Me’yoriy xarajatlar – bir qator chegaralanish sharoitlaridan kelib chiqqan holda va subektning kelgusidagi faoliyatiga yo‘naltiradigan xarajatlarning ilmiy asoslangan darajasi.
Me’yorlashtirilgan umumiy mehnat sarflari – hisobot davri mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot birligining miqdoridan va birlik tayyor mahsulotga to‘g‘ri keladigan me’yorlashtirilgan mehnat sarflaridan kelib chiqqan holda aniqlanadigan ko‘rsatkich.
Moliyaviy budjet – kapital quyilmalar budjetini, pul mablag‘lari budjetini va bashorat qilinadigan balansni o‘zida mujassamlashtirgan bosh budjetning bir qismi.