D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


Ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ularni sotishning sintetik xamda



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə65/116
tarix02.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#122565
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   116
D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2

10.3. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ularni sotishning sintetik xamda


analitik hisobi

Mahsulotlarni bir meyorda ishlab chiqarish xaridorlarga mahsulot jo‘natish shartnoma majburiyatlarini, mahsulotni o‘z vaqtida sotish, barcha hisob – kitob va to‘lovlarni bajarilishini ta’minlaydi. SHuning uchun ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar hisobi korxona buxgalteriyasining uzluksiz nazorati ostida turadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hujjatlari har kuni buxgalteriyaga tushadi va bu erda ularning turlari bo‘yicha miqdor natura hisobi yuritiladi. Oy tugagandan so‘ng ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami reja, sotish narxi bo‘yicha va haqiqiy tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxini taqqoslab tejalganmi yoki ortiqcha xarajat qilinganmi, shunga qarab korxonaning ishlab chiqarish jarayonidagi ish natijasiga baho beriladi. SHu erning o‘zida mahsulotlar jo‘natish (sotish, shartnoma) narxida ham baholanadi, bu esa mahsulotlar sotilgandan so‘ng olinishi mumkin bo‘lgan tushum va foydani aniqlash imkonini beradi.


Ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi 10/1 jurnal – orderining 2810 -«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyotini Debeti va 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyotini krediti bo‘yicha aks ettiriladi. 2810- «Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti aktiv inventar schyoti bo‘lib, uning saldosi korxonaning ombordagi mahsulotlar qoldig‘ining haqiqiy tannarxini ko‘rsatadi; Debet oboroti –


263
asosiy ishlab chiqarishdan qabul qilingan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini, shuningdek mol oluvchilar tomonidan qaytarilgan mahsulotlar qiymatini, kredit oboroti hisobot oyida yuklab jo‘natilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ko‘rsatadi.


Tayyor mahsulotlar harakatini pul ko‘rsatkichdagi hisobi 16-«Tayyor buyumlar harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasida yuritiladi.


16- «Tayyor buyumlar harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasining I bo‘limidan 2810 schyotning to‘liq ma’lumotlari ta’rifini ikki bahoda – haqiqiy va hisob bahoda olinadi. Bu oy oxiriga bo‘lgan tayyor mahsulotlarning umumiy hajmidagi haqiqiy xarajatlar salmog‘ini (oy boshiga qoldiq plyus mahsulotning kirimini ularning hisob bahosiga nisbati) topish uchun zarur. Agar shu foiz 100 ga teng bo‘lsa, demak, haqiqiy xarajatlar rejaga teng ekanligi; agar foizi 100 dan kam bo‘lsa, korxona mahsulot tannarxining pasayganligini, natijada ushbu mahsulotni sotishdan u rejadan ortiq foyda olganligini; agar shu foiz 100 dan ortiq bo‘lsa, korxona kalkulatsiya moddalari bo‘yicha meyorga nisbatan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yganligini va bu o‘z navbatida, foydani kamaytirganligini ko‘rsatadi.


SHu jami mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ularning hisob (reja) tannarxiga bo‘lgan foiz nisbati buxgalteriya tomonidan hisobot oyida yuklab jo‘natilgan, xaridorlar tomonidan qaytarilgan va oy oxiriga qolgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash uchun foydalaniladi.


Oy oxiriga qolgan mahsulotlar haqiqiy tannarxini aniqlashning zaruriyati shundaki, uni bosh daftar bilan taqqoslash mumkin, omborlardagi qoldiqlarni hisobga olish daftari bilan esa hisob bahosidagi qoldiq taqqoslanadi.


Tayyor mahsulotlarning ombordagi hisobi operativ – buxgalteriya usulida yuritiladi ya’ni mahsulotlarning har bir nomenklatura raqamiga materiallarning ombor kartochka hisobi (17-M shakli) ochiladi. Tayyor mahsulotlarning kirimi va chiqimiga qarab omborchi hujjatlarga asosan kartochkalarga qiymatliklar miqdorini (kirim, chiqim) yozib qo‘yadi hamda har bir yozuvdan keyin qoldig‘i chiqariladi.


264
O‘tgan sutka ichida omborda yig‘ilib qolgan hujjatlar (qabul qilish – topshirish nakladnoylari, buyruq- nakladnoylar, tovar- transport nakladnoylari)ni buxgalter har kuni qabul qilib boradi. Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilishi buxgalterning ombor hisobi kartochkasiga qo‘yilgan imzosi bilan tasdiqlanadi.

Moddiy – javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalariga asosan har oyda tayyor mahsulotlar nomenklaturalari, o‘lchov birligi, miqdorini ko‘rsatib tayyor mahsulotlar qoldig‘ini hisobga olish qaydnomasini to‘ldiradi va uni buxgalteriyaga topshiradi. Buxgalteriyada hisob bahosi bo‘yicha taksirovka qilinadi va buxgalteriya ma’lumotlari (16- qaydnomaning I- bo‘limi) bilan solishtiriladi.


YUklab jo‘natilgan mahsulotlar (bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmat) lar – mahsulot hamda xizmatlar uchun to‘lov hujjatlari, mol yuboruvchilar tomonidan bankka topshirilgan, lekin xaridorlar tomonidan to‘lanmagan summani anglatadi. Oy oxirida yuklab jo‘natilgan, lekin to‘lov hujjatlari bankka topshirilmagan mahsulotlar balansda ombordagi tayyor mahsulotlar bilan birga aks ettiriladi va korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibida ko‘rsatiladi.


Tayyor mahsulotlar harakatining sintetik hisobi 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyotida yuritilib, u mavjud tayyor mahsulotlar va ularning harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. Bu schyotning debetida omborga tushgan mahsulotlar, kreditida esa ombordan jo‘natilgan mahsulotlar aks ettiriladi.


Agar mahsulotlar harakatining joriy hisobi reja tannarxida yuritilsa, 2810-schyotning Debetida ikkita ko‘rsatkich reja tannarxi va reja tannarxidan farq summasi hisobga olinadi. Agar joriy hisobda korxonaning ulgurji baholari qo‘llanilsa, 2810 schyotning debetida quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘ladi: ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining korxona ulgurji bahosi va ulgurji baho qiymati bilan haqiqiy tannarxi orasidagi farqi.


Mahsulot (ish va xizmat) larni sotish hisobi 9010 -«Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar», 9020 -«Tovarlarni sotishdan daromadlar» va 9030- «Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar» schyotlarida yuritiladi. Ushbu schyotlar tranzit bo‘lib, passiv schyotlarga mansubdir. Bu schyotlar tayyor


265
mahsulotlar tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotish jarayoni to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. Bu schyotlarning kredit qoldiqlari moliyaviy natijani aniqlash maqsadida har oyning oxirida 9910 - «YAkuniy moliyaviy natija» schyotiga o‘tkazilib boriladi.


1998 yilning 1 yanvaridan boshlab mahsulotlar yuklab jo‘natgan, xizmatlar ko‘rsatilgan, ishlar bajarilgan sana hisoblash usuliga ko‘ra sotilgan vaqt hisoblanadi


Hisoblash usulida mol oluvchilarga mahsulot yuklab jo‘natilganda, sotilgan mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: Dt 9110 -«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi» schyoti, Kt 2810 -«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti.


YUklab jo‘natilgan mahsulotning shartnoma (sotish) qiymatiga, Dt 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti, Kt 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» schyoti kabi yozuv amalga oshiriladi..


YUklab jo‘natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 16- qaydnomaning II-bo‘limida yuritiladi. Bu qaydnomaning ikkinchi bo‘limida jo‘natilgan, sotilgan mahsulotlar, moddiy qiymatliklar, xizmatlar va xaridorlar bilan hisoblashishlarning analitik va sintetik hisobi o‘z ifodasini topgan. Jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar analitik hisobi ularning natural ko‘rinishdagi turlari bo‘yicha yoki to‘lov hujjatlari bo‘yicha ikki bahoda – haqiqiy tannarxda va sotish narxida tashkil etiladi.


SHuni ham aytish kerakki, oy boshiga va oy oxiriga to‘lanmay qolgan, hisobot oyida jo‘natilgan, xaridorlar tomonidan qaytarilgan va sotilgan mahsulotlarning umumiy miqdori ham hisobga olinadi. Qaydnomaning II-bo‘limini to‘ldirish uchun oldingi oyning qaydnomasi (to‘lanmagan mahsulotning oy boshiga qoldig‘i), to‘lov hujjatlari, hisobot oyida jo‘natilgan mahsulotlarga buyruq – nakladnoylari, shuningdek, korxonaning hisob – kitob schyotidan olingan bankning ko‘chirmalari asos bo‘lib hisoblanadi. Mol oluvchi hisobidan chek bilan to‘langan temir yo‘l tarifi qaydnomada alohida ko‘rsatiladi, chunki u mahsulot sotish hajmiga kiritilmaydi.


266
Qaydnomaning II- bo‘limida quyidagi ma’lumotlar o‘z ifodasini topadi: oy davomida ombordan yuklab jo‘natilgan mahsulotlarning assortimenti va qiymati bo‘yicha miqdori; transport xarajatlari summasi; QQS summasi; schyot – to‘lov hujjatlari bo‘yicha olishga tegishli summa; xaridorlar bilan hisob – kitoblar holati; mahsulot uchun hisobot oyida tushgan summalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va transport xarajatlarining qoplanishi va boshqa ma’lumotlar. Qaydnomaning ko‘rsatkichlari katta operativ ahamiyatga ega, chunki har kuni yuklab jo‘natilgan, sotilgan mahsulotlar hajmi to‘g‘risida ma’lumotlar qayd etilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, shartnoma majburiyatlarining bajarilishi ham nazorat qilinadi.

16- qaydnomaning III- bo‘limida to‘langan, hisobdan chiqarilgan, to‘lanmagan va hisobdan chiqarilmagan summalar to‘g‘risidagi yig‘ma ma’lumotlar aks ettiriladi.


III-bo‘lim. To‘langan, hisobdan chiqarilgan, to‘lanmagan va hisobdan chiqarilmagan summalar bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar.


A. Korrespondentlanuvchi schyotlar bo‘yicha to‘lanishi va hisobdan chiqarilishi, so‘m





Debet-

Kreditlanuvchi va Debetlanuvchi




Jami




lanuvchi

schyotlar

joriy oy

uchun

o‘tgan

oy

schyot







qaydnoma




uchun













bo‘yicha




qaydnoma



















bo‘yicha







2810-schyotning

kreditidan
















(mahsulot sotish

bo‘yicha oborot
















shaklida aks ettirilmagan summa)

9600










quyidagi schyotlarning Debetiga:













5110 -

«Hisob-kitob schyoti»
















9010-schyotning

kreditidan
















quyidagi schyotlarning Debetiga:
















«Xaridorlar va

buyurtmachilar

726272







4010 -

bilan hisob-kitoblar»


































Jami




735872




























B. Mahsulotni qaytarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan taqdim etilgan summalarni kamaytirish tartibidagi hisobdan chiqarishlar.

267
V. Hisob guruhlari bo‘yicha to‘lanmagan va hisobdan chiqarilmaganlar, so‘m





Hisob guruhlari




Tayyor

Transport







mahsulot uchun

xarajatlari

To‘lanmadi:






















Joriy oy uchun qaydnoma bo‘yicha




110600

1380













Oldingi oy uchun qaydnoma bo‘yicha






















SHu jumladan:






















Mahsulot xaridorning mas’uliyatli

saqlashida







qolganligi uchun hisobdan chiqarilmadi:



















Joriy oy uchun qaydnoma bo‘yicha






















Oldingi oy uchun qaydnoma bo‘yicha



















Joriy oy uchun 3 – jadval bo‘yicha jami 847852
















Qaydnomaning III- bo‘limi taqdim etilgan schyotlar bo‘yicha umumiy summasini ko‘rsatib oy oxirida to‘ldiriladi va u uch qismdan iboratdir:

A. To‘lanishi va hisobdan chiqarilishi;


B. Mahsulot qaytarilganligi uchun hisobdan chiqarilishi; V. To‘lanmagan, hisobdan chiqarilmagan.


Bu bo‘lim 2810 va 9010 schyotlarning kredit oborotlarini 2-jurnal -orderida to‘liq aks ettirilganligi va 2810 schyot bo‘yicha keyingi oyga qolgan qoldiqni to‘g‘ri hisoblab chiqilganini nazorati uchun xizmat qiladi.


Mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarining majmui sotish jarayoni deyiladi. Mahsulot sotish jarayonini rejalashtirish korxonani buyurtma bilan ta’minlashdan boshlanadi. Unga binoan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish asosi bo‘lgan nomenklatura bo‘yicha reja tuziladi. Buyurtmalarda mahsulotlarning assortimenti, yuklab jo‘natish muddati, miqdori va sifati, narxi, hisoblashish shakllari ko‘rsatilgan bo‘lib buyurtmachi va mol yuboruvchilar bilan kelishib olinadi.


Mahsulot uchun pul xaridorlardan hisob – kitob schyotiga kelib tushgan sanada sotildi deb hisoblanadi (kassa usuli) yoki yuklab jo‘natilgan, topshirilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, xizmatlar uchun hujjatlar bankka topshirilgan sanada sotildi deb hisoblanadi (hisoblash usuli). Ikkala usulda ham sotilgan mahsulot (ish,


268
xizmatlar) 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar», 9020 «Tovarlarni sotishdan daromadlar», 9030 «Ishlar bajarilgan va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar» schyotlarida hisobga olinadi. Sotilgan tovarlarni qaytarilishi va xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar 9040 «Sotilgan tovarlarning qaytishi» va 9050 «Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» - schyotlarida hisobga olinadi. Bu schyotlarning xususiyatlari shundan iboratki, ularning debeti va kreditida bir hajmda (miqdorda)gi sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bir xil summada aks ettiriladi.


9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti bilan korrespondentlashgan holda mahsulot (ish va xizmat)lar sotishdan tushadigan sof tushum aks ettiriladi. Bu schyotlarda xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot (ish va xizmat)lar bo‘yicha hisoblangan aksiz solig‘i va QQS summalari aks ettirilmaydi, balki quyidagi provodka bilan 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyotida aks ettiriladi:


D-t 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» jo‘natilgan mahsulotlar uchun, aksiz solig‘i va QQS summasi qo‘shilgan holda, xaridorlardan olinadigan jami summaga.


K-t 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» hisoblangan aksiz solig‘i va QQS summasiga.


K-t 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» mahsulot sotishdan tushadigan sof tushumga.


9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida aks ettirilgan summa oy oxirida 9910 «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti bilan korrespondentlangan holda yopiladi.


Hisoblash usulida, ya’ni mahsulotni topshirish (yuklab jo‘natish), ish va xizmatlarni bajarish fakti sotildi deb hisoblanganda 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti qo‘llaniladi. Bu schyot aktiv bo‘lib, uning saldosi buyurtmachiga topshirilgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning to‘lanmagan sotish qiymatini ko‘rsatadi; Debet oboroti hisobot oyida topshirilgan


269
mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan to‘langan summani ko‘rsatadi. Quyida mahsulot sotish operatsiyalarini schyotlarda aks ettirish sxemasi keltiriladi.


«Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar» korrespondensiyasi (9000)





D-t

K-t

Korrespondentlanuvchi schyotlar





Schyotlarning krediti







Schyotlarning Debeti





































4010,

Kreditga

sotilgan

YUklab

jo‘natilgan

mahsulot,










4110-

tovarlarning




bajarilgan ish va xizmatlar uchun

-

4010,




qaytarilishi

(Debet

to‘lanadigan summa










4110







9040)




Mahsulot, ish va xizmatlar naqd

-

5010,

4010,

Sotilishidan

va

pulga sotilganda










5020




4110-

narxidan

berilgan

Qisqa va uzoq muddatli investitsiya

-

5810,




chegirmalar




tarzida




boshqa

tashkilotlarga




0610







(Debet 9050)




o‘tkazib

berilgan

mahsulotlar










9910-

Oy oxirida

sotishdan

summasiga






















olingan sof tushumning

O‘z

kapital

qurilishi

uchun

-

0890







hisobdan chiqarilishi

ko‘rsatilgan xizmatlar summasiga

-0810

-










Ichki

xo‘jalik

ehtiyojlari uchun

0890,













sarflangan mahsulot va ko‘rsatilgan

2320,













xizmatlar summasiga







2510, 9410










Mehnat haqi yuzasidan xodimlarga

- 9450













berilgan

mahsulot

va

xizmatlar



















summasiga










-

6710













Mahsulot




bilan




to‘langan



















dividendlar summasiga






















Hisobot davri oxirida 9040 va 9050

-

6610




– schyotlarining yopilishi


- 9900
YUklab jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha sintetik


hisobi 11- jurnal–orderida yuritiladi. Bu jurnal- order 2810, 9410, 9010, 9020,


9030, 9210, 9220, 4010 - schyotlarning kredit oborotlarini va 9010, 9020, 9030 -


schyotlarining analitik ma’lumotlarini yozish uchun tayinlangan. 11 - jurnal–order


270



15 va 16 - qaydnomalarning analitik ma’lumotlariga asosan to‘ldiriladi. Quyida

11- jurnal–orderining shakli keltiriladi.


11 – jurnal-order


So‘m hisobida








Schyotlar krediti




2810

9410

9010

9020

6410

Jami




Schyotlar debeti
































































2810 «YUklangan tovarlar»




432800













432800


































4010

«Xaridorlar

va






















buyurtmachilardan

olinadigan




2832

440108







442940




schyotlar»


























































5010

«Milliy valyutadagi

pul







9600

565300

160972

735872




mablag‘lari»












































































Jami










432800

2832

449708

565300

160972

161612





































YUklab jo‘natilgan mahsulotlar hajmidagi yil boshidan jamlanuvchi oborotlari haqiqiy tannarxni taqdim etilgan schyotlar summasiga bo‘lgan foiz nisbatini hisoblash uchun foydalaniladi. Bu nisbat 100% dan kam bo‘lishi kerak, chunki u korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumidagi haqiqiy xarajatlar ulushini ko‘rsatadi. Qolgan qismi foyda ulushini ko‘rsatadi. Koxona bo‘yicha foiz nisbati 82,0 (2520000 x 100 : 3068000).


Demak, sotishdan tushgan tushumning qariyb 18% ini foyda tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich nafaqat reja bajarilishini tahlil qilishda, balki oy oxiriga qolgan yuklab jo‘natilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxini hisoblashda katta ahamiyatga ega. Buning uchun barcha schyotlar bo‘yicha oy oxiriga to‘lanmagan sotish qiymatidagi summani foiz nisbatiga ko‘paytiriladi. Koxonada haqiqiy tannarx bo‘yicha qoldiq 90692 so‘mga teng (110600 x 82,0 : 100).


11 - jurnal–orderning analitik ma’lumotlari bo‘yicha foyda summasiga buxgalteriyada 15 - jurnal–orderga yozish uchun quyidagi korrespondentlanuvchi schyotlarni ko‘rsatib ma’lumotnoma tuzadi: D-t 9010, 9020, 9030- schyotlar, K-t 9910 «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti.


271
Xaridorga mahsulot yuklab jo‘natishdan oldin ulardan mahsulot qiymatining eng kamida 15 % bo‘nak to‘lovlari tariqasida qabul qilinishi lozim.38

Olingan bo‘naklarning sintetik hisobi 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» schyotida yuritiladi. Bu schyot moddiy qiymatliklarni Etkazib berish uchun yoki bajarilgan ishlar uchun olingan avanslar bo‘yicha, shuningdek buyurtmachilar uchun bajarilgan qisman tayyor bo‘lgan mahsulot va ishlarni to‘lash bo‘yicha olib boriladigan hisob – kitoblar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.


Olingan bo‘naklar summasi, shuningdek qisman tayyor bo‘lgan ishlar va xizmatlar uchun olingan to‘lanmalar, pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar (5010, 5110, 5210) ning Debeti va 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» schyotining kreditida aks ettiriladi.


To‘la tayyor buyumlar, materiallar va bajarilgan ishlar uchun mol oluvchi (buyurtmachi)larga schyotlar taqdim etilganda, ushlab qolinadigan olingan bo‘nak summalari va qisman tayyor bo‘lgan mahsulot va ishlar bo‘yicha olingan to‘lanmalar 6310-schyotning Debetida va 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyotining kreditida aks ettiriladi. 6310 - schyot bo‘yicha analitik hisob har bir kreditor bo‘yicha yuritiladi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin