D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


- chizma . Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish tizimining turkumlanishi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə113/147
tarix17.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#58312
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   147
1. Buxgalteriya xisobi

8.1- chizma . Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish tizimining turkumlanishi
Xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish tizimidan foydalanishda o‘zbilarmonchilikka yo‘l qo‘yish mumkin emas. CHunki uni qo‘llashning maqsadi boshqarish va xarajatlarni hisobga olish obektlari bilan chambarchas bog‘langan holda yig‘ilgan.
Bizning mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va korxonalarning iqtisodiyotiga bag‘ishlab chop qilingan adabiyotlarda, 1999-yil 5-fevralda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi nizom, buxgalteriya hisobining standartlari va xalqaro standartlarga ko‘ra xo‘jalik yurituvchi subektlarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning xarajatini hisobga olish va tannarxini kalkulatsiya qilishning uchta usuli me’yoriy, ishlov berish (jarayonlar bo‘yicha) va buyurtma usullari mavjud. Ushbu usullarning qaysi birini qo‘llash har bir xo‘jalik yurituvchi subektda ishlab chiqarilgan mahsulotning turlari, texnologiya jarayoni, tarmoqning xususiyati, ishlab chiqarishni tashkil qilish usuli va uning turlaridan
362

kelib chiqqan holda o‘zida ishlab chiqilgan hisob siyosatida ko‘rsatadi va rahbarning buyrug‘i bilan mastahkamlaydi. SHu bilan bir qatorda yuqorida keltirilgan turkumlarning hech biri ayrim olgan holda xo‘jalik yurituvchi subektning ichidagi o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq va har tomonlama yoritishga da’vogar bo‘la olmaydi.
Ushbu yuqorida keltirilgan xarajatlarni hisobga olish va kalkulatsiya qilish belgilari xarajatlarni hisobga olish tizimini muvaffaqiyatli tashkil qilishga va bir usulni ikkinchisidan ajratishga yordam beradi va osonlashtiradi.
Xulosa
Boshqaruv hisobining nazariy asoslari o‘z tarkibida boshqaruv hisobining mazmuni haqida, uning predmeti va boshqaruv hisobi tomonidan amalga oshirilayotgan obektlar, vazifalarni aks ettiruvchi vositalar haqida, prinsiplar va tashkillashtirishning tizimlari haqidagi tushunchani birlashtirishdir.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin