Meyorlashtirish – ishlab
chiqarish
resurslaridan
foydalanishning
samaradorligini
ta’minlashga
yo‘naltirilgan
muqobil
me’yorlar
va
me’yorlashtirishning ilmiy asoslangan hisoblarning jarayoni.
Me’yorlashtirilgan to‘g‘ri mehnat xarajatlari – me’yorlashtirilgan mehnat
vaqtini birlik mahsulot miqdoriga ko‘paytirish natijasida olingan miqdor. Ushbu
miqdor me’yor darajasiga ko‘paytirish yo‘li bilan ham topiladi. Ushbu to‘g‘ri
xarajatlar mahsulotlarning aniq bir turini ishlab chiqarish natijasida ruyobga
chiqadi va uning tannarxiga to‘g‘ridanto‘g‘ri qo‘shiladi.
Me’yoriy xarajatlar – bir qator chegaralanish sharoitlaridan kelib chiqqan
holda va subektning kelgusidagi faoliyatiga yo‘naltiradigan xarajatlarning ilmiy
asoslangan darajasi.
Me’yorlashtirilgan umumiy mehnat sarflari – hisobot davri mobaynida
ishlab chiqarilgan mahsulot birligining miqdoridan va birlik tayyor mahsulotga
to‘g‘ri keladigan me’yorlashtirilgan mehnat sarflaridan kelib chiqqan holda
aniqlanadigan ko‘rsatkich.
Moliyaviy budjet – kapital quyilmalar budjetini, pul mablag‘lari budjetini va
bashorat qilinadigan balansni o‘zida mujassamlashtirgan bosh budjetning bir
qismi.
Muqobillashtirish (optimallashtirish) – topshirilgan chegaraga to‘g‘ri
keladigan muqobillikni topish jarayoni.
Muqobil standartlar – iqtisodiy jarayonni amalga oshirish davridagi o‘rtacha
bahodan kelib chiqqan holda hisoblangan standartlar.
Mutanosib xarajatlar – o‘zgaruvchan xarajatlarning bir turi. Bir necha
mahsulot yoki ishlarning turlariga ta’lluqli va subektning ishbilarmonlik faolligi
o‘zgarsa o‘zgarib turadigan xarajatlar.