D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


Xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə112/147
tarix17.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#58312
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   147
1. Buxgalteriya xisobi

14.4. Xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya
qilish tizimini turkumlash
Xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyatida sodir bo‘lgan xarajatlarni guruhlashtirish u yoki bu boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yo‘naltirilgan. Lekin xo‘jalik faoliyatida ro‘yobga chiqadigan holatlar ishlab chiqarilgan namunaviy tizimlarga to‘g‘ri kelmaydi. SHuning uchun har bir xo‘jalik yurituvchi subekt o‘z menedjerlarining talabidan kelib chiqqan holda va ularning talabini qondirish uchun ayrim olingan hisob tizimining loyihasini ishlab chiqadilar. SHu bilan bir qatorda ushbu hisob tizimlarining xilma-xilligidan qat’iy nazar subektlar faoliyatining nazariyasi va amaliyoti tomonidan xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishni tashkil qilishning umumiy tartibi ishlab chiqilgan.
Xo‘jalik yurituvchi subektning ishlab chiqarish faoliyatida xarajatlarning boshqaruv hisobi tizimini tashkil qiladigan va o‘zaro bog‘langan uchta element mavjud: ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish; tayyor mahsulotlarning hisobini yuritish va ushbu tayyor mahsulotlarning tannarxini kalkulatsiya qilish.
Ushbu o‘zaro bog‘langan tizim elementlarining talabidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish tizimi ushbu xarajatlarning turlari, tarkibi, mazmuni, yo‘nalishi, sodir bo‘lgan joylari va mas’uliyat markazlari, mahsulot yoki ishlarning turlari va ularning bir xil guruhlari, buyumlarning qismi va yarimfabrikatlar bo‘yicha guruhlashtirishda qo‘llaniladigan usullarning o‘zaro aloqalarini aks ettirishi lozim va amal qilinayotgan me’yorlar bilan rejalashtirilgan samaradorlikni taqqoslash natijasida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishni nazorat qilish usullaridir.
Ularning tarmoqlar bo‘yicha xususiyatidan qat’iy nazar har bir xo‘jalik yurituvchi subektda xarajatlarni hisobga olish tizimi xo‘jalik faoliyatining natijalarini ishonchli va xolisona aniqlash va ishlab chiqarish faoliyatining borishi ustidan nazorat o‘rnatish imkoniyatini yaratib beradigan tashkiliy modulni talab qiladi.
361

SHu bilan bir vaqtda ishlab chiqarishning texnologiya va tashkiliy xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayonining davom qilish muddati, mahsulotlarning miqdor va sifat tasnifi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishning har xil usullari va uslublarini qo‘llashni talab qiladi. Xo‘jalik yurituvchi subektning amaliyotida qo‘llanilayotgan ushbu tizimlar quyidagi tartibda turkumlashtiriladi:




A. Guruhlashtiriladigan obektlar





Buyurtma tizimi




Jarayon tizimi


V. Meyorlashtirish darajasi





S. Xarajatlarni qamrashning to‘laligi





To‘liq sarflarning tizimi



Qisman sarflarning tizimi



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin