D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə64/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

Davr xarajatlari hisobi. Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek umumxo‘jalik xarajatlari, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha xarajatlar ham kiradi. Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lmaganligi, lekin ma’lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog‘liq bo‘lmagani, va aksincha, vaqt bilan, xo‘jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lgani sababli ular davr xarajatlari deb yuritiladi.
Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Hisobvaraqlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi:
9410-«Sotish xarajatlari» 9420-«Ma’muriy xarajatlar»
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

  • temir yo‘l, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar;

  • savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining xarajatlari;

  • mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash xarajatlari (ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari);

  • ularning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;

  • savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari;

  • asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

  • sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, oshxona idish- tovog‘i va anjomlarining eskirishi;

  • savdo reklamasi xarajatlari;

  • bank xizmatlariga to‘lovlar va boshqalar.

YUqorida keltirilgan xarajatlar 9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisobvaraq bo‘lib, qaysi davr bo‘lmasin uning oy boshida qoldiq summasi bo‘lmaydi. Hisobvaraqning debet tomonida tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ko‘rsatilsa, kredit tomonida ushbu xarajatlarni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bu summa foydaning kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda hisobidan qoplanadi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin