D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə46/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

7.1-chizma. Materiallarning tasniflanish tartibi

Buxgalteriya hisobining axborotlari materiallardan ratsional foydalanish, xarajat normalarini kamaytirish, materiallarni oqilona saqlash va ularning butligini ta’minlash yo‘li bilan mahsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak


Bu sohada buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • material qiymatliklarni joylarda saqlash va ulardan barcha bosqichlarda foydalanish ustidan nazorat qilish;

    • materiallar harakati bo‘yicha barcha muomalalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hujjatlashtirish; ularni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni aniqlash va aks ettirish; saqlash joylari va balans moddalari bo‘yicha sarflangan materiallar va ularning qoldiqlarini haqiqiy tannarxini hisoblash;

    • belgilangan zaxira normalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, ortiqcha foydalanilmaydigan materiallarni aniqlash, ularni sotish;

    • material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borish, yo‘ldagi va fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish.

Buxgalteriya hisobi oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun qo‘yidagilar zarur: narx – nomenklaturaga ega bo‘lishi; aniq hujjatlashtirish va hujjat aylanish tizimini belgilab olish; belgilangan tartibda materiallar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish va tanlab nazorat qilishni uyushtirish, ularning natijalarini buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirish; hisobni avtomatlashtirishning hozirgi zamon vositalarini keng qo‘llash.
Mehnat buyumlari ishlab chiqarish zaxiralari sifatida mehnat vositalari va ishchi kuchi bilan birga korxonaning ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi. Mehnat buyumlari, mehnat vositalari va ishchi kuchidan farqli o‘laroq ishlab chiqarish jarayonida bir marta foydalanilib, ularning qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga to‘liq o‘tkaziladi.
Hozirgi vaqtda materiallarni baholashda quyidagi usullar qo‘llanilmoqda:

  • erkin bozor (shartnoma) yoki davlat tomonidan tartibga solinadigan (preyskurant) ulgurji baholar. Bu narx tovar jo‘natish shartnomalarini tuzishda korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va mol yuboruvchi va mol oluvchi bilan hisob – kitoblar olib borishda mol yuboruvchining to‘lov hujjatlarida ko‘rsatilib molning chiqarilish (sotish) narxi shaklida foydalaniladi;

  • nomenklatura hisob bahosi bo‘yicha. Bu sotib olingan (tayyorlangan) materiallarning reja tannarxi, o‘rtacha sotib olish narxlari va b. bo‘lishi mumkin. Barcha hollarda ham baho asosida shartnoma yoki preyskurant baholari bo‘lib,

ustiga rejalashtirilgan (hisoblangan) transport – tayyorlov xarajatlarini qo‘shib belgilaydi. Bu baholar mavjud materiallarni va ularning harakatini joriy va operativ hisobga olishda qo‘llaniladi.
4 – BHMS 9 -bandiga binoan «Material xarajatlari» elementida aks ettiriladigan sotib olinadigan material qiymatliklarining xaqiqiy bahosi (qiymati) quyidagilardan tashkil topadi: sotib olish narxi, import bo‘yicha boj to‘lovlari, mahsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minot va vositachilik tashkilotlariga to‘lanmalar, soliqlar (keyinchalik soliq organlaridan qaytarib olinadigan soliqlardan tashqari, masalan QQS), shuningdek transport – tayyorlov xarajatlari, xizmat ko‘rsatish xarajatlari va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Marketing xizmatlari va zavod omborlarini asrash xarajatlari materiallar tannarxiga kiritilmaydi. Ular korxonaning davr xarajatlariga o‘tkaziladi.
Materiallarning haqiqiy tannarxi faqat oy oxirida buxgalteriya barcha qo‘shiluvchi ma’lumotlarni olgandan so‘ng aniqlanadi. Korxonada materiallar harakati har kuni sodir bo‘ladi, va materiallarning kirim-chiqimi bo‘yicha hujjatlar o‘z vaqtida rasmiylashtirilib, muomalalarni sodir bo‘lishiga qarab hisobga olinishi kerak. SHuning uchun, joriy hisobda qat’iy oldindan belgilangan hisob bahosi deyiladigan bahoni qo‘llash zaruriyati tug‘iladi. Hisob bahosi bo‘lib reja yoki shartnoma baholari hisoblanadi.
Agar joriy hisobda shartnoma baholaridan foydalanilsa, haqiqiy tannarxga etkazib qo‘yish uchun oy oxirida transport – tayyorlov xarajatlarining summasi va foizi chiqariladi.
Reja narxlar qo‘llanilgan hollarda har oyda haqiqiy tannarxni rejadan farq summasi va foizi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich materiallar tayyorlash jarayoniga baho berish imkoniyatini yaratadi. Transport tayyorlov xarajatlari yoki reja narxdan farqi materiallarning har bir nomenklatura raqami bo‘yicha emas, balki materiallar guruhlari bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Asos qilib materiallarning oy boshiga qoldig‘i va ularning oy davomidagi kirimi olinadi.
Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlashda boholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:

  • o‘rtacha tannarx (to‘g‘ri chiziqli) bo‘yicha yoki AVEKO usuli – materiallarning umumiy qiymatini ularning miqdoriga bo‘lib, olingan o‘rtacha narxlar asosida hisobdan chiqarish;

  • o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha birinchi tushum- birinchi chiqim. FIFO usuli - ishlab chiqarishga birinchi kelib tushgan partiyadagi narxlar bilan va keyingi partiyadagi narxlar navbatma-navbat hisobdan chiqarib boriladi;

  • o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum-birinchi chiqim, LIFO usuli-materiallar ishlab chiqarishda dastavval oxirgi partiya narxlari bo‘yicha pastdan yuqoriga qarab hisobdan chiqariladi.


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin