D. Q. Usmanova


Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, moliyaviy



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/131
tarix22.07.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#137099
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   131
sssss

11.6. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, moliyaviy 
faoliyatdan olinadigan foyda (zarar), favqulodda foyda va zararlarni hisobga 
olish 
Korxonalarda mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foydadan 
tashqari asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar ham bo‘lishi mumkin. 
Bunday daromadlar kelib tushish manbalariga qarab quyidagi: 9310-«Asosiy 
vositalarning chiqib ketishdan foyda», 9320 «Boshqa aktivlarnining chiqib 
ketishdan foyda», 9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar», 9340-«O‘tgan 
yillar foydalari», 9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar», 9360- «Kreditor va 
deponent 
qarzlarni 
hisobdan 
chiqarishdan 
daromadlar», 
9370-«Xizmat 
ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari», 9380-«Tekin moliyaviy yordam», 9390-


296 
«Boshqa operatsion daromadlar» schyotlarda hisobga olinadi. Bular tranzit 
schyotlar bo‘lib, passiv schyotlarga mansub.
YUqoridagi schyotlarning kredit oboroti tegishli manbalar hisobidan foyda 
(daromad) ning ko‘payishi, debet aylanmasi esa ularning hisobdan chiqarilishini 
ko‘rsatadi va hisobot davri boshiga qoldig‘i qolmaydi. 
Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarning shakllanishi milliy 
standart bilan tartibga keltiriladi.
45
9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotida asosiy 
vositalarni sotish va boshqa ko‘rinishdagi hisobdan chiqarishlardan olingan foyda 
hisobga olinadi. Bu vaqtda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9210-«Asosiy 
vositalarning chiqib ketishi», Kt 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan 
foyda» schyoti. 
9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyotida nomoddiy 
aktivlar, qimmatli qog‘ozlar va shunga o‘xshagan boshqa aktivlarni sotishdan 
olingan foyda summasi quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9220-«Boshqa 
aktivlarning chiqib ketishi», Kt 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan 
foyda» schyoti. 
9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar» schyotida shartnoma 
shartlarini buzganligi uchun undirilgan yoki qarzdor tomonidan etirof etilgan 
jarimalar, boqimandalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar va boshqa hil jazo jarimalari, 
shuningdek etkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar aks ettiriladi. 
Bunday jarima va boqimandalar undirib olinsa 5110 yoki pul mablag‘larini 
hisobga oladigan boshqa schyotlar debetlanib, 9330 schyoti kreditlanadi. Lekin 
bunday jarima va boqimandalar aybdor tomonidan tan olinib hali puli o‘tkazib 
berilmagan bo‘lsa, 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar» schyoti 
debetlanib 9330- schyot kreditlanadi. 
9340-«O‘tgan yillar foydalari» schyotida hisobot yilida aniqlangan oldingi 
yillarga tegishli foyda aks ettiriladi. Bunga xususan, oldingi yillarda olinib sarflab 
45
O‘zR AV tomonidan ro‘yxaga olingan 2-sonli «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadagan daromadlar» BXMS. 


297 
yuborilgan 
materiallar 
bo‘yicha 
qaytadan 
hisoblash 
natijasida 
mol 
yuboruvchilardan olingan summa, xaridorlarga oldingi yillarda jo‘natilgan 
mahsulot, ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha qaytadan hisoblash natijasida hisobot 
yilida olingan summa va shunga o‘xshaganlar kiradi. 
Bunday foyda o‘tkazib berilsa, pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar 
debetlanib, 9340-«O‘tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi. Agar bunday foyda 
hali o‘tkazib berilmagan bo‘lsa, 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan 
schyotlar» schyoti debetlanib, 9340-«O‘tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi. 
9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar» schyotining kreditida 4820-
«Qisqa 
muddatli 
ijara 
bo‘yicha olinadigan to‘lovlar» schyoti bilan 
korrespondentlangan holda mulklarni qisqa muddatli ijaraga berishdan olinadigan 
daromadlar aks ettiriladi. Qisqa muddatli ijara haqi olinganda pul mablag‘larini 
hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4820-«Qisqa muddatli ijara bo‘yicha 
olinadigan to‘lovlar» schyoti kreditlanadi. 
9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» 
schyotida da’vo qilib olish muddati o‘tgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan 
chiqarishdan olingan daromadlar aks ettiriladi. Bunday hollar quyidagicha 
rasmiylashtiriladi: Dt-6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 6990-«Boshqa 
majburiyatlar», Kt 9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan 
daromadlar» schyotlari. 
9370-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari» schyotida korxonaning 
asosiy faoliyati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar 
ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlar hisobga olinadi. Bularga korxona 
balansida turadigan sog‘liqni saqlash, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari 
obektlari, turar-joy-kommunal xo‘jaligi, madaniyat, sport obektlari kiradi. 
YUqorida keltirilgan obektlarning daromadlari xarajatlaridan ko‘p bo‘lsa, 
farqi quyidagicha daromadga o‘tkaziladi: Dt 2710-«Xizmat ko‘rsatuvchi 
xo‘jaliklar» schyotining tegishli analitik schyoti, Kt 9370-«Xizmat ko‘rsatuvchi 
xo‘jaliklar daromadlari» schyoti. 


298 
9380-«Tekin moliyaviy yordam» schyotining kreditida pul mablag‘lari va 
ularning ekvivalentlarini hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan 
holda qaytib olmaslik sharti bilan pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari 
ko‘rinishida olingan daromadlar aks ettiriladi. Bu vaqtda quyidagicha 
rasmiylashtiriladi: Dt 5110-5530-schyotlar, Kt 9380«Tekin moliyaviy yordam» 
schyoti. 
9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyotida boshqa operatsion 
faoliyatidan daromadlar hisobga olinadi. Bu schyotining kreditida, xususan, 
quyidagilar hisobga olinadi:
- asosiy, yordamchi, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda ortiqcha chiqqan 
tugallanmagan ishlab chiqarishlar, umumxo‘jalik omborlarida ortiqcha chiqqan 
materiallarning kirimga olinishi, Dt 2010, 2310, 2510, 2710-schyotlar, Kt 9390 
«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti». 
- oldin hisobdan chiqarilgan debitor qarzlarni undirib olishdan olingan 
daromadlar, Dt 4010- «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», Kt 
9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti». 
SHu bilan birga balansdan tashqari 007- «To‘lashga qobiliyatsiz 
debitorlarning zararga o‘tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi» schyotidan chiqim 
qilinadi; 
- mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta organlaridan tushgan to‘lovlarga, Dt 
4510- «Sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari», Kt 9390-«Boshqa operatsion 
daromadlar» schyoti; 
- zaxira tashkil etilgan yildan keyingi yilning oxirigacha dargumon qarzlar 
zaxirasidan foydalanilmagan qismining daromadga o‘tkazilishiga, Dt 4910-
«Dargumon qarzlar bo‘yicha zaxira», Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» 
schyoti. 
- ortiqcha chiqqan mahsulot va tovarlarning kirimga olinishi, Dt 2810-2890, 
2910-2990-schyotlari, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti. 


299 
- tugallanmagan qurilishda aniqlangan ortiqcha chiqishlarni daromadga 
olinishiga, Dt 0810-0890-schyotlar, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» 
schyoti. 
- xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘nak summalarni talab qilib 
olinmaganligi uchun hisobdan chiqarilishiga, Dt 6310-6390-schyotlar, Kt 9390-
«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti. 
Bu xil daromadlar hisobot davri oxirida yakuniy moliyaviy natijaga 
o‘tkaziladi: Dt-9310, 9320, 9330, 9340,9350, 9360 ,9370 ,9380, 9390-schyotlari, 
Kt 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyoti. 
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda va zararlar alohida daromad va 
xarajatlar guruhiga kiritiladi. Bu foyda va zararlar korxonaning asosiy faoliyati 
bilan bevosita bog‘liq emas. Buxgalteriya hisobida moliyaviy faoliyatdan 
olinadigan foyda alohida, zarar alohida schyotlarda hisobga olinadi. 
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda (daromad) quyidagi: 9510-«Royalti 
ko‘rinishidagi daromadlar», 9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar», 9530-
«Foizlar 
ko‘rinishidagi daromadlar», 9540-«Valyutalar kursi farqidan 
daromadlar», 9550 -«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar», 9560-«Qimmatli 
qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar» va 9590-«Moliyaviy faoliyatning 
boshqa daromadlari» schyotlarda hisobga olinadi. 
Bu schyotlar tranzit schyotlar bo‘lib, passiv schyotlariga mansubdir. Ushbu 
schyotlarning kredit aylanma tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning 
ko‘payishini, debet aylanmasi esa ularning hisobdan chiqarilishini ko‘rsatadi va 
hisobot davri boshiga qoldig‘i qolmaydi. 
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foydaning shakllanishi buxgalteriya hisobi 
milliy standartlari bilan tartibga solinadi.
46
9510-«Royalti ko‘rinishidagi daromadlar» schyotida pul mablag‘larini 
hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan holda royalti va kapitalning 
transfertidan olingan daromadlar hisobga olinadi. 
46
2-sonli «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar»; 6-sonli «Lizing hisobi»; 12-sonli «Moliyaviy 
investitsiyalar hisobi» BXMS. 


300 
Royalti - sotuvchiga (litsenziyalarga) litsenziya shartnoma buyumdan 
foydalanish huquqi uchun vaqti - vaqti bilan ajratib turiladigan summa. Olishga 
tegishli bo‘lgan royalti va gonorarlar summasi quyidagicha rasmiylashtiriladi: D-t 
4850-«Olinadigan royalti», Kt 9510-«Royalti ko‘rinishidagi daromadlar» schyoti. 
Ushbu olishga tegishli summa olinsa, pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar 
debetlanib 4850- schyot kreditlanadi. 
9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar» schyotida O‘zbekiston 
Respublikasi xududida va chet ellarda ulush qo‘shish yo‘li bilan boshqa korxonalar 
faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar, aksiyalar bo‘yicha dividendlar, 
obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar aks ettiriladi. 
Bunday 
daromadlar 
hisoblanganda 
9520-«Dividendlar 
ko‘rinishidagi 
daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi: 
5110-«Hisob - kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari»- 
korxonaning hisob - kitob schyotidagi pul mablag‘laridan foydalanganligi uchun 
bank tomonidan o‘tkazib berilgan summaga; 
4840-«Olinadigan dividendlar» schyoti - korxona tomonidan sotib olingan 
aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan dividendlar 
summasiga. Ushbu dividendlar hisob - kitob schyotiga o‘tkazib berilsa, 5110-
«Hisob - kitob schyoti» debetlanib 4840- schyot kreditlanadi. 
9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar» schyotida uzoq va qisqa muddatli 
investitsiyalar bo‘yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi. 
Foizlar hisoblanganda 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar» schyoti 
kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi: 
4830-«Olinadigan foizlar» schyoti – uzoq muddatli va joriy investitsiyalar 
bo‘yicha va berilgan kreditlar bo‘yicha mijozlardan olinadigan foizlar summasiga. 
Foizlar summasi olinganda pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 
4830- schyoti kreditlanadi. 
9540-«Valyutalar kursi farqidan daromadlar» schyotida valyuta schyotlari, 
shuningdek xorijiy valyuta muomalalari bo‘yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan 
daromadlar hisobga olinadi. 


301 
Valyuta schyotlari va xorijiy valyuta muomalalari bo‘yicha kurs farqlaridan 
daromad olinganda 9540- «Valyutalar kursi farqidan daromadlar» schyoti 
kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi: 
5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» - valyuta schyotidagi mablag‘ 
bo‘yicha ijobiy kurs farqiga; 
0610-«Qimmatli qog‘ozlar», 5810-«Qimmatli qog‘ozlar» schyotlari - uzoq va 
qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha xorijiy valyutalarning ijobiy kurs farqi 
summasiga; 
4720- «Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» schyoti – xodimlarga 
xorijiy valyutada berilgan qarzlarning ijobiy kurs farqi summasiga; 
4110-«Ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar» - filial va 
vakolatxonalar bilan olib boriladigan hisob–kitoblar bo‘yicha valyuta kursining 
ijobiy farqi summasiga; 
6230-“Boshqa kechiktirilgan daromadlar» schyoti - muddati uzaytirilgan qarz 
bo‘yicha valyuta kursi”ning ijobiy farqi summasiga. 
9550-«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar» schyotida mulkni uzoq muddatli 
ijaraga berishdan olingan daromad aks ettirilib quyidagi provodkalar bilan 
rasmiylashtiriladi: 
- Uzoq muddatli ijara bo‘yicha joriy yilda olinadigan daromad summasiga; D-
t 6230-«Boshqa muddati o‘zaytirilgan daromadlar» - joriy qismi, K-t 9550-«Uzoq 
muddatli ijaradan daromadlar». 
- Uzoq muddatli ijara bo‘yicha asosiy vositalarni ijaraga berishdan olingan 
daromad summasiga; D-t 7290- «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan 
daromadlar», K-t 9550 «Uzoq muddatli ijaradan daromadlar». 
9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar» schyotida 
qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholashdan olingan 
daromadlar hisobga olinadi. 
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning 
nominal qiymatidan ortiq baholangan farq summasiga 0610- «Qimmatli qog‘ozlar» 


302 
va 5810 «Qimmatli qog‘ozlar» schyotlari debetlanib 9560- «Qimmatli qog‘ozlarni 
qayta baholashdan daromadlar» schyoti kreditlanadi. 
9590- «Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schyotida 
yuqoridagi schyotlarda aks ettirilmagan muomalalardan olingan foyda aks 
ettiriladi. 
Masalan, 
uzoq 
muddatli 
qimmatli 
qog‘ozlar auksionida auksion 
muvafaqqiyatli o‘tkazilgandan so‘ng garov summasi qoldirilsa 0610-«Qimmatli 
qog‘ozlar» schyoti debetlanib, 9590-«Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa 
daromadlar» schyoti kreditlanadi. 
Hisobot davri oxirida yuqoridagi schyotlarning kredit oborotlari yakuniy 
moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: Dt 9510, 9520, 9530, 9540, 9560, 9590 schyotlar, 
Kt-9910 -«YAkuniy moliyaviy natija» schyoti. 
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar – bu alohida guruhga ajralib turadigan 
xarajatlar bo‘lib ular korxonaning asosiy faoliyati bilan bevosita bog‘liq emas. 
Mazkur modda bo‘yicha korxonaning moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan 
xarajatlar aks ettiriladi. 
Korxonaning moliyaviy faoliyati deganda quyidagilar tushiniladi: kredit 
resurslarini jalb etish va berish; qimmatli qog‘ozlar bilan olib boriladigan 
operatsiyalar; valyutalar bilan olib boriladigan operatsiyalar; asosiy vositalarni 
uzoq muddatli ijaraga berish va olish. 
SHunday qilib moliyaviy faoliyat xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob 
stavkasi doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli 
kreditlar bo‘yicha, shu jumladan to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar 
bo‘yicha to‘lovlar. 
SHuni inobatga olish kerakki, xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan 
olingan kreditlar bo‘yicha har qanday foiz to‘lovlari korxona tomonidan o‘zining 
xarajatlari tarkibida hisobga oladi. 
15 oktabr 2003 yilda O‘z R.V.M. tomonidan tasdiqlangan xarajatlar tarkibi 
to‘g‘risidagi Nizomga asosan faqat to‘lov muddati o‘tgan va kechiktirilgan 


303 
ssudalar bo‘yicha foizlar, shuningdek bank va boshqa moliyaviy tashkilotlarning 
bergan uzoq muddatli kreditlari bo‘yicha to‘lanadigan foizlar xarajatlar tarkibi 
to‘g‘risidagi Nizomning 1-ilovasiga asosan (1.44;1.45) soliqqa tortiladi. 
2) Mulklarni uzoq muddatli ijaraga olish bo‘yicha to‘lanadigan foiz 
xarajatlari. 
3) Kurslardagi salbiy farqlar va xorijiy valyuta operatsiyalari bo‘yicha 
zararlar. 
4) Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va hakozalarga 
qo‘yilgan) mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar. 
5) O‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar: 
aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlar. Bularga 
blankalarni xarid qilish, qimmatli qog‘ozlarni tarqatgani uchun bankka 
to‘lanadigan komissiya summasi va b. 
6) Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont. 
Korxonalarning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlar to‘g‘risidagi axborot 
9600-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar» 
bo‘yicha ochilgan quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi: 9610-«Foizlar 
ko‘rinishdagi xarajatlar»; 9620-«Valyutalar kurslari farqlaridan zararlar»; 9630-
«Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar»; 9690-
«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schyotlari. 
YUqorida keltirilgan schyotlar tranzit hisoblanib aktiv schyotlarga masubdir 
va ular debet saldosiga ega bo‘lmaydi. Debet aylanmasi hisobot davrida 
xo‘jalikning moliyaviy faoliyatidan sodir bo‘lgan xarajatlarni ko‘rsatadi. Hisobot 
davri oxirida ushbu debetida yig‘ilgan jami xarajatlar 9910- «YAkuniy moliyaviy 
natija» schyotining debeti bilan korrespondentlangan holda hisobdan chiqariladi. 
Bank kreditlari, mol yuboruvchilardan qarzlar, shuningdek uzoq muddatli 
ijara va boshqalar bo‘yicha foizlar to‘lash uchun hisoblanganda 9610- «Foizlar 
ko‘rinishdagi xarajatlar» schyoti debetlanib 6920- «Hisoblangan foizlar» schyoti 
kreditlanadi. Ushbu foizlar summasi hisob-kitob schyotidan o‘tkazib berilsa, 6920-
schyoti debetlanib 5110 «Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi. 


304 
Salbiy kurslar farqlari va balansning valyuta moddalari bo‘yicha 
operatsiyalardan ko‘rilgan zararlar 9620-«Valyutalar kurslari farqlaridan zararlar» 
schyotining debetida aks ettiriladi. 
Xorijiy valyutalardagi operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurslar farqi, shu 
jumladan buxgalteriya balansini tuzish sanasiga bo‘lgan qarzlarni qaytadan 
baholashdan vujudga kelgan farqi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar, 
olishga tegishli schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar, majburiyatlar va boshqalarni 
hisobga oluvchilarning krediti bilan korrespondentlangan holda 9620-«Valyutalar 
kurslari farqlaridan zararlar» schyotining debetida aks ettiriladi. 
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar 
majburiyatlar va pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlarning krediti bilan 
korrespondentlangan holda 9630-«Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish 
bo‘yicha xarajatlar» schyotining debetida aks ettiriladi. 
YUqoridagi xarajat moddalariga kirmaydigan xo‘jalikning moliyaviy 
faoliyatidan ko‘rilgan boshqa xarajatlar 9690- «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha 
boshqa xarajatlar» schyotining debetida hisobga olinadi. 
Hisobot davrining oxirida korxonaning moliyaviy faoliyati bo‘yicha 9610, 
9620, 9630 va 9690-schyotlarning debetida yig‘ilgan xarajatlar hisobdan 
chiqarilganda quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi: D-t 9910-«YAkuniy 
moliyaviy natija», K-t 9610, 9620, 9630 va 9690-schyotlari. 
Favqulodda foyda va zararlar - bu korxonaning xo‘jalik faoliyatida nihoyatda 
kam sodir bo‘ladigan, uning uchun odat bo‘lmagan va korxonada boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish natijasi bilan bog‘liq bo‘lmagan voqealardan olinadigan 
daromad va xarajatlardir. U yoki bu moddani favqulodda daromad va xarajat 
tarzida aks ettirilishi uchun quyidagi uchta talablarga javob berishi kerak: 
- o‘z xarakteri bo‘yicha odatdagidek bulmasli (korxonaning odatdagi xo‘jalik 
faoliyatiga tegishli emas); 
- bir necha yillar davomida takrorlanmaydigan; 
- korxonaning boshqaruv xodimlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga 
bog‘liq bo‘lmagan holatlardan tashkil topadi. 


305 
SHunday qilib, tegishli modda bir vaqtning o‘zida odatdagidek emaslik, 
oldindan ko‘rabilmaslik va takrorlanmaslik talablariga mos kelishi kerak. 
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatida shunday voqealar sodir bo‘lishi 
mumkinki, ular faqat odatdagidek emas yoki faqat oldindan ko‘rabilmaydigan 
voqea. Masalan, xorijiy valyuta muomalalaridan olingan foyda yoki zararlarni 
oldindan ko‘rib bo‘lmaydi, lekin bu favqulodda emas, chunki valyuta kursining 
barqaror emaslik sharoitida bu odatdagi foyda va zarar hisoblanadi. 
Demak, quyidagi moddalar favqulodda foyda va zararlarga kiritilmaydi: 
dargumon debitor qarzlarni hisobdan chiqarilishi yoki shu maqsad uchun tashkil 
qilingan zaxira; valyuta muomalalaridan yoki kurslar farqidan olingan daromad 
yoki yo‘qotishlar; narxlardagi tuzatishlar; aktivlar qiymatini qaytadan baholashdan 
olingan natija, soliq summalari bo‘yicha tuzatishlar; oldingi yillar foydasi yoki 
zarari. 
Xorijiy amaliyotda favqulodda zararlarga quyidagilar kiritiladi: tabiiy 
ofatlardan ko‘rilgan yirik yo‘qotishlar; siyosiy voqealar, masalan, urush, inqiloblar 
natijasida yo‘qotishlar; mazkur davlatning qonuniyatchiligidagi o‘zgarishlar, 
natsionalizatsiya qilish, ma’lum bir faoliyatni taqiqlash va boshqalar natijasidagi 
yo‘qotishlar. 
SHuni ham aytish kerakki, tegishli modda favqulodda holatga to‘g‘ri kelishi 
va kelmasligiga korxona faoliyat ko‘rsatayotgan tashqi muhit ham ta’sir qiladi. 
Foyda va zararlar summasining hajmi favqulodda voqealarga o‘tkazish va 
o‘tkazmaslik uchun sabab bo‘lolmaydi. 
Favqulodda foyda va zararlarni alohida ajratib hisobga olishdan maqsad 
hisobot davri ichida korxona faoliyati natijasini obektiv aks ettirishdir. Favqulodda 
voqealar sodir bo‘lganda bu voqealardan olingan foyda va zararlar quyidagi 
schyotlarda 
hisobga 
olinadi: 
9710-«Favquloddagi 
foydalar» 
va 
9720-
«Favquloddagi zararlar» schyoti. Bular tranzit schyotlar bo‘lib, 9710-passiv, 
9720-aktiv schyotlariga mansubdir. 
Favqulodda voqealardan olingan daromadlar summasiga 9710-«Favquloddagi 
foydalar» schyoti kreditlanib turli schyotlar debetlanadi. Sodir bo‘lgan zarar 


306 
summasiga esa 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti debetlanib turli schyotlar 
kreditlanadi. Bu schyotlarning debet va kredit oborotlari hisobot davri oxirida 
yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: favqulodda voqealardan olingan foyda 
summasiga- Dt 9710-«Favquloddagi foydalar», Kt 9910- «YAkuniy moliyaviy 
natija» schyoti. 
Favqulodda voqealardan sodir bo‘lgan zarar summasiga- Dt 9910-«YAkuniy 
moliyaviy natija», Kt 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti. 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin