D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma


Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə36/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning


bog‘lanishi



T/ r



Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi

Debet

Kredit

1


Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda foydalanilayotgan asosiy
vositalarga eskirish hisoblash

2010, 2310,
2710

0211-0299



2


Umumishlab chiqarish maqsadida
foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskrish hisoblash

2510


0211-0299



3

Savdo korxonalarida foydalanilayotgan asosiy
vositalarga eskirish hisoblash

9410

0211-0299

4

Ma’muriy maqsadlar uchun foydalanilayotgan
asosiy vositalarga eskirish hisoblash

9420

0211-0299

5

Quyidagi maqsadlarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash:

  1. yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ishga tushirish ishlarida;

  2. umumiy yoki yakka tartibda ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan yangi texnologik jarayonlarni o‘zlashtirishda;

v) qazib chiqaruvchi tarmoqlardagi tayyorgarlik
ishlarida.

9440

0211-0299

6

Ishchi xayvonlarga eskirish hisoblash

2010, 2310

0270

7

Ko‘p yillik o‘simliklarga eskirish hisoblash

2010

0280

8

Joriy (qisqa muddatli) ijaraga berilgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash

9430

0220-0299

9


Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni xususiy asosiy vositalar tarkibiga o‘tishi natijasida ularga hisoblangan eskirish summasini o‘tkazish

0299


0211-0290



10


Uzoq muddatli ijara shartnomasining muddati tugagandan keyin ijaraga beruvchiga qaytariladigan asosiy vositalarning eskirishni hisobdan chiqarish

0299


0310


11


Asosiy vositalarning eskirishini qayta baholash:

  1. qiymati oshirilganda

  2. qiymati kamaytirilganda

8510
0211-0299



0211-0299


8510

12

Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida ularga haqiqatda hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish

0211-0290

9210

5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya summasi quyidagi usullardan birini qo‘llash yo‘li bilan hisoblanishi mumkin:

  1. eskirishni bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash;

  2. eskirishni bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli);

  3. ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli;

  4. yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).

Eskirishni bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati shundan iboratki, asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqib, ularning foydali xizmat qilish muddati davomida eskirish bir tekisda va teng ulushlarda hisoblab boriladi. Ushbu usulga muvofiq, asosiy vositalar obektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning foydali xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga bir maromda (tekisda) olib boriladi (taqsimlanadi). Mazkur usul bo‘yicha amortizatsiya qilish me’yorining miqdori foydali xizmat muddatining davomiyligiga bog‘liq bir davr uchun amortizatsiya ajratmasi summasi amortizatsiyalanadigan qiymatini obekt foydalaniladigan hisobot davrlari soniga bo‘lish yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi.
Eskirish hisoblashning bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obektining
boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirish orqali va mazkur obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi:

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin