Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar hisobi. Byudjetdan
tashqari jamg‘armalari markaziy yoki mahalliy hokimiyat organlarining ixtiyorida
320
bo‘lgan moliyaviy resurslar yig‘indisi bo‘lib, ular ma’lum maqsadga yo‘naltiriladi. Byudjetdan tashqari jamg‘armalar moliyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, ularning shakllanishi va ishlatilish tartibi moliyaviy qonunchilik orqali tartibga solinadi.
Davlat byudjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etish orqali o‘zining moliyaviy mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Amaliyotdan ma’lumki, faqatgina byudjet mablag‘lari yordamida u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni hayotga tatbiq etish mushkuldir.
Pensiya jamg‘armai shakllanishining boshqa elementlari ham bor:
"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunining‘ 15- moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda jarohatlanganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron bo‘lganlarga pensiya
to‘lash xarajatlarini qoplash uchun regress talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablag‘lar;
"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 14- moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan
ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari;
"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli
pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablag‘lari;
Hisoblangan jarimalar summalari, qonun hujjatlariga muvofiq soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga undirilgan summalaridan tashqari, sug‘urta badallari va ajratmalarning o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun penyalar;
Dostları ilə paylaş: |