Qisqa xulosa Xo‘jalik yurituvchi subektlarda mehnat va unga haq to‘lash hisobi
korxonaning hisob tizimida muhim ahamiyatga egaligi va u mehnatning son hamda
sifati, istemolga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish ustidan operativ
nazoratni ta’minlashga qaratilgan.
Mehnatga haq to‘lashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarining
bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma’lum tartibini belgilash
bo‘yicha nazariy hamda amaliy tavsiyalar berilgan.
246
Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Korxona xodimlari qanday guruhlardan iborat va xodimlar tasnifining
ahamiyati nimada?
2. Mehnatga haq to‘lashning qanday shakl va tizimlarini bilasiz?
3. Mehnat va unga haq to‘lashni tashkil etish deganda nimani tushinasiz?
4. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qanday dastlabki hujjatlar qo‘llaniladi?
5. Ish sharoitini normal holati deb nimani tushinasiz va uning qanday haq
to‘lanadi?
6. YAroqsiz mahsulotga qanday haq to‘lanadi?
7. Bayram kunlari ishlagani uchun qanday haq to‘lanadi?
8. Yillik ta’til haqi qanday hisoblanadi?
9. Vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganlarga to‘lanadigan nafaqa miqdori ish
haqidan necha foizni tashkil etadi?
10. Ish haqidan qanday ushlanmalar ushlanadi?
247
9- Mavzu. XARAJATLAR HISOBI REJA: 9.1. Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha va ular hisobini tashkil qilishning xuquqiy-me’yoriy asoslari. Xarajatlarni guruhlanishi.