash ob’ektlari, bolalar bog‘chalari, uy-joy kommunal xo‘jaligi ob’ektlari, sport va madaniyat, tikuvchilik va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish ustaxonalari, oshxona va bufetlar, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlikka oid ajratilgan bo‘linmalarni saqlash xarajatlari aks ettiriladi.
2-jadval
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi36
Dostları ilə paylaş: |