D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə89/147
tarix17.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#58312
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   147
1. Buxgalteriya xisobi

Foyda solig‘ining hisobi. Hisobot davri tugagach yilik moliyaviy hisobot tuzishda 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar» va 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlarining debetida hisobga olingan soliqlar summasi 9910 «YAkuniy moliyaviy natija» schyotining debetiga o‘tkaziladi: D-t 9910 «YAkuniy moliyaviy natija», K-t 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar» va 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlari.
Demak, foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) summasidan foyda solig‘ini (9810-schyoti) va foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar (9820-schyoti) summasini ayrib tashlagandan so‘ng hisobot davrining sof foydasi (zarari) chiqadi va u moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-sonli shakl)ning 270-satrida ko‘rsatiladi.
Sub’ektlar o‘zining faoliyati jarayonida Soliq kodeksiga asosan belgilangan soliqlar bo‘yicha yil davomida o‘rnatilgan grafikka asosan soliqlar bo‘yicha bo‘nak
317

summalarini to‘lab boradilar. Ushbu to‘langan bo‘naklar yilning ohirida yakuniy moliyaviy natijalarga olib boriladi va quyidagi schyotlarda hisoblanadi.




  • 9810- Foyda solig‘i bo‘yicha sarflar.




  • 9820- Foyda hisobidan ajratmalar bo‘yicha sarflar.

9810- Foyda solig‘i bo‘yicha sarflar, 9820- Foyda hisobidan ajratmalar bo‘yicha sarflar schyotlarining debeti yil davomida to‘langan soliqlar, yig‘imlar va byudjetga boshqa ajratmalar hisobga olinadi. Ushbu schyotlardagi summalar 9910-yakuniy moliyaviy natija schyotining debeti bilan yopiladi (Debet 9910 va Kredit 9800).



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin