D. Q. Usmanova


 Ikki yoqlama yozuv va uning ahamiyati



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/131
tarix11.10.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#154134
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   131
1. Buxgalteriya xisobi (1)

 
3.2. Ikki yoqlama yozuv va uning ahamiyati. 
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Qonun»da 
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy prinsiplaridan biri 
buxgalteriya hisobini ikki yoqlamali usulda yuritish ekanligi aytib o‘tilgan (6-
modda). 
Xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlamali yozuv tizimini tarixda birinchi kashf 
etgan olim italiyalik matematik Luka Pacholi 1494 yili «Schyotlar va yozuvlar 
to‘g‘risida traktat (ilmiy asar)» chop etib ikkiyoqlama yozuv tizimiga asos soldi. 
Ikki yoqlama yozuv xar bir xo‘jalik operatsiyasining o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 
schyotlarda qayd etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu bilan operatsiyalar ta’sir 


73 
etadigan hisob ob’ektlari o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatiladi va bu o‘z navbatida, 
korxonalar xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat qilish va sodir bo‘layotgan jarayonlarni 
o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xo‘jalik operatsiyalarini ikki marta aks ettirish (ikkiyoqlama yozuv) xo‘jalik 
mablag‘larining davr aylanish jarayonida qiymat shakllarini almashinishining 
iqtisodiy tabiati bilan bog‘liqdir. Bu jarayonda har bir operatsiya qiymatning bir 
shaklidan boshqa shakliga olib keladi. Qiymatning boshlang‘ich va oxirgi shakli 
ta’minot, ishlab chiqarish operatsiyalarida har doim har xil bo‘ladi. Masalan, 
ta’minot operatsiyalarida qiymatning dastlabki puldagi shakli ishlab chiqarish 
zahiralari shakli bilan almashinadi, ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish 
zahiralari o‘z shakllarini mahsulotlar shakliga o‘zgartiradi, sotish uchun 
tayinlangan xizmatlarni sotish operatsiyalarida, ular o‘z shakllarini yana pul 
shakliga almashadi. Qiymat shaklining bunday almashinishi har bir jarayonning 
boshqa operatsiyalariga ham xosdir. SHundan kelib chiqib, mazkur operatsiyada 
qatnashuvchi qiymatning har bir shaklini, ya’ni operatsiyaning boshlanishidagi 
ko‘rinishi va uning oxirida namoyon bo‘lgan shaklida hisobga olish zaruriyati 
yuzaga keladi. 
Bunda qiymat miqdori o‘zgarmaganligi sababli, xo‘jalik operatsiyalarini ikki 
yoqlama yozuv usulida aks ettirilganda, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan schyotlar debeti va 
kreditiga tegishli summalar, albatta, bir-birovlariga teng bo‘lib qoladi. 
Ikki yoqlama yozuv doiraviy aylanish jarayonida faqat qiymat shaklining 
o‘zgarishigina aks ettirish uchun ko‘llanmay (balans o‘zgarishlarining I tipi), balki 
barcha xo‘jalik operatsiyalarini ham aks ettiradi. Xuddi shu usul bilan mablag‘larning 
qanday maqsadlarga tayinlanganligi (mablag‘lar manbalari, II tip), hamda 
korxonalarning xo‘jalik aloqalari (III va IV tiplar) ham hisobga olinadi. 
SHunday qilib, ikki yoqlamali yozuv xo‘jalik operatsiyalarini bir xil summada 
buxgalteriya schyotlarida o‘zaro bog‘liq holda, ya’ni bir schyotning debetida va 
ikkinchi bir schyotning kreditida aks ettirish usulidir. 
Masalan, hisob-kitob schyotidan korxona kassasiga 150 000 so‘m olindi, deb faraz 
qilaylik. Bu operatsiya natijasida mablag‘larning ikki turiga - kassadagi naqd pullar 


74 
va bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lariga ta’sir etildi. Kassadagi pullar 150 
000 so‘mga ko‘paydi va aksincha, hisob-kitob schyotidagi pullar shu summaga 
kamaydi. Bu operatsiyani buxgalteriya schyotlarida aks ettirayotganda, uning 
summasini, birinchidan, «Kassa» schyotining debetiga yozish kerak, chunki bu 
schyot aktivdir va ko‘payish aktiv schyotlarning debetida aks ettiriladi, ikkinchidan, 
«Hisob-kitob schyoti» schyotining kreditiga yoziladi, chunki bu schyot ham aktivdir 
va aktiv schyotlarning kamayishi kreditga yoziladi. 
Bu operatsiyaning schyotlarda yozilishi quyidagicha bo‘ladi: 
D-t «Kassa» schyoti 
- 150 000 so‘m 
K-t «Hisob-kitob schyoti» 
- 150 000 so‘m 
Xo‘jalik operatsiyasi va uning summasini aks ettiradigan debetlanuvchi va 
kreditlanuvchi schyotlarni belgilash (ko‘rsatish) buxgalteriya yozuvi yoki o‘tkazma 
(provodka)si deb ataladi. 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin