D. Q. Usmanova


Mol etkazib beruvchilar xaridorlar va hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/131
tarix22.07.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#137099
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   131
sssss

4.4. Mol etkazib beruvchilar xaridorlar va hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan 
hisob-kitoblar hisobi 
Debitor qarz har doim boshqa tashkilotlarning aktivlariga qilingan da’vo 
bo‘lib hisoblanadi. Debitor qarzi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy buxgalteriya 
operatsiyalari bo‘lib tan olish va baholash hisoblanadi. Debitor qarzlarini undirib 
olish imkoniyati – bu debitor qarzlarini o‘lchash va ularni hisobotiga ta’sir qiluvchi 
asosiy masaladir. Undirib olish imkoniyati qarz aks ettirilganligiga (tan olish 
tamoyili) va uning summasiga (baholash tamoyili) ta’sir qiladi. Buxgalteriya hisobi 
Milliy andozasining 2-soniga binoan xo‘jalik yurituvchi subektga daromadlarning 
kelib tushish ehtimoli bo‘lsa, ular alohida aks ettiriladi. 
Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar quyidagi hollarda vujudga 
keladi: korxonaning o‘zidan yoki uning mehnat jamoasi a’zolaridan ijro 
varaqalariga asosan pul undiriladigan bo‘lsa; kommunal xizmati, turar joy haqi, 
turar joy bo‘lmagan xonalarni ijara haqlari bo‘yicha; mehnat jamoasi a’zolarining 
buyrug‘i bilan Xalq banki va boshqa joylarga pul o‘tkazish bo‘yicha. Da’volar va 
korxonaga etkazilgan moddiy zararlarni undirish bo‘yicha hisob-kitoblar 4860 
«Da’volar bo‘yicha olishga doir schyotlar», 4730 «Xodimlarning moddiy zararni 
qoplash bo‘yicha qarzlari» schyotlarida hisobga olinadi. 
Bundan tashqari, turli debitorlar tarkibida moliyalanadigan va operativ 
lizinglar bo‘yicha olinadigan to‘lovlar, olinadigan foizlar va dividendlar, royalti va 
gonorar bo‘yicha olinadigan schyotlar va boshqa shaxslarning qarzlari (joriy 
qismi) hisobga olinadi. Bu operatsiyalarning hisobi 4800 «Turli debitorlar 


117 
qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (4810, 4820, 
4830, 4840,4850,4860 va 4890) schyotlarda aks ettiriladi. 
Korxonaning turli kreditorlardan bo‘lgan qarzlari tarkibiga moliyalanadigan 
va operativ lizinglari bo‘yicha to‘lanadigan summalar, to‘lanadigan foizlar, royalti 
va gonorarlar bo‘yicha qarzlar, da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar, hisobdor 
shaxslardan bo‘lgan qarzlar va boshqa majburiyatlar kiradi. Bunday 
operatsiyalarning hisobi 6900 – «Turli kreditorlarga bo‘lgan majburiyatlarni 
hisobga oluvchi schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (6910, 6920, 6930, 6940, 
6950, 6960, 6970 va 6990) schyotlarda aks ettiriladi. 
4000, 4100, 4300, 4610, 4800, 6100, 6300, 6500, 6600, va 6900-schyotlar 
bo‘yicha analitik hisob 7-qaydnomada yuritiladi. Boshqa schyotlar bo‘yicha ham 
shu shaklda 7-qaydnoma yuritiladi. Oy oxirida analitik hisob qaydnomasi bo‘yicha 
jami chiqarilib keyingi oy boshiga qoldiq yoziladi. Kredit oborotlari 
korrespondentlanuvchi schyotlar doirasida 7-qaydnomadan 4000, 4100, 4300, 
4700, 4800, 6100, 6400, 6900 va boshqa schyotlarning krediti bo‘yicha 8 – jurnal-
orderga yozib qo‘yiladi.
4100, 4700 schyotlar bo‘yicha yozuvlar jurnal-orderda bir qatorda 
ko‘rsatiladi, 4800, 6900 – schyotlar bo‘yicha bir oyligi jamlab yoziladi. 4100, 
6100, 6400 – schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob birga ko‘rsatiladi. 
Xodimlarning ta’tilga, pensiyaga chiqishlarida va ishdan bo‘shayotgan 
hollarida, ish haqi berish uchun belgilangan kunni kutmasdan, ish haqi ta’tilga 
chiqish, ishdan bo‘shash, pensiyaga chiqish kunidan keyingi kundan 
kechiktirilmay berilishi kerak. Bunday to‘lovlar hisoblashish davri orasidagi 
to‘lovlar deyiladi. Ushbu maqsadlar uchun pul kassa chiqim orderlari yoki (uch va 
undan ortiq xodimlar bo‘lsa) to‘lov qaydnomalariga asosan beriladi. 
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xo‘jalik xarajatlarini va xizmat 
safar xarajatlarini to‘lashda sodir bo‘ladi. Demak, hisobdor shaxslar – kelgusi 
ma’muriy-xo‘jalik va safar xarajatlari uchun pul mablag‘larini oldindan olgan 
xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul oladigan xodimlarning 
ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Beriladigan pul miqdori 


118 
cheklangan: xo‘jalik ehtig‘jlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida 
nazarda tutiladi; safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan 
joyiga bog‘liq. Safar xarajatiga pul berishda yo‘lkira (ikki tomonga), sutkalik va 
yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi. 
Xizmat safari davrida xodimning asosiy ish joyidagi ish haqisi saqlanadi. 
Safar uchun hisobdor shaxsga pul berish rahbarning buyrug‘i va safar 
guvohnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Beriladigan pul hisoblab chiqilgandan so‘ng 
buxgalteriya tomonidan kassa chiqim orderi rasmiylashtiriladi. 
Belgilangan meyor doirasida yoki undan ortiq qilingan safar xarajatlari, 
maqsadli tayinlanishiga qarab, yoki ishlab chiqarish xarajatlariga, yoki davr 
xarajatlariga o‘tkaziladi. Basharti safar xarajatlari ishlab chiqarish jarayoniga 
o‘tkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv xodimlarining 
safar xarajatlari esa – davr xarajatlariga o‘tkaziladi.
12
Korxona rahbarining qarori bilan istisno shaklida qonunchilikda nazarda 
tutilgan me’yoridan ortiq qilingan safar xarajatlari soliqqa tortiladigan bazani 
ko‘paytiradi. Belgilangan vazifa bajarilgandan so‘ng uch kun ichida hisobdor 
shaxs qilingan xarajatlar to‘g‘risida avans hisoboti topshirishi shart. Qilingan 
xarajatlarni isbotlovchi, tasdiqlovchi hujjatlarni va safar guvohnomasini avans 
hisobotiga ilova qiladi. 
Safarning maqsadli tayinlanishga qarab sex, bo‘lim boshliqlari qilingan 
xarajatlarni maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Avans hisoboti tuzilib summasi 
aniqlangandan so‘ng avans hisoboti korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va 
tegishli buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. Foydalanilmay qolgan 
summa avans hisoboti topshirgan kuni hisobdor shaxs tomonidan kassaga kirim 
orderi bilan topshiriladi, ortiqcha qilingan xarajat summasi kassadan chiqim orderi 
bilan beriladi. 
Hisobdor shaxsga berilgan summa maqsadli xarakterga ega bo‘lib, birovga 
berish yoki buyurish taqiqlanadi. Oldingi berilgan avans bo‘yicha qarzi bo‘lmagan 
12
«Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomning 1.5.2 va 2.2.12.- moddalari. 


119 
holdagina yangi avans beriladi. Basharti belgilangan muddatda avans hisoboti 
topshirilmasa yoki foydalanilmagan summa kassaga qaytarib topshirilmasa, 
qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya bu qarzni hisoblangan ish haqidan 
ushlab qolishi mumkin. SHuni ham bilish kerakki, belgilangan meyordan ortiqcha 
qilingan sutkalik xarajati hisobdor shaxsning ish haqisiga qo‘shib daromad 
solig‘iga tortiladi. Sutkalik xarajatlar shuningdek turar joy ijara xarajatlari me’yori 
eng kam ish haqi miqdoridan koeffitsentda belgilanadi. 
Xizmat safari xarajatlari oldindan ma’lum bo‘lgan hollarda, korxona rahbari
isbotlovchi hujjatlar topshirmasdan safar xarajatlarini to‘lashga ruxsat berish 
huquqiga ega. Bunda safar xarajatlari summasining raschyoti, korxona rahbari va 
safarga borayotgan xodim tomonidan imzolanib, korxona buxgalteriyasida 
saqlanadi. Safardan qaytgandan so‘ng talabga muvofiq rasmiylashtirilgan safar 
guvohnomasi buxgalteriyaga topshiriladi, qilingan xarajatlar summasi to‘g‘risida 
hisobot topshirilmaydi. 
Safar muddati korxona rahbarining buyrug‘i bilan aniqlanadi, safarda bo‘lgan 
haqiqiy vaqti esa – safar guvohnomasidagi imzolar va muhr bilan tasdiqlangan 
tartibda safar joyiga kelgan va ketgan kuni to‘g‘risidagi belgi bilan aniqlanadi. 
Bunda safarga ketgan va safardan kelgan kunlari to‘liq kun hisoblanadi. 
Korxonada safarga ketgan va kelgan shaxslarni ro‘yxatga olish jurnali 
yuritiladi. Barcha hisobdor summa operatsiyalari korxona buxgalteriyasida 4220 - 
«Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Bu aktiv 
schyot bo‘lib, Debet qoldig‘i hisobdor shaxsining korxonadan bo‘lgan qarzini 
ko‘rsatadi. Bu schyotning Debetiga kassa chiqim orderiga asosan yangi avans 
summasi berilganda, kreditga esa – avans hisobotiga asosan sarflangan va kirim 
kassa orderiga asosan qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yoziladi. 
Hisobdor shaxslar oldindan olingan bo‘nak summasidan ortiqcha xarajat 
qilgan bo‘lsa, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar 
summasiga 6970 «Hisobdor shaxslarga qarzlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu 
ortiqcha qilingan xarajat summasi hisobdor shaxsga qaytarilganda 6970 schyoti 
debetlanib, 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schyoti kreditlanadi. Ushbu 


120 
jurnal-order kombinatsiyalashgan registr bo‘lib, bir qatorga yozish yo‘li bilan 
sintetik va analitik hisobni o‘zida mujassamlashtirgan. Bunda har bir hisobdor 
shaxsga berilgan summa uchun jurnal-orderda bir qator ochilib, unga hisobdor 
shaxsning avans hisoboti bo‘yicha sarflangan xarajat, qaytarib topshirilgan 
foydalanilmagan summa yozib boriladi. Bunda 7- jurnal-order shaklidan 
foydalaniladi. 
Arifmetik va ma’naviy jihatdan tekshirilgan va korxona rahbari tomonidan 
tasdiqlangan avans hisobotlarini buxgalter, hujjatlarga bog‘lanuvchi schyotlarni 
qo‘ygan holda, ishlab chiqadi. 7 – jurnal-orderga yozish uchun asos bo‘lib 
hisobdor shaxsga berilgan avans summasi bo‘yicha – kassa chiqim orderi, 
sarflangan summa bo‘yicha tasdiqlangan avans hisoboti, qaytarib topshirilgan 
summa bo‘yicha – kirim kassa orderi, ortiqcha qilingan xarajatlar summasini 
qaytarish bo‘yicha – kassa chiqim orderi hisoblanadi. Ushbu jurnal orderning 
shakli yangi schyotlar rejasi talabiga to‘liq javob bermaydi. U qaytadan ishlab 
chiqilishi kerak. 
Agar korxona tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘illansa, xorijiy safar 
bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish zaruriyati tug‘iladi. Xorijiy safar xarajatlari 
uchun pul O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan 
me’yor bo‘yicha to‘lanadi. Xorijiy valyutada qilingan safar xarajatlari maqsadli 
tayinlanishiga qarab 4220 schyotidan mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga 
(2010-schyot) yoki davr xarajatlariga (9400-schyot) yoki xorijdan sotib olingan 
asbob-uskunalarga (0720-schyot), materiallarga (1000-schyot), tovarlarga (2910-
schyot) o‘tkaziladi. Schyotlarga xarajatlar xorijiy valyuta va so‘m ekvivalentida 
yoziladi. Hisobdor shaxslarda qolgan valyuta qaytadan baholanib natija 9620 yoki 
9540 - schyotlarga o‘tkaziladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank krediti korxonalarning qarzga oladigan 
mablag‘larining muhim manbai bo‘lib hisoblanadi. Bozor munosabatlarini tartibga 
soluvchi qonunlar ta’sirida ko‘p tarmoqli davlat va tijorat banklari shakllanib, ular 
korxonalarning tashkiliy - huquqiy shakllaridan qat’iy nazar hisob - kitob, kassa 
muomalalarini amalga oshirish bo‘yicha xizmat qiladi. 


121 
Korxonalarning banklar bilan olib boriladigan kredit - hisoblashish 
munosabatlari ixtiyoriy asosda bo‘lib, ikkila tomonlarning manfaatdorligi asosida 
tuziladi. Kreditlar xo‘jalik hisobida turgan, mustaqil balansi va o‘z aylanma 
mablag‘lariga ega bo‘lgan korxonalarga, odatda, yiriklashtirilgan kredit obektlari 
uchun beriladi. 
Hisob - kitob munosabatlari tamoyillari va talablarini inobatga olgan holda 
obektlar uchun kredit berishdan subektga, aniq yuridik va jismoniy shaxsga yoki 
iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar majmuini kreditlashga o‘tish amalga oshirilmoqda. 
Banklar amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan va tomonlar bilan 
kelishilgan holda kreditni qaytarib berish, muddatlilik, to‘lovlik va ta’minlanganlik 
tamoyillariga qat’iy amal qilib beradi. Banklar faoliyatining huquqiy asosini 
qonuniy va boshqa meyoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi.
13
Kredit berish va uni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar bank 
qoidalari va bank bilan kredit oluvchi korxonalar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar 
asosida tartibga solinadi. Tuzilgan kredit shartnomalarda quyidagilar kelishib 
olinadi: kredit berish obekti va kreditning muddati, kredit berish sharti, uni berish 
va qaytarish tartibi, majburiyatlarni ta’minlash sharti, foiz stavkalari, ularni to‘lash 
tartibi, kredit berish va qaytarish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari, huquqlari 
va mas’uliyati, hujjatlar ro‘yxati va ularni topshirish muddatlari va boshqa shartlar. 
Kredit olishda korxonalar bankka asoslangan ariza va unga quyidagi 
hujjatlarni ilova qilib kreditni qaytarilishini ta’minlanishini tasdiqlovchi ta’sis va 
boshqa hujjatlar topshiradi. 
SHartnoma tuzilmasdan bank korxonaning to‘lash qobilyatini sinchiklab 
tekshiradi. Buning uchun bank korxonadan olgan hujjatlardan va hisobotlardan 
foydalanadi, kerak bo‘lsa joylarda oldindan tekshiruv o‘tkaziladi. Agar bu 
hujjatlarning barchasi talabga javob bersa, bank xodimlari korxonaga kredit 
berishga qaror qiladi. Keyinchalik, xo‘jalik yurituvchi subekt kredit olgandan 
so‘ng kreditni to‘liq qaytargunga qadar kredit shartnomasida ko‘rsatilgan tartib va 
13
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida» 1996 yil 25 aprel, O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni «Markaziy bank to‘g‘risida» gi qonunlari 2005y 25 dekabr. 


122 
muddatlarda bankka buxgalteriya hisoboti va korxonaning xo‘jalik - moliyaviy 
faoliyati ustidan nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarni topshirib 
turadi. 
Muddatiga qarab bank kreditlari qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘ladi. 
Kreditning muddatliligi uning qaytarish muddati bilan belgilanadi. CHunonchi, 
qisqa muddatli kredit bir yildan kam muddatga beriladi, masalan, yuklangan 
tovarlar uchun beriladigan kredit muddati haqiqiy tovaraylanish muddatiga teng, 
lekin 30 kundan oshmasligi kerak. 
Uzoq muddatli kreditlar bir yildan ortiq muddatga, odatda, yangi texnikani 
tadbiq etishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga, uning qaytadan tiklanishiga, 
qimmat asbob - uskunalarni sotib olishga va boshqa maqsadli dasturlarni amalga 
oshirishga olinadi. 
Bank kreditlarini olish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar hisobi 6810 «Qisqa 
muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida 
aks ettiriladi. Bu schyotlar passiv bo‘lib, ularning qoldiqlari hisobot davri boshiga 
qaytarilmagan qarzlar summasini ko‘rsatadi, Debet oboroti - kreditni qaytarilishini, 
kredit oboroti esa olingan kredit summasini aks ettiradi. 
Kreditlar olinganda 6810 va 7810 schyotlar kreditlanib quyidagi schyotlar 
Debetlanadi: 5010, 5110, 5210, 5510, 6010 schyotlar.
6810 va 7810- schyotlarning debetida kreditlarni qisman yoki to‘liq 
qaytarilishi aks ettirilib 5110, 5210 va 5510- schyotlar bilan korrespondentlanadi. 
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan qisqa muddatli va uzoq 
muddatli kreditdan foydalanganligi uchun to‘lanadigan foiz summasi moliyaviy 
faoliyat bo‘yicha xarajatga o‘tkaziladi. Demak kreditdan foydalanganligi uchun 
hisoblangan foiz summasiga 9610 «Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schyoti 
debetlanib, 6920 «Hisoblangan foizlar» schyoti kreditlanadi. Foiz summasi bank 
muassasalariga o‘tkazib berilganda 6920 «Hisoblangan foizlar» schyoti debetlanib, 
5110 «Hisob - kitob» schyoti kreditlanadi. 


123 
Bank kreditlarining analitik hisobi kredit turlari va kredit bergan banklar va 
alohida muddatida qaytarilmagan kreditlar bo‘yicha yuritiladi. Bank kreditlarining 
hisobi 4- jurnal - orderda olib boriladi. 
Hozirgi vaqtda ishchi va xizmatchilarga yakka uy - joy qurish, dalabog‘
uylarini qurish, ishchi va xizmatchilarga kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha savdo 
tashkilotlari bilan hisob - kitob qilish uchun banklardan kredit olish keng 
rivojlanmoqda. 
YUqorida aytib o‘tilgan kreditlar ham qaytarish muddatiga qarab 6810 
«Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» 
schyotlarida hisobga olinadi. Bu muomalalar bo‘yicha xodimlar bilan olib 
boriladigan hisob - kitoblar 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha 
xodimlarning qarzi» va 4720 «Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» 
schyotlarida yuritiladi. Bu schyotlar aktiv bo‘lib, debetida xodimlarga berilgan 
qarzlar, kreditida ushbu qarzlarning qaytarilishi aks ettiriladi. Bu muomalalar 
quyidagi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi: 
Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha topshiriq - majburiyatni to‘lash uchun 
bankdan kredit olindi, D-t 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning 
qarzi», K-t 6810 yoki 7810 schyoti. 
Ishchi va xizmatchilar kreditga olingan tovarlar bo‘yicha o‘z qarzlarini 
qaytarganda, D-t 5010 yoki 6710, K-t 4710 schyoti. 
Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha banklardan olingan qarz qaytarilganda, D-t 
6810 yoki 7810, K-t 5110 «Hisob - kitob schyoti» schyoti. 
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi, dalabog‘ qurilishi uchun banklardan 
kredit olinganda, D-t 5010 yoki 5110, K-t 6810 yoki 7810 schyoti. 
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi va dalabog‘ uylarini qurish uchun 
kredit berilganda, D-t 4720 «Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi», K-t 
5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» yoki 5110 «Hisob-kitob schyoti» 
schyotlari. Ushbu qarzlar qaytarilganda, D-t 5010 yoki 6710, K-t 4720 schyot. 
Bankdan olingan qarz to‘langanda, D-t 6810 yoki 7810, K-t 5110 schyot. 


124 
YUqorida aytib o‘tilgan kreditlardan tashqari, ishchi va xizmatchilarga foizsiz 
kreditlar ham berilishi mumkin. Bu kreditlar qurilish, kapital ta’mirlash, uy-
joylarini kengaytirish uy-ro‘zg‘orlari bilan ta’minlanish uchun korxonaning bo‘sh 
mablag‘lari hisobidan beriladi. Bunday kreditlar berilganda quyidagicha 
buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi: D-t 4790 «Xodimlarning boshqa qarzi», K-t 
5010 yoki 5110 schyot. Ushbu kreditlar qaytarilganda aksincha rasmiylashtiriladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar boshqa korxona va tashkilotlardan 
kredit (qarz) olishi mumkin. Qaytarish muddatiga qarab bu kreditlar qisqa 
muddatli (bir yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) 
bo‘lishi mumkin. Korxonaning qarz beruvchilar bilan bo‘ladigan hisob-kitob 
muomalalari 6820 «Qisqa muddatli qarzlar» va 7820 «Uzoq muddatli qarzlar» 
schyotlarida hisobga olinadi. 
Bu schyotlar passiv bo‘lib, mamlakat ichidagi va xorijdagi qarz 
beruvchilardan davlat va xorijiy valyutalarda olingan kreditlar va boshqa jalb 
qilingan mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblar holati to‘g‘risidagi axborotni 
umumlashtirish uchun tayinlangan. 
Bunday qarzlar olingan vaqtda 5110, 5210 - schyotlar debetlanib 6820 va 
7820 schyotlari kreditlanadi. Bunday qarzlar qaytarilganda aksincha provodkalar 
beriladi. Korxona tomonidan qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar, 
xususan aksiyalar, obligatsiyalar chiqarib sotish yo‘li bilan chetdan mablag‘lar jalb 
qilish, shuningdek berilgan veksellar bo‘yicha qarzlar bilan bog‘liq bo‘lgan 
muomalalar 6830 «To‘lanadigan obligatsiyalar», 6840«To‘lanadigan veksellar», 
7830 «To‘lanadigan obligatsiyalar» va 7840 «To‘lanadigan veksellar» schyotlarida 
hisobga olinadi. 
Bu schyotlar passiv bo‘lib qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotilsa 
yoki veksellar berilsa, pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 
6830 yoki 6840- schyotlar kreditlanadi. Qimmatli qog‘ozlar sotib olinsa yoki 
berilgan veksellar summasi to‘lansa, aksincha o‘tkazmalar amalga oshiriladi. Uzoq 
muddatli qimmatli qog‘ozlarning sotilishi yoki veksellarning berilishi va ularning 


125 
sotib olinishi yoki veksellar summasining to‘lanishi 7830 va 7840- schyotlarini 
qo‘llagan holda shunday rasmiylashtiriladi. 
Qisqa va uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar summasiga 
9610 «Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schyoti debetlanib, 6920 «Hisoblangan 
foizlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu foizlar to‘lansa 6920- schyoti debetlanib 5010, 
5110- schyotlari kreditlanadi. 
YUqorida keltirilgan schyotlarning analitik hisobi olingan qarzlarning 
shakllari, qarz beruvchilar va kreditni qaytarish muddatlari bo‘yicha yuritiladi. 
Qisqa muddatli qarzlar ko‘pincha qarz majburiyatlari bo‘yicha olingan tijorat 
kredit xarakteriga ega.
Xulosa 
Pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri tashkil etish xo‘jalik yurituvchi subektlar 
faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, mablag‘lardan maqsadli foydalanish va 
xo‘jalik 
mablag‘larini 
ko‘paytirish 
hamda 
majburiyatlarini 
qoplashga 
yo‘naltirilishini nazorat qilishdir. 
Xo‘jalik operatsiyalari natijasida sodir bo‘ladigan o‘zaro hisoblashishlarni 
buxgalteriya hisobida to‘g‘ri, o‘z vaqtida rasmiylashtirish va ularni schyotlar 
tizimida ikki yoqlama aks ettirish, shuningdek, olinadigan hamda to‘lanadigan 
mablag‘larni tan olish usullariga ko‘ra, so‘ndirilishini ta’minlash bo‘yicha nazariy 
va amaliy takliflar berilgan. 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin