Inventar kartochkalar - asosiy vositalar (fondlar)ning hisobi uchun mo‘ljallangan hisob registrining shaklidir.
Kalkulatsiya (lat. calculatio - hisoblash)- bajarilgan ish, tayyorlangan mahsulot, qabul qilingan moddiy boyliklar qiymatini aniqlash, xarajatlarini guruhlash usuli.
Kassa kitobi- korxona kassiri kassa jarayonlari hisobini yuritishga muljallangan hisob registrlaridir.
Nominal - qimmatbaho qogozning blankada (sertifikatda) qayd etilgan boshlang‘ich qiymati.
Nou-Xau - (inglizchadan - “bilaman qandayligini”) ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun zaruriy ilmiy-texnikaviy, tijorat, tashkiliy bilimlar.
Oferdraf - mijoz joriy hisob varag‘ining salbiy qoldigi bo‘lib, bank krediti bilan qoplash.
Prolongatsiya - kelishuv, shartnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish. Rentabellik - ishlab chiqarish samaradorligining ko‘rsatkichi bo‘lib, foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablaglarining o‘rtacha
yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlash.
Refaksiya - shartnomada kelishilgan, andoza yoki texnik sharoit shartlarida belgilanganidan past bo‘lgan tovarlarning ulgurji bahosi yoki tovar og‘irligiga nisbatan chegirma; ko‘p miqdorda yuk mavjud bo‘lgan maxsus kelishuvda yuk jo‘natuvchiga beriladigan tarifdan chegirma hisoblanadi.