73
etadigan hisob ob’ektlari o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatiladi va bu o‘z navbatida,
korxonalar xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat qilish va sodir bo‘layotgan
jarayonlarni
o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik operatsiyalarini ikki marta aks ettirish (ikkiyoqlama yozuv) xo‘jalik
mablag‘larining davr aylanish jarayonida qiymat shakllarini almashinishining
iqtisodiy tabiati bilan bog‘liqdir. Bu jarayonda har bir operatsiya qiymatning bir
shaklidan boshqa shakliga olib keladi. Qiymatning boshlang‘ich va oxirgi shakli
ta’minot, ishlab chiqarish operatsiyalarida har doim har xil bo‘ladi. Masalan,
ta’minot operatsiyalarida qiymatning dastlabki puldagi
shakli ishlab chiqarish
zahiralari shakli bilan almashinadi, ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish
zahiralari o‘z shakllarini mahsulotlar shakliga o‘zgartiradi, sotish uchun
tayinlangan xizmatlarni
sotish operatsiyalarida, ular o‘z shakllarini yana pul
shakliga almashadi. Qiymat shaklining bunday almashinishi har bir jarayonning
boshqa operatsiyalariga ham xosdir. SHundan kelib chiqib,
mazkur operatsiyada
qatnashuvchi qiymatning har bir shaklini, ya’ni operatsiyaning boshlanishidagi
ko‘rinishi va uning oxirida namoyon bo‘lgan shaklida hisobga olish zaruriyati
yuzaga keladi.
Bunda qiymat miqdori o‘zgarmaganligi sababli, xo‘jalik
operatsiyalarini ikki
yoqlama yozuv usulida aks ettirilganda, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan schyotlar debeti va
kreditiga tegishli summalar, albatta, bir-birovlariga teng bo‘lib qoladi.
Ikki yoqlama yozuv doiraviy aylanish jarayonida faqat qiymat shaklining
o‘zgarishigina aks ettirish uchun ko‘llanmay (balans o‘zgarishlarining I tipi), balki
barcha xo‘jalik operatsiyalarini ham aks ettiradi. Xuddi shu usul bilan mablag‘larning
qanday maqsadlarga tayinlanganligi (mablag‘lar
manbalari, II tip), hamda
korxonalarning xo‘jalik aloqalari (III va IV tiplar) ham hisobga olinadi.
SHunday qilib, ikki yoqlamali yozuv xo‘jalik operatsiyalarini bir xil summada
buxgalteriya schyotlarida o‘zaro bog‘liq holda, ya’ni bir schyotning debetida va
ikkinchi bir schyotning kreditida aks ettirish usulidir.
Masalan, hisob-kitob schyotidan korxona kassasiga 150 000 so‘m olindi, deb faraz
qilaylik. Bu operatsiya natijasida mablag‘larning ikki turiga - kassadagi naqd pullar
74
va bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lariga ta’sir etildi. Kassadagi pullar 150
000 so‘mga ko‘paydi
va aksincha, hisob-kitob schyotidagi pullar shu summaga
kamaydi. Bu operatsiyani buxgalteriya schyotlarida aks ettirayotganda, uning
summasini,
birinchidan, «Kassa» schyotining debetiga yozish kerak, chunki bu
schyot aktivdir va ko‘payish aktiv schyotlarning debetida aks ettiriladi,
ikkinchidan,
«Hisob-kitob schyoti» schyotining kreditiga yoziladi, chunki bu schyot ham aktivdir
va aktiv schyotlarning kamayishi kreditga yoziladi.
Bu operatsiyaning schyotlarda yozilishi quyidagicha bo‘ladi:
D-t «Kassa» schyoti
- 150 000 so‘m
K-t «Hisob-kitob schyoti»
- 150 000 so‘m
Xo‘jalik operatsiyasi va uning summasini aks ettiradigan debetlanuvchi va
kreditlanuvchi schyotlarni belgilash (ko‘rsatish) buxgalteriya yozuvi yoki o‘tkazma
(provodka)si deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: