220
O‘zining moliyaviy faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida yurituvchi barcha
davlat, aksioner korxonalari va tashkilotlari mehnatga haq to‘lashning yagona tarif
setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy razradlarini belgilashlari zarur.
Boshqa mulk shaklidagi korxona,tashkilot va muassasalarga yagona tarif setkasi
asosida xodimlarning tarif-malakaviy setkasini belgilab olish tavsiya qilinadi.
Tarif stavkalar va okladlar tizimini asosi bo‘lgan
nolinchi razryadning
minimal ish haqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi. Xususan nolinchi razryadning minimal ish haqisiga va qonunchilik
bilan belgilangan o‘rtacha oy ish kunlarining uzunligiga (ish vaqtining o‘rtacha oy
fondi) qarab 1-razryadning soatlar tarif stavkalarining minimal o‘lchami
aniqlanadi. CHunonchi, nolinchi razradning minimal ish haqisi 172240 so‘m va
(40 soatlik ish haftasida) ish vaqtining o‘rtacha oylik fondi 169,2 soat bo‘lgan
taqdirda soatlik tarif stavkasining o‘lchami 1017,97 so‘m bo‘ladi (172240 : 169,2).
1-razrad stavkalarini mehnatga haq to‘lash shakllari (ishbay
ishchilar va
vaqtbay ishchilar), shuningdek kasb guruhlari va ish turlari (uch guruh stavkalar)
bo‘yicha tabaqalashtirib korxona mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasini
ishlab chiqishi mumkin. Bir korxona moliyaviy imkoniyatlari va boshqa ishlab
chiqarish ko‘rsatkichlariga qarab o‘zining tarif koeffitsientlarini ishlab chiqadi.
Hozirgi vaqtda byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasasalar,
tashkilotlar
va korxonalarda xodimlar mehnatiga haq to‘lash O‘zR VMning 21 iyul 2009
yildagi
№206 qarori bilan tasdiqlangan YAgona tarif setkasi (YATS)ga asosan olib
boriladi. U o‘z ichiga 22 tarif razryadini oladi va tarif koeffitsentlari orqali turli xil
razryaddagi ish va ishchilar (malaka) o‘rtasidagi mehnatga haq to‘lash nisbatini
namoyon etadi.
SHundan kelib chiqqan holda, 1-razryad xodimning tarif maoshi, nolinchi
razryad tarif stavkasini uning razryadiga mos bo‘lgan koeffitsentga ko‘paytirish
yordamida hisoblanadi. SHunday qilib, xodimning oylik ish haqi quyidagiga teng:
172240 x 2,476= 426466,24 so‘m,
bu erda:
221
172240
25
- nolinchi razryad tarif stavkasi miqdori, qaysiki qonunchilik bilan
belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.
2,476 - YATSga asosan 1-razryad uchun tarif koeffitsienti.
Mehnatga haq to‘lashni tashkil etishning asosiy elementi bo‘lib, mahsulot
birligini ishlab chiqarishga yoki ma’lum tashkiliy-texnik sharoitlarida berilgan ish
hajmini bajarishga sarflanadigan mehnat o‘lchamini
belgilovchi, mehnatni
normalashtirish hisoblanadi.
Mehnatni normalash, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning asosiy tarkibiy
qismi sifatida, ishlab chiqarish normasini va vaqt normasini o‘z ichiga oladi.
Normal ish sharoitida belgilangan vaqt (soat, smena, oy) birligida ishlab chiqarsa
bo‘ladigan normalashtiriluvchi mahsulot birligi (dona, metr, tonna)ning
miqdori
ishlab chiqarish normasi bilan belgilanadi. Vaqt normasi esa ma’lum tashkiliy-
texnikaviy sharoitlarda ish bajarish uchun zarur bo‘ladigan vaqtni (min., soat)
nazarda tutadi.
Korxonalarga mehnatga haq to‘lash shakl va tizimlarini mustaqil belgilash
huquqi berilgan. Mehnatga haq to‘lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va
vaqtbay. Mehnatga ishbay shaklida haq to‘langanda ish haqi, mahsulotning sifati,
murakkabligi va ish
sharoitini hisobga olgan holda, ishlab chiqarilgan mahsulot
birligining miqdoriga bog‘liq. Vaqtbay shaklida ish haqi, xodimlar malakasi va ish
sharoitini hisobga olgan holda, sarflangan (haqiqiy ishlagan) vaqtning miqdoriga
bog‘liq.
Ishbay
ish haqi shakli ishchilarni, ilg‘or tajribalardan foydalangan holda,
mehnat unumdorligini oshirishga moddiy jihatdan qiziqtiradi. Mehnatga haq
to‘lashning bu shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini qat’iy tekshirish zarur.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay shakli quyidagi mehnatga haq to‘lash tizimlariga
bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: